Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar


A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana21.04.2023
Hajmi0,77 Mb.
#930939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyalari

 
2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi 
SHu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro 
savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni 
ilgari suradi.
Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to`g’risida dastlabki 
nazariyalardan biri A.Smitning 
mutlaq ustunlik 
nazariyasidir. Bu nazariyaga 
ko`ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga 


tayangan holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt 
birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega.
SHunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab 
chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha qismini 
sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab 
chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab 
chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq 
mahsulotga ega bo`ladi.
A.Smit modelini ko`rib chiqayotganda tahlil uchun foydalaniladigan ba`zi 
shartlarni keltirish talab etiladi: 
1) Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
2) Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
3)Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
4)Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to`lanadi).
5) Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta`sir ko`rsatadi.
6) Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko`chib yurmaydi. 
7) Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
8) Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko`chib yurishi 
mumkin. 
9) Har ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud 
bo`ladi.
Endi mutloq ustunlik modelini ko`rib chiqamiz.
1-jadval 
S tovar 
T tovar 
A mamlakat 
3 soat 
6 soat 
V mamlakat 
12 soat 
4 soat 
1-jadvalda aniq bir davlatda aniq bir tovar birligi ishlab chiqarish uchun 
kerak bo`ladigan vaqt haqidagi ma`lumotlar keltiriladi. 


A mamlakatda bir birlik S tovar ishlab chiqarishda V mamlakatga nisbatan 
kam vaqt sarflanadi, bu degani A mamlakat bir birlik S tovarni ishlab 
chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. V mamlakat esa, o`z navbatida T tovarni 
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Agar A mamlakat T tovarni ishlab 
chiqarishni qisqartirsa va S tovarni ishlab chiqarishni oshirsa va V mamlakat 
aksincha S tovarni ishlab chiqarishni qisqartirsa va T tovarni ishlab chiqarishni 
oshirsa, mutlaq ustunlik tamoyiliga asosan xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro 
savdo yuzaga keladi.
Agar A mamlakatda T tovarni ishlab chiqarish 1 donaga qisqarsa, bu S 
tovarni qo`shimcha 2 dona ishlab chiqarish uchun foydalansa bo`ladigan 6 
soatni iqtisod qilishga imkon beradi. Bunday holat V mamlakatda ham sodir 
bo`ladi. Bu holatda S tovarni ishlab chiqarishning 1 donaga qisqartirilishi, T 
tovarni qo`shimcha 3 dona ishlab chiqarish uchun ishlatsa bo`ladigan 12 soatni 
iqtisod qilishga imkon beradi. Umuman, jahonda S tovarni ishlab chiqarish 1 
donaga, T tovarni ishlab chiqarish esa 2 donaga oshadi. SHunisi ahamiyatliki, bu 
qo`shimcha resurslardan foydalanmasdan turib, faqat xalqaro mehnat taqsimoti 
yordamida amalga oshadi.
Aytaylik, O`zbekistonda eng arzon ishlab chiQariladigan tovar paxtadan 
tayyorlangan ko`ylaklardir. Ukrainada esa shakar. Ukrainada xarakatlar birligi 
yordamida 50 kg shakar yoki 25 ta ko`ylak yoxud mazkur mikdor doirasida 
shakar va kuylaklarning xar qanday kombinatsiyasini ishlab chiqarish mumkin. 
O`zbekistonda xarajatlar birligi yordamida 40 kg shakar iki 100 dona ko`ylak 
yoxud mazkur miqdor doirasida har qanday kombinatsiyadagi maxsulotni ishlab 
chiqarsa bo`ladi. 
SHuningdek, boshqa mamlakatlar ham o`zi ixtisoslashgan sohaga ko`proq 
e`tiborni qaratishsagina dunyo bo`yicha ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi va 
xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu 
yo`l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga 
erishiladi. 


Ammo, qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha 
dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat 
hamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug’diradi. Agar shunday 
bo`lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu 
savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga 
kirib qoladi. 
SHunday qilib, 
mutlaq ustunlik
- bu xalqaro savdoning afzalligini 
tushuntiruvchi, har bir mamlakatda shunday tovar borki, bunda bir birlik xarajat 
bilan boshqa davlatlarga nisbatan ko`proq tovar ishlab chiqarishi mumkin 
bo`lgan tamoyildir. 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish