4. Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi
Krizis vaziyat yuzaga chiqqanda mikrodarajadagi boshqaruvda tashkilot uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisoblanadi:
istiqbolli rejalashtirishni tashkillashtirish;
doimiy ravishda ichki va tashqi muhitni nazorat qilib borish, krizisdan olib chiqaradigan qat’iy choralarni ishlab chiqish;
rezervlarni tashkil etish - moliyaviy, moddiy;
ishlab chiqarishga sarf xarajatlarni kamaytirish;
diversifikatsiya;
Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi bo’lib, innovatsiyalashgan siyosatni olib borish hisoblanadi.
Zamonaviy menejerlar fikricha (iqtisodiyot va boshqaruv sohasidagi) faqatgina aktiv innovatsion siyosat tovarlarga, mahsulotlarga yangi texnologiyalarni investitsiyalar orqali jalb qilish krizis xolatdan chiqish muammosini ijobiy xal qilishga imkon beradi.
SHuni aytish lozimki korxonaning har tomonlama rivojlanishi va yaxshi faoliyat ko’rsatishida menejerlarning qobiliyatlari katta rolь o’ynaydi. Misol uchun, iqtisodiyotning umumiy axvoli, bozor konьyukturasi, bozor jarayonlardagi o’zaro aloqa masalalari va boshqalar.
Informatsion faoliyat taxlili shuni ko’rsatadiki bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yuritishning maxsusligidan kelib chiqqan xolda, ijtimoiy-iqtisodiy informatsiya, asosan bozor tomonidan tug’iladi. Bozor ishtirokchilari o’rtasida axborot almashuvi yuz beradi: ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida, banklar o’rtasida, informatsion markazlar o’rtasida. Bozor axborot vositalari orqali ishlab chiqarishni tartibga soladi va korxona rahbarlarining keyingi faoliyatlarini aniqlab beradi. Informatsiya yuqori talabga ega bo’lgan tovarga aylanishi yuz beradi, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga iqtisodiy o’sish faktorlaridan biriga va kamdan kam resursga aylanadi.
Mutaxassislar bu faktni bizning tsivilizatsiyamizga yangi rivojlanish bazasi sifatida kirib kelishi bilan bog’laydilar. Bunday informatsiya faqat vosita emas balki kuchli mustaqil faktorga aylanadi. SHunga bog’liq ravishda tashkilotga informatsion faoliyatga ahamiyat kuchaytirildi, avtomatlashtirilgan informatsion sistemalar va informatsion bazalar yaratish kuchaytirildi.
SHuni aytish kerakki, korxona rivojlanishini informatsion ta’minoti ishlab chiqish jarayonida ichki va tashqi informatsiyaning taxlilsiz, sistemalashtirishsiz amalga oshirib bo’maydi:
1. tashqi informatsiya:
a) korxona faoliyati doirasidagi ilmiy-texnikaviy yutuqlar xaqida ma’lumotlar;
b) siyosatdagi o’zgarishlar, qonunlar va boshqa o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
v) bozor konьyukturasi holati xaqida informatsiya.
2. ichki informatsiya
korxona joriy faoliyati holati bo’yicha iqtisodiy-statistik ko’rsatkichlar;
korxona ishlab chiqarish potentsiali ko’rsatkichlari;
yangi maxsulot yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari holati ma’lumotlari.
korxona rivojlanishidagi bashoratchilar ma’lumotlari - iste’molchilarning kutilishi, bozor konьyukturasi va boshqalar.
litsenziya, faoliyat, intellektual va hamda sanoat mulki ximoyasi holati to’g’risidagi ma’lumotlar;
mehnat resurslari va kadrlar ta’minoti to’g’risida ma’lumotlar;
korxona ishlab chiqarish potentsiali bo’yicha iqtisodiy-statistik ma’lumotlar;
Maxsus yo’naltirilgan tadqiqotlardan olingan natijalarga ko’ra xo’jalik sub’ektlariga korxonaning ijobiy rivojlanishini ta’minlab beruvchi maxsus bo’linma tashkil etish tavsiya etiladi. Bu bo’linma mustaqil bo’lim sifatida yoki marketing reklama xizmatlari bo’yicha bo’limning bir qismi sifatida tashkil etilishi mumkin.
Korxonaning umumiy taxlili, masalasi va funktsiyasini taxlil qilishda ularning faoliyatini asosiy yo’nalishlarini aniqlash imkonini beradi.
1. asosiy masalalar
tashqi muhitning informatsiyalashgan marketingi
tashqi muhit talablariga moslashish bo’yicha korxona faoliyatida turli xil tadbirlar ishlab chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |