Ijtimoiy siyosat


 Ijtimoiy ta‟minotni moliyalashtirishda davlat va bozor



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

6.6. Ijtimoiy ta‟minotni moliyalashtirishda davlat va bozor 
mexanizmi o„rtasidagi nisbat 
Umumxalq farovonligi davlati amal qilishi sharoitida ijtimoiy 
ta‘minot xizmatlaridan foydalanish barcha uchun bir me‘yorda bo‗lishi 
zarur. Aholining barcha ijtimoiy qatlamlarining ushbu xizmatlardan 
foydalanishini tartibga solish uchun jamiyatda minimal yashash turmush 
darajasi belgilanadi. Ushbu daraja ijtimoiy nochor aholi qatlamlarining 
ijtimoiy ta‘minot xizmatlaridan foydalanishda davlat tomonidan 
ko‗maklashish mezonini belgilashda qo‗llaniladi.
Ko‗pchilik iqtisodchi olimlarning fikricha jamiyat hayotida ijtimoiy 
ishni rivojlantirish orqali fuqarolarning ijtimoiy muammolarini mustaqil 
tarzda hal etishlarini ta‘minlash zarur. Bu esa o‗z navbatida davlatning 
ijtimoiy 
ta‘minot 
chora-tadbirlari 
dasturini 
moliyalashtirishga 
ajratilayotgan xarajatlari hajmini qisqarishiga olib keladi.
143
Ijtimoiy ta‘minot xizmatlari, jumladan, ta‘lim, sog‗liqni saqlash, uy-
joyga ega bo‗lish kabi xizmatlardan foydalanish jamiyat a‘zolarining 
daromadlari bilan bog‗liq. Aholining boy qatlamlarini ijtimoiy 
xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yuqori bo‗ladi. Yuqoridagilarni 
e‘tiborga olgan holda ayrim ijtimoiy jihatdan nochor oilalar ushbu 
xizmatlardan hozirda foydalanib, keyinchalik uning qiymatini to‗lashi 
mumkin bo‗ladi. Bu ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda birlamchi 
iste‘mol tovar va xizmatlarining inson yashashi uchun zarur bo‗ladigan 
miqdorida imtiyozlarni berishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarga tayangan holda, mamlakatda 
bozor iqtisodiyoti qonunlari amal qilishi sharoitida ijtimoiy ta‘minot 
xizmatlaridan aholining barcha qatlamlari to‗liq foydalana olmaydi. 
Ushbu holatning salbiy oqibatlarining oldini olish maqsadida aholi uchun 
turli imtiyozli kreditlar joriy etilgan. Jumladan, kambag‗al oiladan 
chiqqan iqtidorli talaba imtiyozli kreditlar hisobiga ta‘lim xizmatlaridan 
foydalanishi mumkin. Ushbu holatda uning ta‘lim xizmatlaridan 
foydalanganlik uchun to‗lovni amalga oshirishida moliyaviy 
yetishmovchilikning vujudga kelishi kuzatiladi. Ushbu vaziyatda talaba 
143
Social policy. P. 241-243 


181 
bank muassasalaridan kredit olishi va ushbu kreditni ma‘lum bir vaqt 
o‗tgandan so‗ng qaytarishi mumkin bo‗ladi. Bu esa davlatning ijtimoiy 
ta‘minot 
xizmatlarini 
moliyalashtirishga 
yo‗naltirilayotgan 
xarajatlarining qisqarishi va jamiyatda ijtimoiy ishning rivojlanishiga 
turtki bo‗ladi.
1958-yilda iqtisodchi olim Titmuss tomonidan kasbiy farovonlik 
tushunchasi iqtisodiy fan aylanmasiga kiritilgan. Bunda ijtimoiy ta‘minot 
to‗lovlari jismoniy shaxslar daromadlaridan ushlab qolinadigan soliqlar 
bilan bir qatorda turli ijtimoiy sug‗urtalar hisobidan moliyalashtirilgan. 
Firma va tashkilotlar o‗zlarining ishchi xodimlarining tibbiy 
xizmatlardan 
foydalanishi 
va 
ularning 
pensiya 
badallarini 
moliyalashtirishda faol qatnasha boshlaganlar.
144
1990-yilda ijtimoiy ta‘minot xarajatlarini moliyalashtirishda 
davlatning ulushi yuqoridagi usullarni e‘tiborga olgan holda YaIMga 
nisbatan 40%ni tashkil etgan. Umumiy holda olganda davlat 
xarajatlarining 70% qismi ijtimoiy-madaniy faoliyatni moliyalashtirishga 
yo‗naltirilgan bo‗lib, bundan 20% ta‘lim va 15%i esa sog‗liqni saqlash 
sohalari hissasiga to‗g‗ri kelgan.
145
Titmuss tadqiqotlariga ko‗ra, soliq siyosatini yuritish asosida aholi 
farovonligini ta‘minlash ―Fiskal farovonlik‖ deb nomlanadi. Bunda 
daromaddan turli ijtimoiy sug‗urtalar, jumladan, majburiy pensiya 
sug‗urtasi badallarini ushlab qolish amaliyoti keng qo‗llanilgan.
146
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy soha xarajatlarini 
boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ta‘minot chora-
tadbirlari dasturini amalga oshirish yo‗nalishlari Vazirlar Mahkamasi va 
Parlament 
qarorlari 
bilan 
tasdiqlansa, 
uni 
moliyalashtirishga 
yo‗naltirilayotgan pul mablag‗lari G‗aznachilik tashkiloti nazorati ostida 
bo‗ladi. Shuningdek, ijtimoiy infratuzilma muassalariga ijtimoiy 
ta‘minot 
xizmatlarini 
ko‗rsatishda, 
ularning 
faoliyatlarini 
takomillashtirish va xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida turli 
dotatsiya, subvensiya va subsidiyalar ajratiladi. 
G‗aznachilik 
tashkiloti 
davlatning 
ijtimoiy 
ta‘minotni 
moliyalashtirishga yo‗naltirilayotgan xarajatlarini hukumat bilan 
kelishilgan holda chegaralaydi. Bunda ushbu xizmatlarga bo‗lgan talab 
va taklif inobatga olingan holda, ularning narxlarini asossiz o‗sishiga 
144
Social policy. P. 243 
145
Social policy. P. 243 
146
Social policy. P. 243-245 


182 
yo‗l qo‗yilmaydi va ajratilayotgan mablag‗lar ijtimoiy xizmatlarni sotib 
olishga yetarli darajada bo‗lishi ta‘minlanadi.
147
O‗zbekistonda davlat hisobidan eng zarur mahsulotlar bilan 
ta‘minlash o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz pensionerlarni ijtimoiy 
himoya qilish turlaridan biri hisoblanadi. ―O‗zgalar parvarishiga muhtoj 
yolg‗iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qo‗shimcha 
tadbirlar to‗g‗risida‖gi normativ-huquqiy xujjatga muvofiq
148
, ushbu 
ijtimoiy himoyalash quyidagi me‘zonlarga javob beruvchi fuqarolarga 
taqdim etiladi: 
- yolg‗izlar (yaqin qarindoshlari yo‗qlar); 
- pensionerlar (ya‘ni pensiya oluvchilar – ijtimoiy nafaqa oluvchi 
keksalar ushbu toifaga kirmaydi); 
- o‗zgalar parvarishiga muhtojlar (o‗zgalar parvarishiga muhtojlik 
TMEK yoki VMK xulosasi asosida tibbiy ko‗rsatkichlar bo‗yicha 
aniqlanadi). 
Ya‘ni o‗zgalar parvarishiga muhtoj yolg‗iz pensionerlar asosiy oziq-
ovqat mahsulotlari bilan bepul ta‘minlanish huquqidan foydalanadilar
149

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini oluvchi shaxslar ro‗yxatiga kiritish 
uchun quyidagi xujjatlarni taqdim etish zarur: 
- yolg‗iz pensionerlarning fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish 
organi raisining nomiga arizasi; 
- TMEK yoki VMKning o‗zgalar parvarishiga muhtojlik 
to‗g‗risidagi ma‘lumotnomasi; 
- yashash joyidan ma‘lumotnoma; 
- fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari hamda aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan tuzilgan yolg‗iz 
fuqarolarning uy-joy maishiy sharoitlarini o‗rganish dalolatnomasi. 
Xodim belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarini uzluksiz va o‗z 
vaqtida yetkazib berishi shart bo‗lgan yashash joyi bo‗yicha savdo 
tashkilotlaridan eng zarur mahsulotlarni uyga olib borib beradi. Oziq-
ovqat mahsulotlarining ro‗yxati 6.6.1-jadvalda keltirilgan. 
 
 
 
147
Social policy. P. 243-245 
148
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ―Ўзгалар парваришига муҳтож ѐлғиз пенсионерларни 
ижтимоий ҳимоялаш юзасидан қўшимча тадбирлар тўғрисида‖ 1991 йил 27 майдаги 212-сон Фармони. 
149
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 15 февралдаги 636-сон Қарорига илова – 
Ўзгалар парваришига муҳтож ѐлғиз пенсионерларни асосий озиқ-овқат маҳсулотлари билан бепул 
таъминлаш тўғрисидаги Низом ва Вазирлар Маҳкамасининг 1991 йил 28 майдаги 145 – сон қарорига 1-илова 
– ―Ўзгалар парваришига муҳтож ѐлғиз пенсионерларга имтиѐзлар бериш тартиби тўғрисида‖ги Низом. 


183 
6.6.1-jadval 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish