177
shakllari mavjud. Shartli fuqarolik huquqiga ega bo‗lish
holati odatda
migratsiya jarayonlari sodir bo‗lganda namoyon bo‗ladi. Masalan bir
davlatdan boshqa bir davlatga borib, u yerda ma‘lum bir muddat
istiqomat qilgandan so‗ng shaxsga o‗sha davlatning fuqaroligi beriladi.
Shartsiz fuqarolik huquqiga ega bo‗lish holati esa bevosita ma‘lum bir
mamlakatda tug‗ilishi va o‗sha davlatda umrini davom ettirishi orqali
amalga oshiriladi.
136
Umuman, fuqarolik huquqi – bu bir shaxsga tegishli bo‗lgan
huquqni o‗z ichiga oluvchi universal huquq turi hisoblanadi.
Fuqarolik
huquqi insonlarning ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik va boshqa shu kabi
xizmat turlaridan foydalanishga imkon beruvchi huquq turidir.
Mehnat munosabatlarining rivojlanib borishi ish beruvchi va xodim
o‗rtasida ijtimoiy ta‘minot xizmatlaridan foydalanish yozma shartnoma
yoki og‗zaki kelishuv asosida amalga oshirilishiga olib keldi.
Jahon
amaliyoti ko‗rsatishicha, ijtimoiy ta‘minot xizmatlari bozorida mehnatni
muhofazalash turli ijtimoiy sug‗urtalarni amalga oshirish orqali namoyon
bo‗ladi. Ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi jarayonida iqtisodchi
olimlar T. Bler va G. Braunlar tomonidan majburiy sug‗urta sxemalari
taklif etilgan. Bunda asosiy e‘tibor pensiya ta‘minotiga qaratildi va
davlatning minimal pensiya badallari joriy etildi. Ushbu holat keksalik
davrida aholining farovon turmush kechirishi uchun zamin yaratdi. 1980
yilga kelib Buyuk Britaniya mehnat bozorida band bo‗lgan
aholining
qariyb yarmi pensiya sug‗urtasi bilan sug‗urtalandi.
137
Aholini pensiya sug‗urtasi bilan ta‘minlanishi leyboristlarning
ijtimoiy dasturlarining strategik maqsadi hisoblandi. 2000-yilda fond
bozoridagi beqarorlikning vujudga kelishi va 2008-yilda jahon moliyaviy
iqtisodiy inqirozining sodir bo‗lishi bilan bir qatorda, aholini tabiiy
o‗sishi pasayishi va insonlarning umr davomiyligi ko‗rsatkichi ortib
borishi natijasida jahon mamlakatlari pensiya ta‘minoti
tizimida
moliyaviy muammolar vujudga kela boshladi. Natijada ijtimoiy sug‗urta
bozorida boshqaruv shakli va soliq yuklarining o‗rgartirish zarurati
tug‗ildi.
Mehnat munosabatlarning rivojlanib borishi ish joylarida tibbiy
xizmat ko‗rsatish va ijtimoiy yordamning tashkil etilishiga turtki bo‗ldi.
Ushbu chora-tadbirlar dasturi doirasida yosh ota-onalarga moddiy
yordam berish, ularga ish haqi saqlangan va saqlanmagan holda mehnat
136
Social policy. P. 257-259
137
Social policy. P. 221-223
178
ta‘tili berish, ayollarga tug‗ruq oldi va tug‗ruqdan keyingi davr uchun
dekret ta‘tili berish kabi ishlar amalga oshirilgan.
Ijtimoiy ta‘minot dasturlari doirasida mehnatni muhofazalash chora-
tadbirlarini amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishildi:
- davlatning ijtimoiy xizmatlaridan
foydalanishda iqtisodiy
samaradorlikka erishildi;
- ishchi xodimning mehnat unumdorligining ortishi;
- bandlik darajasining ortishi;
- jamiyat aholisi farovonligining ortishi.
138
―Ixtiyoriy ijtimoiy ta‘minot‖ – bu davlat sektori va bozor
sub‘ektlarining ijtimoiy farovonlikni ta‘minlashdagi qamrov doirasining
kengligidan dalolat beradi.
139
Ijtimoiy ta‘minot xizmatlari ta‘sir
doirasining kengayishida notijorat tashkilotlari faoliyatiga alohida e‘tibor
qaratiladi. Ijtimoiy siyosat tizimli chora-tadbirlari dasturini amalga
oshirishda notijorat tashkilotlarining vazifalari belgilab beriladi. Bu
orqali ijtimoiy kapital va ijtimoiy tashkilotlarning faoliyatlari
samaradorligiga erishiladi.
Ijtimoiy ta‘minot xizmatlarini ko‗rsatishda davlat sektori va bozor
sub‘ektlari o‗rtasidagi majburiyatlarning taqsimlanishi
natijasida ayrim
vazifalarni bajarishda ularga yordam beruvchi ingrediyent faoliyati
yo‗lga qo‗yilgan. Bu esa o‗z navbatida notijorat sektorning rivojlanishiga
zamin yaratdi. Notijorat sektorning ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari
doirasida faoliyat yuritishiga oid iqtisodiy qarashlar o‗nglar partiyasining
―bozor dogmasi‖ va so‗llar partiyasining ―etatizm‖ ijtimoiy modellarida
o‗z ifodasini topadi. Bunda notijorat sektor ijtimoiy siyosat chora-
tadbirlari dasturini amalga oshirishdan ko‗zlangan maqsadga erishishda
yordam beruvchi – to‗ldiruvchi vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: