n
qayg‘urayotgan (kechikayotgan o‘rtog‘ini «hozir kelib qoladi», deb oqlayotgan) talaba, o'rtoqlaridan o‘ziga nisbatan xuddi shunday munosabatlarni kutadi. Hatto bunday munosabat qaytarilmasa, undan xafa ham boiadi.
Niqoblcingcin egoizm. Bu nazariya tarafdorlariningta’kidlashicha, altruistik harakat qilayotganda kishi o‘ziga baho berish, o‘ziga bo‘lgan ishonch yoki hurmatning asosida yotgan ehtiyojlarni qondiruvchi o‘zidan qoniqish va g‘ururlanish kabi hissiyotlarni boshidan kechiradi. Bu esa odamga juda katta psixologik kuch beradi. Masalan, eridan bitta farzand bilan beva qolgan yosh ayol turmushga chiqmaydi. Uni altruist deymiz. «Bechora bolasi uchun gulday hayotini qurbon qildi», deb qoilab-quvvatlaymiz.
Lekin chuqurroq tahlil qilinsa, asosiy sabab: ona turmushga chiqsa va o'gay ota bolasiga yomon munosabatda boisa, birinchi navbatda onaning o‘zi bezovta bo‘ladi, qiynaladi. Ya’ni altruistik xulqning asosi o’zining xotirjamligini ta’minlashdir. (Farzand
xursand boisa, o‘zi xursand boiadi, xotirjam boiadi.) Yoki boshqa bir misol. Talaba uy vazifasini bajarmagan o‘rtogiga daf- tarini ko‘chirish uchun berib turdi. Bu bilan u go‘yoki o‘rtog‘iga manfaat
kutmagan holda yaxshilik qildi, lekin buning asosida shu o‘rtog‘i uchun sevimli boiish istagi yotmaydi, deb ham aytib boimaydi.
Ikkinchi nazariya tarafdorlari birinchi nazariyaga alternativa sifatida chiqishadi va ular altruistik xulqning asosida hech
qanday manfaatdorlik yotmaydi, degan fikrni ilgari surishadi. Ular altruistik xulqni tushuntirishda quyidagicha nuqtayi nazarlarni taklif etishadi:
Empatiya nazariyasi. Bunda altruistik xulqdagi kishi tabiiy holatda, o‘zi ham anglamagan holda boshqalar uchun qayg‘urish va g‘amxo‘rlik qilishga moyil boiadi. Bunday odamlar qiynala- yotgan kishilarni ko'rsa, o‘z-olzidan altruistik xulqni namoyon qiladilar.
Ijtimoiy me’yortiv nazariya. Bu nazariya tarafdorlari- ning fikricha, kishi ijtimoiy rol va ijtimoiy me’yorlarni yaxshi o‘zlashtirganIari uchungina altruistik xulqni namoyon qiladi. Bunday odamlar sirasiga ayniqsa ma’lum bir dinga e’tiqod qiluv- chilar, jamiyatda mavjud bo‘lgan ma’lum bir qadriyatlarga, ijtimoiy me’yorga qat’iy amal qiluvchilar kiradi. М.: Transportda o‘zi charchagan yoki kasal bo‘lsa-da, o‘zidan kattaga joy bo‘shatish, kimningdir yukini ko‘tarishib yuborish va h.k.
Bundan tashqari altruistik xulqni tushuntirishda quyidagi yo‘nalishga asoslanuvchi nazariyalar ham mavjud. Ular altruistik xulqning asosida qanday mohiyat yotganligiga ko‘ra quyidagilarni ajratib ko‘rsatishadi:
Altruistik xulqni namoyon qilayotganda
boshqalarning borligi. Talaba hech kim bo‘lmagandagidan ko‘ra ko‘pchilik oldida o‘zini altruist ko‘rsatib. boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zishi mumkin, bunday hoi aksariyat odamlarga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: