Ijtimoiy psixologiya



Download 4,53 Mb.
bet51/73
Sana29.05.2022
Hajmi4,53 Mb.
#615787
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Bog'liq
Ijtimoiy psixologiya

Kishining holati. Bunda yordam beruvchining va oluvchining ham holati nazarda tutiladi. Kishi okzi qiynalib turganda o‘zining holatidagi kishiga yordam qolini cho‘zadi va g‘amxo‘rlik qiladi. Sessiyadan o‘ta olmagan talaba o'ziga o‘xshagan talabaga boshqa vaqtdagidan kobra mehribonroq munosabat bildiradi.
Kishining psixik xususiyatlari. Kishi qanchalik javobgar, g‘amxo‘r bo‘lsa altruistroq boiadi. Aksincha, qahrli, egoist, qay- sar, odamlarga befarq boisa, undan Altruizmni kutmasa ham boiadi.
Kishining dinga munosabati. Islom dini altruistik munosabat­larni targ‘ib qiluvchi dinlardan biridir. Unga ko‘ra musulmon musulmonga har qanday vaziyatda ham yordam berishi kerak.
Sotsiolog Elvin Gouldnerning ta’kidlashicha, o‘zaro me’yorlar universal nomusning yagona kodeksi hisoblanadi, ya’ni kimdir bizga yordam bersa biz ham unga yordam berishimiz, unga yo- monlik qilmasligimiz kerak, degan tartib me’yorga aylanib qol- gan. E.Gouldner bu me’yorni universal stil deb ataydi. Sinaluv- chilardan olingan javoblarga ko‘ra xat, hujjat, pul, sovg‘alarni birov orqali jo‘natuvchilar olib borib beruvchiga ma’lum miqdorda pul berishadi. Ya’ni ular «pochta»sini olib borib berganligi uchun unga minnatdorchilik bildirishadi. 0‘zaro munosabatlarda faqat bir shaxsning yordam olaverishi va qaytarmasligi me’yorga mos kelmaydi va shaxslarao munosabatlar buziladi. Xuddi shunday holat talabalar guruhida mavjud. Ya’ni qaysidir guruhdoshining daftaridan foydalangan talaba albatta uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.
Agar har qaysi shaxs o‘ziga qilingan yaxshiliklarni doimiy ra­vishda o‘zi uchun nazorat qilib borsa, bu o‘zaro munosabatlarda yaxshi natija beradi. Laboratoriya eksperimenti asosida shun­day xulosaga kelinganki, agar shaxs o‘ziga qilingan yaxshilikka nisbatan javob qaytarish majburiyatini his qilmas ekan, ya’ni me’yor sifatida qabul qilmas ekan, o‘zaro munosabatlarda egoizm shakllanadi. Mark Uotli o‘z tadqiqotida shuni aniqlaganki, tala­balar ularga konfet ulashib turgan guruhdoshlariga imtihondan o‘tish uchun yordam berishgan. Ba’zi bir shaxslarda qilinayotgan yaxshilikni qaytarish imkoni bo‘lmasa, uni qabul qilishga ham qo‘rqishadi. Shuning uchun g‘ururli insonlar har doim birovdan yordam so‘rashga shoshilishmaydi. Agar inson shu yordamga muhtoj bo‘lsa va unga adekvat javob qaytara olmasa uning vij- doni qiynaladi. Tadqiqotlar natijasiga qaraganda agar inson o‘ziga qilinayotgan yordamlarning hisobini olmas ekan, kelajakda pro­fessional muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi.
Ko‘rinib turibdiki, jamiyatda shaxs namoyon qiladigan xulqiar orasida egoizm va altruizm doimiy ravishda uchrab turadi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish