Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana21.04.2023
Hajmi0,77 Mb.
#930939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyalari



 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI 
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
JIZZAX FILIALI 
“IJTIMOIY VA IQTISODIY FANLAR” KAFEDRASI 
 
JAHON IQTISODIYOT VA XALQARO IQTISODIY 
MUNOSABATLAR FANIDAN 
 
 
 
MAVZU - “XALQARO SAVDO NAZARIYASI” 
 
 
 
Tayyorladi: 

923-20-guruh talabasi Andayeva Shahzoda 
 
 
 
JIZZAX-2023 


 “Xalqaro savdo nazariyasi”
Reja: 
1.
Xalqaro savdoning zaruriyati, uning asosiy ko`rinishlari va xususiyatlari 
2.
A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi. 
3.
Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi. 
4.
Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi 
5.
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari. M. Porter nazariyasi. 
“Texnologik uzilish” nazariyasi 
 
 
 


1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko`rinishlari 
Xalqaro savdoning rivojlanishi uzoq tarixga ega bo`lib, turli davrlarning 
rivojlanish xususiyatiga monand ravishda o`ziga xos rivojlanish tendentsiyasiga 
ega bo`lgan.
“Dastlab tashqi savdo ko`rinishlari mamlakatlar o`rtasida emas, balki kishilar, 
qabilalar o`rtasida amalga oshirilgan bo`lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar o`zaro ayirboshlangan va bu asosan kishilar, oilalar, qabilalar uchun 
zaruriyatga ega bo`lgan”. 
Ilk davlatlarning paydo bo`lishi tom ma`nodagi xalqaro savdoning 
shakllanish va rivojlanish davrini boshlab bergan. Xalqaro savdoning rivoji asosan 
mamlakatlar o`rtasida resurslarning notekis joylashuviga bog’liq bo`lib, unga ko`ra 
xalqaro savdo tegishli resurslar oldi-sotdisi jarayoni asosida amalga oshirilgan.
Milliy ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi, ishlab chiqarish 
imkoniyatlarining kengayishi, fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish 
sohalariga jadal kirib borishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi 
jarayoni xalqaro savdoning rivojiga sifat jihatdan katta ta`sir ko`rsatdi. 
XX asrning 90-yillaridan, ayniqsa, XXI asrdan boshlab xalqaro savdoning 
yuqori texnologiyalarga asoslangan davri boshlandi. Bugungi kunda xalqaro savdo 
kon`yunkturasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:

xalqaro savdoda tayyor mahsulotlar ulushining ortib borishi (70 foiz) va xom 
ashyo resurslari hissasining kamayib borishi;

savdo hajmlari aksariyat qismining (70-75 foiz) sanoat jihatdan yuqori darajada 
rivojlangan mamlakatlar hissasiga to`g’ri kelishi;

eksport tarkibining kuchli diversifikatsiyasi va tayyor mahsulot eksport 
qiluvchi mamlakatlar tarkibining kengayib borishi hamda Osiyo mamlakatlari 
bilan bo`ladidigan xalqaro savdo hajmlarining yuqori o`sish sur`atlari;

taklif va talab tizimiga fan-texnika taraqqiyotining kuchli ta`siri natijasida 
eksport tovar tarkibida yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushining tezkor 
sur`atlar bilan ortib borishi;

xizmatlar savdosi hajmi va turlarining tezkor o`sishi;



xalqaro savdoda mintaqaviy tashkilotlar, uyushmalarga a`zo davlatlar o`rtasida 
amalga oshiriladigan tashqi savdo hajmlarining ortib borishi. 
Uslubiy jihatdan xalqaro savdoni baholash asosan quyidagi yo`nalishlarda 
amalga oshiriladi:

tovar ayirboshlash hajmi,

o`sish sur`atlari (foiz),

tovar tarkibi

geografik yo`nalishi va boshqa yo`nalishlar. 
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya`ni mamlakatlarning 
ixtisoslashuvi va ular o`rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar 
o`z iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar 
ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi 
va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi 
va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi. 
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish