Ijtimoiy pedagogik faoliyat va oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyatni tashkil etish


MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT VA OILA BILAN IJTIMOIY - PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH



Download 213,5 Kb.
bet2/11
Sana24.04.2022
Hajmi213,5 Kb.
#579269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT VA OILA BILAN IJTIMOIY - PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH

MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT VA OILA BILAN IJTIMOIY - PEDAGOGIK FAOLIYATNI TASHKIL ETISH


KIRISH


I-bob. Ta’lim muassasasining oila bilan olib boradigan ish shakllarini rivojlantirishning muammo sifatida o’rganilishi
1.1. Ta’lim muassasasining oila bilan olib boradigan ish shakllarini rivojlantirish masalalarining davlat hujjatlarida yoritilishi

    1. .Sharq va G`arb mutafakkirlari va pedagog olimlarning ilmiy asarlarida oila va jamoada bolalar tarbiyasi borasidagi fikrlar tahlili

Bob yuzasidan xulosa
II-bob. Guruh rahbarining faoliyatida ota-onalar bilan olib boradigan ish shakl va metodlari va ularning tahlili

2.1. Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ish shakl va metodlari


2.2. Guruh rahbarining faoliyatida ota-onalar bilan olib boradigan pedagogik faoliyatini tashkil etish va uning tahlili
Bob bo’yicha xulosalar



XULOSA VA TAVSIYALAR



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilingach, xalqimiz o’zining boy tarixi, madaniyati, urf-odatlarini o’rganishi, targ’ib qilish, o’zligini tanishi imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu voqeadan so’ng ko’p sonli o’qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi uchun hormay-tolmay xizmat qila oladigan, buyuk vatan yo’llarida o’z jonini ham ayamaydigan yoshlarni tarbiyalash vazifasi ko’ndalang qo’yiladi.
Bugungi kunda O’zbekistonda milliy istiqlol sharofati tufayli turli jabhalarda har tomonlama qaror topayotgan sharoitlarda jamiyatimizda yuz berayotgan tub ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy o’zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida shaxs omiliga qo’yilayotgan yosh avlodning ma’naviy axloqiy, jismoniy va har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashni taqozo etadi.
O’zbekiston Rrespublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmon bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Rrespublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining 4.4-bandi Ta`lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda “ta`lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oily ta`lim muassalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish” qat`iy vazifa sifatida belgilanadiki, uning asosida zamon bilan birga faoliyat yuritish muhim hisoblanadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarda kelajak avlodni mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalashga alohida e`tibor berishmoqda.
Shuning uchun bunday ulkan vazifani amalga oshirishda oila, maktab va mahallaning o’rni katta. Oila, maktab va mahalla jamoasining o’zaro hamkorligi kelajagimiz bo’lmish yosh avlodni to’g’ri, insonparvarlik ruhida tarbiyalashdagi asosiy omil bo’ladi. Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas'uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘lik. Bu bog‘liklik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida oilaning ma'lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘likdir. Chunonchi, ijtimoiy borlikning oilalar zimmasiga qo‘yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo‘lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta'minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta'minlash ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.
Sinf rahbarining oila va mahalla jamoasi bilan mohirona, yaxshi uyushtirilgan va yo’lga qo’yilgan ishi, bolalar bilan olib boriladigan butun tarbiyaviy ishlarning muvafaqqiyatli bo’lishiga garov hisoblanadi. Ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayonning to’g`ri yo’lga qo’yilishi bevosita bolaning oilada olgan tarbiyasi bilan ham bog`liq. Ta’lim muassasasining oila bilan olib boradigan ish shakllarini rivojlantirishning muammo sifatida o’rganilishi mavzusi kurs ishi uchun belgilab olingan bo’lib, hozirgi kunda O’zbekiston demokratik davlatchilik islohotlarini amalga oshirar ekan, jamiyatning asosiy bo’g`ini bo’lgan oilalar, ularda tarbiyalanayotgan kelajagimiz vakillari va ular ta’lim-tarbiya olayotgan ta’lim muassasalari hamkorligini to’g`ri yo’lga qo’yish va rivojlantirish masalasi eng dolzarb vazifalardan bo’lib qolaveradi.

Download 213,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish