.Sharq va G`arb mutafakkirlari va pedagog olimlarning ilmiy asarlarida oila va jamoada bolalar tarbiyasi borasidagi fikrlar tahlili
“Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay O’zbekiston xalqi avloddan – avlodga o’tib kelayotgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi”2.
Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta’minlash uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish, faoliyatining o’zgarish sabablarini aniqlash zarur.
Asrlar osha omon qolib, bizga yetib kelgan milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy va ma’ifiy madaniyatimiz, ilm – ma’rifat mustaqillik sharofati bilan yangidan rivoj topa boshladi.
Markaziy Osiyo hududida qadim – qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar paydo bo’ldi. Ularda aholining ijtimoiy madaniyat hayoti turmush tarzi va an’analari ma’lum o’lchovga solindi. Zaminimiz aholisi ko`p yillar davomida e`tiqod qilib kelgan zardushtiylik ta`limotida ham oila, bola, tarbiya masalalariga alohida e`tabor berilgan.
“Avesto” - da Xuroson va Movoraunnaxr xalqlarining axloq va odob ta’lim – tarbiya, kasb o’rganish mehnatsevarlik, mehnat va mehmondo’stlikka doir fikr mulohazalari ham bayon qilinadi. Bola asosan oila muhitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa hayotning eng muhim tayanchi hisoblanadi. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishi va so’ngra yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin.
O’tmishdagi tarbiyada axloq tarbiyasi alohida o’rinda turgan. Har bir qabila, elat o’ziga xos axloq qonun – qoidalarni yaratdi, insoniylik ideal axloq qonuniyatining asosi hisoblanadi. Ota – bobolar axloqiy tarbiyada Shiroq, To’maris, Alpomish, Murodxon, Ravshan kabi afsonaviy qahramonlar tasvirlangan dostonlardan foydalanadilar, ular asosida yoshlarni eng yaxshi an’analar ruhida tarbiyaladilar.
Abu Nasr Farobiy bilimdon ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm hikmatni o’rganaman desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi axloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahlidan, ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin»3.
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyaga alohida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatilmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Buyuk mutafakkir bobomiz Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila, ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin.
Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suhbatda bo’lish, unga nasihat qilishdir.
Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.
Shuningdek, Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o’zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin hatti – harakatlariga berilishining oldi olinadi.
Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan Markaziy Osiyodagi pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan ulug’ siymolardan biri Mirzo Ulug’bek. U avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta axamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarini egallashga da’vat etdi. Faqat rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining komil topishini ta’minlashga ishondi.
Allomaning uqtirishicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi, xavasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muxit muxim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining xaqiqiy inson bo’lib kamol topishiga aloxida e’tibor berishlari lozim.
Ulug’bekning oila muhiti sog’lom avlodni yetishtirish haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning bilim olishiga bo’lgan qiziqish, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o’rinni egallaydi. Oilada ota – onalar ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abdurahmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Bahoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida oiladagi tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam beradi. U odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa, kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruhiy, ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib topadi deb, voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligini uqtiradi.
Husayin Voiz Koshifiyning uqtirishicha insonni ta’lim – tarbiya orqali qayta tarbiyalash, aqliy qobilyatni o’stirish mumkin. Koshifiy o’zining pedagogik qarashlarida bolalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish masalasiga alohida e’tibor beradi. Ota – onalar, muallimlardan bu masalaga aloxida ahamiyat berishni talab etadi. Bu masalada sog`lom oilaviy muhit hamda tashqi muhit muhim o’rin tutadi. Bola to’g’ri so’zli, va`daga vafodor, yaxshi xulqli qilib tarbyalanishi kerak.
Jaloliddin Davoniy ota – onaning bolani tarbiyalashdagi ahamiyatiga keng to’xtalib o`tadi. Uning fikricha oila tarbiyasida ota ham, ona ham teng huquqli, teng ishtirok etishi, bolaning yaxshi xulq – odob qoidalarini muayyan bir kasbni egallashiga ko’maklashishi, ilm – fan va kasb – hunar egallashining moddiy asosi bo’lmish oziq – ovqat, kiyim – kechak, kerakli buyum va jixozlarni yetkazib berish uchun jonbozlik ko’rsatishi kerak.
Qadimgi Yunon faylasufi Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonni bilimlarni bilib olishga erishish, uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir. U o’z ta’limotida mardlik, donolik, mo’tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha mardlik- qo’rquvni daf qilish, donolik -jamiyat qonunlariga rioya qilish, mo’tadillik- o’z hissiyotlariga erk bermaslik, adolat- yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir.
Yunonistonning mashhur mumtoz faylasufi Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini «Davlat» va «Qonunlar» asarlarida bayon etadi. Uning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan ta’siri, bolalarda axloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. His – tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashni asosi deb hisoblaydi. Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilib berishni tarbiyaning vositasi hisoblaydi. Uning t’kidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turishlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasligi kerak. Platon «Davlat» asarida bolalarni yoshligidan ijtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi va uni tashkil etishning muayyan tuzimini taklif etadi.
Qadimiy Yunon mutafakkiri Arastu (Aristotel) o’zining axloqqa oid «Nikoh etikasi», «Endem etikasi» asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog’liq bo’lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va irodani rivojlantirish muhim ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko’ra, bolalarning yosh xususiyati hisobga olingan holda tarbiyalanishi kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil deb, quyidagi davrlarga bo`lib: bola tug’ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir davridagi o’ziga xos xususiyatni ko’rsatadi, har bir davrda amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etadi.
Sharq mumtoz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Muslixiddin Sadiy Sheroziyning fikricha, oila - bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratuvchidir. Oilada asosiy tayanch otadir. U ma’suliyatli tarbiyachidir. Ota o’z bolalarini tarbiyalashi, o’qitishi, hunarga o’rgatishi, jismonan chiniqtirishi kerak.
Abdulla Avloniy 20-asr boshlarida o‘z davrining yetuk ma’rifatparvari, usta murabbiysi, boshlang‘ich o‘zbek ta’limiga salmoqli hissa qo‘shgan va birinchilardan bo‘lib axloq, ta’lim-tarbiya masalalariga oid o‘ziga xos “Guliston”ni yozib qoldirdi. “Turkiy Guliston”da Avloniy o‘z ijtimoiy va axloqiy, ta’limiy qarashlarini bayon etgan holda umuman tarbiya haqida fikr-mulohaza yuritib, uni to‘rt turkumga; “Tarbiyaning zamoni”, “Badan tarbiyasi”, “Fikr tarbiyasi” va “Axloq tarbiyasi”ga bo‘ladi. Insonni tarbiyalashda bu to‘rt masala g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |