Ijtimoiy siyosat


 Aholining ijtimoiy ta‟minoti tizimini isloh etishning



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

3.4. Aholining ijtimoiy ta‟minoti tizimini isloh etishning 
neoliberal modeli 
Ijtimoiy siyosat to‗g‗risida Yevropada 1992-yilda Yashil kitob va 
1994-yilda Oq kitob nashr qilingan. Yevropada ijtimoiy himoya tizimini 
tartibga solish turli bozor mexanizmining monetar konsepsiyalari, 
dasturlari bilan uyg‗unlikda amalga oshirildi. Shunday konsepsiyalardan 
birining asoschilari Milton Fridman va Uilyam Niskanen hisoblangan 
neoliberal nazariyasi bo‗lib, unda ijtimoiy ta‘minot institutlari 
insonlarning ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etilganligi ta‘kidlanadi.
47
Neoliberal siyosatning amalga oshirilishi ijtimoiy ta‘minotga 
yunaltirilgan xarajatlarning ortishiga olib keldi. 1979–1991-yillarda 
Margaret Tetcher bosh vazirligi davrida qat‘iy konservativ ijtimoiy 
siyosat olib borilgan. M.Tetcher hukumati tomonidan maktab va 
shifoxonalarni xususiylashtirish g‗oyasi ilgari surilgan bo‗lib, xususiy 
tibbiy sug‗urtani rivojlantirish, xususiy individual jamg‗arib boriladigan 
47
The student‘s companion to Social Policy P. 131 


67 
pensiya tizimini joriy etish, kam ta‘minlanganlarni subsidiyalash orqali 
ijtimoiy ta‘minot xarajatlarini cheklash kabi tadbirlarni amalga 
oshirgan.
48
Buyuk Britaniyada olib borilgan ijtimoiy islohotlar og‗ir 
kechdi va jamiyatdagi ijtimoiy vaziyatning yomonlashuviga olib keldi. 
Jahon iqtisodiyotini globallashuvi milliy boshqaruv organlarining 
erkinliklarini cheklash orqali ijtimoiy himoya tizimining samaradorligiga 
salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Jumladan, Fransiyada rivojlangan ijtimoiy himoya 
tizimi fransuz jamiyatini «yangi kambag‗allar» ning shakllanishiga 
sababchi bo‗ldi. Turmush darajasi va narxlarni o‗rganuvchi Markaz 
ma‘lumotlariga qaraganda 1979-1988 yillarda kambag‗allarning soni 2 
mln. kishiga ortib umumiy hisobda 8 mln. kishiga yetgan.
1999-yilda Yevropa Ittifoqidagi ijtimoiy himoya xarajatlari YaIMga 
nisbatan o‗rtacha 27,5%ni tashkil etgan. Qiyosiy tahlillar, ijtimoiy 
sarflarning eng yuqori darajasi Shvetsiyada (33%) va eng quyi darajasi 
Irlandiyada (14,8%) bo‗lganligi kuzatildi. XXI asr boshlarida mintaqa 
mamlakatlarida ijtimoiy sarflar to‗xtovsiz o‗sib borish tendensiyasiga 
ega bo‗ldi. Bunga sabab mehnatga layoqatli aholining tarkibida 
ishlayotgan pensionerlar ulushining ortishi, keksalarga xizmat ko‗rsatish 
va sog‗liqni saqlash xarajatlari hajmining ortishi bo‗ldi. Yevropa Ittifoqi 
mamlakatlarini 
YaIM 
tarkibida 
ijtimoiy 
maqsadga 
sarflangan 
xarajatlarning ulushiga ko‗ra to‗rtta guruhga ajratish mumkin: 
1)
Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya va Irlandiya (15% dan 25 
%gacha). 
2)
Italiya, Finlyandiya va Buyuk Britaniya (o‗rtacha 25 %). 
3)
Belgiya, Germaniya, Fransiya va Avstriya (25 dan 30 %gacha). 
4)
Lyuksemburg, Daniya, Niderlandiya va Shvetsiya (30% va undan 
yuqori). 
XX asrning oxirida Yevropa Ittifoqining ko‗plab davlatlarida 
YaIMda ijtimoiy xarajatlar o‗sish sur‘atlarining kamayishi kuzatildi. 
Tahlillar ko‗rsatishcha, Gretsiya, Portugaliya va Germaniyada ijtimoiy 
xarajatlar borasida teskari tendensiyalar kuzatildi. 
Yevropa mamlakatlaridagi ijtimoiy siyosatga ta‘sir etuvchi muhim 
omil bu globalizatsiya jarayonlari hisoblanadi. Ularning ijtimoiy 
himoyaga ta‘siri qator shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Birinchidan
zamonaviy yuqori texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish va 
ishlab chiqarishning tarmoqli tashkil etishga asoslangan yangi turdagi 
iqtisodiyotning shakllanishi, milliy institutsional tizimlar o‗rtasida 
48
The student‘s companion to Social Policy. P. 132. 


68 
raqobatning kuchayishiga olib keldi. Ikkinchidan, moliyaviy va sanoat 
globallashuvi davlatning ichki moliya va soliq siyosatining muqobil 
emasligi sharoitida kapital oqimining chetga oqib ketishi xavfini 
kuchaytiradi. Bu esa hukumatdan qat‘iy byudjet siyosatini olib borishni 
va ijtimoiy sohaga yunaltirilgan xarajatlatni kamaytirishni talab etdi. 
Aholining ijtimoiy himoyalanganlik darajasini ko‗rsatuvchi omillar 
sifatida ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi, ijtimoiy ta‘minotda 
nodavlat tashkilotlar va mikrosug‗urtalashning turli shakllarining 
farqlash mumkin.
Odatda 
ijtimoiy 
himoya 
tizimi 
quyidagi 
moliyalashtirish 
manbalaridan foydalanadi: 1) ish beruvchi va yollanib ishlovchilar 
tomonidan to‗lanadigan sug‗urta badallari; 2) umumiy davlat 
daromadlarini bir qismini tashkil etuvchi soliqlar; 3) investitsion 
daromad; 4) naqd shakldagi xususiy qo‗yilmalar. Moliyalashtirish 
amaliyotida ko‗pchilik ijtimoiy himoya tizimi bir vaqtning o‗zida qator 
manbalardan moliyalashtiriladi. Yevropa Ittifoqining ikkita mamlakatida, 
Daniya va Irlandiyada davlat byudjeti mablag‗laridan moliyalashtirishga 
ustuvorlik beriladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish