Ijtimoiy pedagogik faoliyat va oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyatni tashkil etish



Download 213,5 Kb.
bet10/11
Sana24.04.2022
Hajmi213,5 Kb.
#579269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT VA OILA BILAN IJTIMOIY - PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH

Bob bo’yicha xulosalar
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o‘quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarishni taqozo etadi.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko‘rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’­sir ko‘rsatishining chuqur o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllanti­rish jarayonining zarur bo‘g‘iniga ham aylantiradi.
YOsh avlodni yaxshi hulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, harakteriga alohida ahamiyat berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligida yuqorida aytib o‘tilgan tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo‘ladi.
XULOSALAR VA TAVSIYALAR

Guruh rahbari o‘quv yurtidagi eng universal pedagogik hisoblanib u bajaradigan mehnatning o‘lchovi, chegarasi yo‘q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo‘lmaydi. SHu bilan bir qatorda, u beg‘araz, xolis va ta’masiz shaxs bo‘lib, jamoachilik asosida ishlaydi. Guruh rahbari pedagoglar, ota-onalar va o‘quvchilarni o‘zaro bog‘lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o‘zaro aloqalarning to‘g‘ri bo‘lishiga ta’sir o‘tkazishi va ayni vaqtda o‘zining pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir.


SHunday qilib, pedagogik odobga ega bo‘lgan guruh rahbari o‘quvchilar orasida obro‘ qozonadi. Ustoz qanchalik obro‘ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi va aksincha, tarbiyachining sha’ni qanchalik past bo‘lsa, uning ta’siri shuncha bo‘sh va o‘quvchilarni voyaga etkazish jarayoni ham shuncha zaif bo‘ladi.
O‘quv yurtining oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi guruh rahbari orqali amalga oshiriladi. Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko‘rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’­sir ko‘rsatishining chukur o‘ziga hosligi bilan uygunlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllanti­rish jarayonining zarur bo‘g‘iniga ham aylantiradi.
Yuqori aytib o‘tilgan fazilatlar guruh rahbarining tarbiyaviy ishlari, ayniqsa oila va jamoatchilik bilan olib boriladigan ishlar samarasini oshirishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo‘ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda guruh rahbarining oila va jamoatchilik bilan olib boradigan faoliyatining ahamiyati juda muhim bo`lib, oiladagi tarbiya o`z-o`zidan amalga oshmaydi. Albatta, buning uchun o`ziga xos murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik muammolar bor. Pedagogika va psixologiya fanlarida ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli xil yondashuvlar mavjud. Bulardan Q. Leongard, Myuntsenberg, Dembo-Rubinshteyn, E. Olimov, I. Grebenniqov, A.Q. Munavvarov, M. Qur'onov, O. Musurmonova, L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma'rifiy-axborotli yondashuvlardir. Bu yondashuvlarning mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluqsiz va ma'lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta'lim datsurlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning yoshlar tarbiyasidagi rolini faollashtirishga muvaffaq bo'linmoqda.


Guruh rahbarining talabani yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-birlariga qanchalik ko‘p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog‘liq. Ana shu maqsadda guruh rahbari oilaga zaruriy bo‘lgan pedagogik-psixologik, ijtimoiy ma’lumotlarni etkazib boradi. Biz bu ma’lumotlarni quyidagicha belgilab, guruh rahbari va ota-onalar uchun tavsiyalar sifatida ishlab chiqdik: demak, guruh rahbari oila va jamoatchilik bilan faoliyatni tashkil etishda quyidagilar:

  • Talabaning o‘quv mehnatiga tavsifnoma, o‘qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.

- Talabaning ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, talabaning jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-yo‘qligi, sababi, ularga o‘zining munosabati.
- Talabaning o‘z o‘rtoqlari, o‘qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning harakteri, o‘quv yurtidagi munosabatlarnnig doirasi.
- Talabaning ayrim xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish.
Oilaga talaba tarbiyasi haqida maslahat va tavsiyalar. Oila ham o‘z navbatida farzandi haqida o‘z mulohazalari, ko‘zatishlari yuzasidan guruh rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:
- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
- Talabaning o‘quv yurti haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, guruh hayotidagi turli voqealarga baholari.
- Ota-onaning ayrim o‘qituvchilardan, guruh rahbaridan, o‘quv yurti rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Guruh rahbari bilan oila o‘rtasidagi bu xildagi o‘zaro xabarlashuvlar talabani to‘la o‘rganishga, ta’lim va tarbiyada shu talaba uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi.


Download 213,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish