Nazorat savollar:
«Ijtimoiy injeneriya» tushunchasi nima?
Nima uchun «ijtimoiy injeneriya» tushnchasi turli olimlar tomonidan turlicha qabul qilinadi?
«Ijtimoiy injeneriya»ning ustunlik va kamchiliklari nimadan iborat?
Tayanch so’z va iboralar: ijtimoiy injeneriya, ijtimoiy rejalashtirish, ijtimoiy diagnostika, ob’ektiv diagnostika, ekstrapolyatsiya modeli, faktorli model, evristik modellar.
Tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. Учебное пособие. - М.: Высщая школа, 2002. -271 с.
2. Yo’ldoshev N.Q, Umarxodjaeva M., Yaxьyaeva I. ”Ijtimoiy menejment”. O’quv qo’lanma.-T.:TDIU.2012.-146 b.
3. Qosimova D.S., Nazarova G.G’., Salixova N.M., Ismailova N.S. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.:Iqtisodiyot, 2011.-213 b.
4. Umarxodjaeva M.G. Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma-T.: TDIU, 2007.- 244 bet.
5. Raximov D. Ijtimoiy menejment. «Iqtisod - moliya», Darslik, 2006.
6. R.R. Abdalimov, I.K. Urazboeva. Ijtimoiy menejment. Toshkent “Aloqachi” nashriyoti, O’quv qo’llanma, 2005.
7. Tojiev SH. Ijtimoiy menejmentdan masalalar yechish. T.:«O’zbekiston», 2002.-380 bet.
16-mavzu. Firmani kontseptual - strategik boshqarish
1. Kontseptual - strategik boshqaruv ahamiyati
2. Strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayoni
3. Strategik boshqaruvda marketingning vazifasi
4. Krizisdan chiqishning asosiy mexanizmi
Kontseptual - strategik boshqaruv ahamiyati
Iqtisodiyotning asosiy tarmog’idan biri korxona (firma) hisoblanadi. Keyingi ikkinchi va uchinchi o’n yilliklar ichida firma ichidagi qayta qurish, iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda barcha xo’jalik mexanizmini qayta tashkillashtirishga sabab bo’ldi. Jumladan Janubiy Amerika, Yaponiya, Farbiy Evropa.
Boshqaruv postulatlarni mamlakatlarda qayta ko’rib chiqish 70 yillar ohirida turli xil qarama-qarshiliklarni engib o’tish yo’lini qidirish sharoitida boshlandi. Ularga: ekstensiv o’sish imkoniyatlarini tugalanganligi, energetik krizis, mehnat unumdorligini o’sish sur’ati tushishini kiritishimiz mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bizning mamlakatimizda shu narsa ayon bo’ladiki buyruqbozlik boshqaruv tizimi sharoitida «ishlovchi» barcha boshqaruv postulatlari va amaliy tajribalar nafaqat yaxshi ishlamayapti balki umuman bozor sharoitiga to’g’ri kelmaydi. SHuning uchun, hozirgi paytda yangi boshqaruv falsafasiga asoslangan xolda, g’arb firmalarining tajribasini hisobga olgan holda ichki boshqaruvni qayta qurish korxonani bankrotlikdan asrash asosiy vazifa bo’lib qoldi. Bugungi kunda g’arb tajribasini o’rgangan holda shuni aytish kerakki, zamonaviy lider firmalari raqobatchilarining tajribalarini o’zlariga oldilar, lekin ularning faoliyatlarini chuqur mantiqiy tahlil qilmadilar.
Bugungi kunda menejmentning asosiy mashhur tushuncha-laridan biri «noaniqlik» tushunchasi «bilmaslik» emas, balki xarakat sharoitlarining doimiy o’zgarishidir. SHu narsa aniq bo’lmoqdaki, faqat ma’muriy vositalar bilan past samaradorlikka erishilmoqda - yangi, boshqacha bir innovatsion boshqaruv talab etilmoqda. SHuni takidlash kerakki, firmani innovatsion boshqaruv kontseptual - strategik bo’lishi mumkin emas.
Yangi boshqaruv falsafasini rivojlanishi bilan quyidagi xatoliklar yuzaga chiqmoqda:
Masalan: qiyin boshqaruv muammolarini xal qilishda oddiy usullar orqali amalga oshirilmoqda (misol, korxona boshqaruvini almashtirish va kadrlarini qayta joylashtirish) shuning uchun zamonaviy menejment muammoni kontseptual strategik fikrlash orqali xal etishni talab qiladi, jumladan:
sistemali yondashuv printsiplardan keng amaliy foydalanish;
boshqaruv samaradorligining asosiy kriteriyalarini xamda tushunchalarini ko’rib chiqish;
tashkiliy tuzulmani shakllantirishning yangi tamoyillarini qo’llash.
70 yillarda rivojlangan Evropa mamlakatlarida odatiy tashkiliy tuzulmadagi kamchiliklar aniq namoyon bo’la boshlagan edi va bu xolatni ilmiy-texnikaviy sohadagi faoliyatlarda vakolatlarni va mas’uliyatlarni taqsimlash muammolarini yuzaga chiqqanligi bilan bog’lash mumkin.
Bu va boshqa xolatlar tashkilotchilik strukturasini eng samaralisini qidirishga olib keldi.
80 yillarga kelib yangi «jimjit» boshqaruv revolyutsiya» nomini olgan yangi paradigma yuzaga chiqdi.
Ushbu yangi boshqaruv paradigmasiga asosan g’arb menejmentida ekstirimal qarorlar qabul qilish asosida boshqaruv sistemasini qo’llaydilar. Menejerlar strategik boshqaruvga ko’p murojat qilishadi chunki yangi yondashuvni talab qiladigan zamonaviy iqtisodiy hayotni realligi asosida tashqi muhitdagi birdaniga yuz beradigan o’zgarishlarni ko’rish imkoniyat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |