15-variant
Bоlаning sоtsiumdа rivоjlаnishi
Vоyagа yetmаgаnlаr jinоyatchiligi muаmmоsi. Vоyagа yetmаgаn хuquqbuzаrlаr uchun mахsus o‘quv tаrbiyaviy muаssаsа idа
O‘smirlik yoshidа deviаtsiyaning yuzаgа kelishi shаrt-shаrоitlаri. Deviаtsiya turlаri
Ijtimоiy-pedаgоgik reаbilitаtsiya
Bоlаlаrning spirtli ichimliklаr ichishining sаbаb vа оqibаtlаri
5) Болалар ичкиликбозлиги ва бу иллатнинг ёшлар ўртасида кенгтаркрлиши энг жиддий ижтимоий-педагогик муаммолардан бири ҳисобланади, Ичкиликбозлик тушунчаси икки хил талқин кдлинади. Тиббий нуқтаи назардан, ичкиликбозлик спиртли ичимликлар истеъмол кдлишга енгиб бўлмас эҳгиёж тугилишида намоён булади ган сурункали касалликдир. Ижгимоий педагогик нуқтаи назардан, ичкиликбозлик спиртли ичимликка ружу қўйиш билан тавсифланадиган, шахсда девиант хулқ-атворни келтириб чиқарадиган хулқ-атвор шаклларидан биридир.
Болалик даврида ичкиликбозлик муаммоси шахс ижтимоийлашуви жараёни билан бевосита боғлиқ. Чунки, биринчидан, у аниқ ижтимоий психологик сабаблар туфайли келиб чиқади, иккинчидан, девиант хулқ-атвор каби ғайриижтимоий хислатларнинг келиб чиқишига олиб келади. Ичкиликбозлик намоён бўлишининг ижтимоий психологик омиллари бир хил эмас. Улар ичида микроижтимоий ва шахсий омилларни ажратиш мумкин. Шахсий омиллар вазифасини шахсий ва тавсифий хусусиятлар бажариши мумкин. Микроижтимоий омилларга алкоголлашув кўрсаткичлари (ичкилик истеъмол қилиш ёши, сабаблари), оила таркиби ва унда алкоголлашув даражаси каби ижтимоий ва ижтимоий- психологик белгилар киради. Ижтимоий-психологик омиллар шартли равишда иккига ажратилади. Алкоголлашув жараёнига таъсир кўрсатар экан, улар яхлит ва мажмуавий тарзда ўрганилиши лозим. Болалар ичкиликбозлиги бир қатор ўзига хосликларга эга:
— спиртли ичимликларгатез мослашиш;
— ичкиликбозликнингтез ривожланиши;
— даволашнинг самарадорлиги;
— организмнинг тез бузилиши.
Болаларнинг спиртли ичимликларга мослашишлари асосан 3 даврда: болаликнинг илк даври, мактабгача ёшда ва кичик мактаб даври, ўсмирлик даврида жадал кечади
2)Balog’at yoshiga yetmaganlar va yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilik butun dunyoda eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunday jinoyatchilikning o’sishi eng avval rivojlangan kapitalistik mamlakatlar uchun xosdir. Balog’at yoshiga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning asosiy sabablari deb g’arb mutaxassislari yoshlar o’rtasidagi ishsizlikni, yoshlarning kelajaklariga ishonmasliklari, jamiyatni boshqarish hozirgi zamon usullaridan qoniqmasliklarini ko’rsatadilar.
Masalan, Germaniya politsiyasi ma’lumotlari bo’yicha 1996 yili hibsga olingan hamma huquqbuzarlardan 14 % doimiy ish joyiga ega emas edi. Aniq harakatlar bilan o’g’rilik qilgan jinoyatchilar orasida ishsizlar to’rtdan bir qismini tashkil etdilar, ular tomonidan shaxslarga nisbatan jinoyatlar 28 %, 34 % bosqinchiliklar amalga oshirilgan.
G’arb mutaxassislari balog’at yoshiga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning o’sib borishi sabablari haqida boshqa fikrlarni ham aytadilar. Masalan, balog’at yoshiga yetmaganlar uchun odil sud va huquqbuzarlikni olidini olish AQSH federal byurosi rahbari A.Regneri o’smirlar orasida jinoyatchilikning asosiy sabablari oilalarning buzilishi, bolalar bilan beraxm munosabatlarda bo’lish, bolalarning ta’lim olish va tarbiyalanish huquqlarining buzilishi, yashash uchun qulay sharoitlarining bo’lmasligi va natijada bolalarning uydan ketib qolishlari deb hisoblaydi. Konnektikut shtatida balog’at yoshiga yetmaganlarni tekshirish juda jiddiy zulm o’tkazgan jinoyatchilar orasida 75 % o’zlariga ham ota-onalari va boshqa shaxslar tomonidan shavqatsiz munosabat ko’rsatilganini aniqlab berdi. Ular kuch ishlatib jinoyat sodir etishlarning umumiy sonidan 33 % ni sodir etganlar.
3)Deviatsiya - jamiyatda o‘rnatilgan huquqiy, ijtimoiy, axloqiy qoida va me’yorlarga mos kelmaydigan xatti-harakat, xulq-atvorga aytiladi.
Odatda deviatsiya xodisasi va uning ko‘rinishlari ko‘p xollarda ularning o‘smirlik davrida yuzaga keladi. Zotan, bu davr yosh davrlari ichida eng murakkabi bo‘lib, uni o‘tish davri deb ham yuritiladi. Darhaqiat bu davrda o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar, xususan anatomo-fiziologik, aqliy, ruxiy jihatlardan rivojlanish yuz beradi. Natijada ularda hamma narsaga qiziqish xissi kuchayadi, atrof-muhitga, hayotga bo‘lgan munosabatlarida sezilarli darajada o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Garchi ularda o‘zligini anglash, shaxsiy dunyoqarash, turli xodisalarga, o‘zgarishlarga nisbatan baho berish kabi xususiyatlar shakllana boshlansa-da, ammo hali yetarli bilim, tajribaga ega bo‘lmaganliklari sababli ko‘p hollarda yagona hulosaga kelishda qiyinchilik sezishadi. Bu jihatdan ular kattalarning yordamlariga muhtoj bo‘lishadi.
Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish joizki, bu davrda bolalarda kattalar, ayniqsa, otag‘onalari o‘rtasida muammolar tug‘ilib turadi. Zero, kattalar va ota-onalari tomonidan o‘zlariga kichkina bolaga qaraganday muomalada bo‘lishlari yoqmaydi. Bu esa o‘rtada ziddiyatlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Shunday ekan, bu davrdagi bolalarga kattalar xushyorlik bilan munosabatda bo‘lishlari zarur.
O‘smirlik davri bolalarga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan yana biri ular o‘zlaricha katta yoshdagi kishilar orasidan, yoxud badiiy asarlar, filmlardan ideal topishga harakat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |