Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar


 Xalqaro savdoning xususiyatlari



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana21.04.2023
Hajmi0,77 Mb.
#930939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xalqaro savdo nazariyalari

2. Xalqaro savdoning xususiyatlari 


Xalqaro savdo bir qator o`ziga xos 
xususiyatlarga
ega:
1. Iqtisodiy resurslarning harakatchanligi mamlakatlar o`rtasida mamlakat 
ichidagiga qaraganda ancha past bo`ladi. Masalan, ishchilar mamlakat ichida 
viloyatdan viloyatga, hududdan hududga erkin o`tishi mumkin. Mamlakatlar 
o`rtasidagi til va madaniy to`siqlardan tashqari yana immigratsion qonunlar ishchi 
kuchining mamlakatlar o`rtasidagi migratsiyasiga qattiq cheklashlar qo`yadi. Soliq 
qonunchiligidagi, davlat tomonidan tartibga solishning boshqa tadbirlaridagi 
farqlar va boshqa qator muassasaviy to`siqlar real kapitalning milliy chegara orqali 
migratsiyasini cheklaydi.
2. Har bir mamlakat har xil valyutadan foydalanadi. Bu mamlakatlar o`rtasida 
xalqaro savdoni amalga oshirishda muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
3. Xalqaro savdo siyosiy aralashuv va nazoratga mahkum bo`lib, bu ichki 
savdoga nisbatan qo`llaniladigan tadbirlardan tavsifi va darajasi bo`yicha sezilarli 
farqlanadi.
Xalqaro savdoning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqarish asosiy omillarining turli 
mamlakatlar o`rtasida joylashuvi hamda jahon ishlab chiqarishi tuzilmasiga 
bog’liq. Agar bundan bir asr muqaddam xalqaro savdoda ustun ravishda 
xomashyo, materiallar, oziq-ovqat va engil sanoat mahsulotlari ayirboshlangan 
bo`lsa, bugungi kunga kelib sanoat tovarlari, ayniqsa mashina va asbob-
uskunalarning salmog’i sezilarli darajada o`sdi. Intellektual tovarlar va 
xizmatlarning ulushi ham keskin ravishda oshib, umumiy savdo aylanmasining 10 
foiziga qadar etdi.
SHuningdek, xalqaro savdoni tashkil etish shakllari ham takomillashib 
bormoqda. An`anaviy ko`rinishdagi tovar birjalari, auktsionlar, savdo-sanoat 
yarmarkalari, savdo ko`rgazmalari bilan bir qatorda ikki tomonlama bitimlarning 
quyidagi shakllari ham keng qo`llanmoqda:
1) barter – tovarlarni to`g’ridan-to`g’ri, pul ishtirokisiz bir-biriga 
ayirboshlash. Barterda pul ishtirok etmasada, tovarlarning qiymatini birbiriga 
taqqoslash uchun pulning qiymat o`lchovi vazifasi orqali baholab olinadi;


2) eksport qiluvchilar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar qiymatining bir 
qismiga import tovarlarni xarid qilish;
3) texnikaning yangi modellarini sotishda eskirgan modellarni sotib olish;
4) import qilingan asbob-uskunalar qism va detallarini importga sotuvchi 
mamlakat tomonidan butlab berish;
5) kompensatsion bitimlar. Mazkur bitimlar shartiga ko`ra, texnologik asbob-
uskunalar etkazib beruvchi tomonlarning biri taqdim etgan kredit (moliyaviy, tovar 
ko`rinishidagi) bo`yicha to`lovlar ana shu asbob-uskunalarda tayyorlangan tayyor 
mahsulotlarni etkazib berish orqali amalga oshiriladi;
6) bir mamlakatda undirilgan xomashyoni boshqa bir mamlakat ishlab 
chiqarish quvvatlari yordamida qayta ishlashda ushbu qayta ishlash va tashib 
berish xizmatlarini qo`shimcha xomashyo etkazib berish orqali to`lash; 
7) kliring operatsiyalari, ya`ni o`zaro talab va majburiyatlarni hisobga olish 
orqali naqd pulsiz hisoblashuv. Ikki tomonlama savdo tamoyilida amalga 
oshiriluvchi xalqaro operatsiyalar barcha hajmida barter bitimlari 4 foiz, ikki 
tomonlama xarid – 55 foiz, kompensatsion bitimlar – 9 foiz, kliring operatsiyalari 
8 foizni tashkil etadi.
Xalqaro savdoda ishtirok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab 
chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish vazifasini dolzarb qilib qo`yadi. 
Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga oshadi. Jahon amaliyotida 
bu siyosatning 
protektsionizm
(tashqi ta`sirdan himoyalash) va 
fritrederlik
(savdoga to`liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish