Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar


 Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana21.04.2023
Hajmi0,77 Mb.
#930939
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyalari

1. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi 
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-
olimlari Eli Xeksher va Bertil’ Olinlarni (30-yillar) ko`rsatish mumkin.


E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni 
tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma`nosi shundan iboratki, milliy 
ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, kapital va 
shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste`moldagi o`zgarishlar kabi omillarga 
bog’liq. 
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
1. Mamlakatlar o`zlarida ortiqcha bo`lgan ishlab chiqarish omilini ko`p talab 
qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o`zlarida taqchil bo`lgan 
ishlab chiqarish omillarini ko`p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar. 
2. Xalqaro savdo yo`lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli 
mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o`zgarishlar 
kuzatiladi. 
3. Mahsulotlar eksporti o`rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti 
egallaydi. 
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar 
miqdori o`rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo`lsa shu omil 
bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko`rinishlarga 
ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya`ni, «sanoatlashgan» va «agrar» 
mamlakat faoliyat ko`rsatmoqda. 
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma`lum miqdorda ortiqcha 
ishchi kuchi mavjud bo`ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo 
kapital etishmaydi. 
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil 
hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina 
ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan 
ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo`lgan mamlakatlar aynan 
ushbu yo`nalishlarga ixtisoslashadilar. SHu bilan birga, don etishtirish va 
chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ko`proq er resurslari kerak 
bo`ladi va ular shu yo`nalishga ixtisoslashgan bo`ladilar. 


Xeksher–Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda 
«Leont’ev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. V.Leont’ev AQSH kapital 
ortiqcha bo`lgan mamlakat bo`lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan 
emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko`rsatib berdi. YA`ni 
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi 
tadqiqotlar esa AQSH da kapitaldan ko`ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy 
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSH ishlab chiqarilishida aynan shu omillar 
ko`proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo`lib chiqdi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish