Strategiya va strategik boshqaruv
Reja :
1. Kirish ……………………………………………………………….
2. Strategiya va strategik boshqaruv to’g’risida tushuncha …………..
3. Strategik boshqaruvda korxonaning moddiy resurslari va ishlab chiqarish harajatlarini o’rni va ahamiyati ……………………………..
Xulosa ………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………….
O’zbekistonning har tomonlama rivojlanishi, uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallagan boshqaruv mutaxassislarini tayyorlashni zaruratga aylantirmoqda. Bugungi kunda malakali menejerlar – sifat jihatidan yangi boshqaruv namoyondalari bu soxada ko’p masalalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish menejerlik kasbining mazmun mohiyatini tashkil qiladi. Shu bois “Menejment” fanini chuqur va har tomonlama o’rganish, bu sohada xorij tajribasini tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish bozor munosabatlariga o’tish davrida muhim o’rin tutadi.O’zbekiston Prezidenti tomonidan asoslab berilgan “Taraqqiyotning o’zbek modeli” tamoyillariga tayanib, mamlakatda amalga oshirilayotgan tub islohotlar uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash orqali aholining turmush farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan. “Shu nuqtai nazardan qaraganda, - deb yozadi Yurtboshimiz, bozor munosabatlariga o’tish davrida jamiyat a’zolarining o’z salohiyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun ularga birinchi galda keng imkoniyat va erkinlik muhitini, ham qonuniy, ham amaliy shart – sharoitlarini yaratib berish zarur. Oddiy qilib aytganda, kuch-g’ayrat bilan birga, bilim va tajribasi, aql–idroki, kasb –malakasi etarli bo’lgan, qonunlarni, o’z haq – huquqlari va majburiyatlarini yaxshi bilgan odamgina tadbirkorlik yoki fermerlik bilan shug’ullanishi, o’z xususiy ishini oqilona va samarali tashkil etishi mumkin
Strategiya so’zi grekcha «strategos» iborasidan olingan bo’lib «general san’ati» ma’nosini bildiradi. Bu atamaning harbiy sohadan kirib kelganiga ta’jublanmaslik kerak. Zero, strategiya Aleksandr Makedonskiyga butun dunyoni ishg’ol qilishga imkon tug’dirgan.
O’zbek tilining izohli lug’atida ham strategiya atamasi:
• «yirik harbiy operatsiyalar va umuman urush olib borish san’ati»;
• «ijtimoiy-siyosiy kurashga rahbarlik qilish san’ati va ilmi» ma’nosida talqin etilgan.
Xarbiy sohada hozir ham bu atama yuqori qo’mondonlik tomonidan harbiy jarayon (operatsiya)larni rejalashtirish san’ati ma’nosida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |