Ijtimoiy menejment



Download 0,93 Mb.
bet13/61
Sana31.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#946811
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
Ижт.менеж лотинда

To’rtinchi inqilob kapitalizmning paydo bo’lishi va Evropa tsivilizatsiyasi industrial taraqqiyotining boshlanishiga to’g’ri keldi. Sanoat inqilobi shuni isbotladiki, boshqaruv funktsiyasi ham moliyaviy yoki texnikaviy kabi muhim ekan.
Beshinchi boshqaruv inqilobi yangi ijtimoiy kuch-mutaxassis menejerlar, boshqaruvchilar sinfining kelishini ifodaladi. U davlatni, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishni boshqarishda hukmron bo’ldi.
Turli zamonaviy nuqtai nazarlardan assosiy holatlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Ular ijtimoiy menejmentning u yoki bu ilmiy maktablari asosida yotadi. Turli xil ilmlarni tizimga solish maqsadida ilg’or xorijiy boshqaruv maktablarini ko’rib chiqamiz.


2. Boshqaruvning klassik maktablari

Boshqaruvning zamonaviy ilmining paydo bo’lishi F.Teylor nomi bilan bog’liq. U o’z nazariyasining asosiy holatlarini «Fabrikani boshqarish» (1903), «Ilmiy boshqaruv tomoyillari» (1911), «Kongressning maxsus komissiyasi oldida ko’rsatma» (1912) ishlarida ko’rsatdi. Ular quyidagilarga yo’naltirilgan:



  • eski, an’anaviy ish usullarini almashtiruvchi ilmiy asosning yaratilishi, uning har bir elementini ilmiy tadqiq qilish;

  • ishchilarni ilmiy mezonlar asosida tanlash, ularni o’qitish;

  • mehnatni tashkil etish tizimini joriy qilishda ma’muriyat va ishchilar o’rtasida hamkorlik;

  • ma’muriyat va ishchilar o’rtasida mas’uliyat va mehnatni teng taqsimlash.

Teylor tizimining asosida alohida ishchi mexnatini muvofiqlashtirish, ishlab chiqarish jarayonini qayta tashkil etish, tashkilotni boshqarish jarayonlari usuli yotadi. Teylorning aynan mana shu tizimi sanoat korxonalari ishida keng qo’llanilmoqda.
Teylor tizimini tashkil etuvchi tashkilotda ishchini alohida mexnatini muvofiqlashtirish va ishlab chiqarishni qayta tashkil etish tashkilot mehnati va boshqaruvning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishdan boshlangan.
Klassik maktabning yana bir vakili A.Fayolьdir. U o’zining «Umumiy va sanoat ma’muriyati» (1923) kitobida ma’muriyat faoliyati tahliliga umumiy yondashuvni ishlab chiqishga va bu asosda ma’muriylashtirishning qat’iy majburiy tamoyillarini shakllantirishga harakat qildi. Uning ta’kidlashicha, boshqarish- tasarrufida bo’lgan barcha resurslardan maksimal imkoniyatlarni ishga solib, korxonani uning maqsadi sari etaklashdir. Fayolь fikricha, ma’muriyatlashtirish boshqaruvning bir qismini tashkil etib, o’zida yanada kengroq ishlab chiqarish, tijorat, moliya, kredit, buxgalteriya hisobi va ma’muriy vazifalarni aks ettiradi. Fayolь ma’muriy vazifalarni tahlil qilar ekan, u 5 ta elementni: rejalashtirish, tashkil etish, nazorat muvofiqlashtirish va oldini ko’rish elementlarini belgilab berdi.
Fayolь ma’muriy faoliyat tamoyillarini ishlab chiqdi. Ularga: mehnatning taqsimlanishi, xokimiyat, intizom, boshchilik yakdilligi, individual manfaatlarning umumiy manfaatlarga bo’ysunishi, rag’batlantirish, markazlashish, tenglik, tashabbus, korporativ ruh kiradi.
Klassik boshqaruv maktabining keyingi rivojlanishi ikki asosiy yo’nalishda bordi: ishlab chiqarishni maqbullashtirish va boshqaruvning umumiy muammolarini tadqiq etish. Bu borada G.Emerson, L.Urvik, M.Veber, G.Ford ishlarini ta’kidlash lozim.
G.Emerson o’zining «Unumdorlikning o’n ikki tamoyili» (1911) ishida korxonani boshqarish tamoyillarini ko’rib chiqdi va shakllantirdi. Emerson fikricha, bunday tamoyillar quyidagilar:

  • aniq shakllantirilgan boshqaruv maqsadlari;

  • har bir yangi jarayonga istiqboldagi maqsadlarni hisobga olgan holda sog’lom fikr nuqtai nazaridan yondashuv;

  • muvofiqlashtiruvchi maslahat;

  • intizom;

  • personalga haqqoniy munosabat;

  • dispetcherlik;

  • me’yor va jadvallar sharoitlarini normallashtirish;

  • mukofotlash.

Emerson boshqaruv va ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarini hal etishda kompleksli yondashuv zarurligini birinchi bo’lib ko’rsatdi.
L.Urvik, A.Fayolьning asosiy holatlarini rivojlantirdi va chuqurlashtirdi. U asosiy e’tiborni rasmiy tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqishga qaratdi:

  • Odamlarning tuzilmaga mosligi

  • Maxsus va bosh shtabni tuzish

  • Huquq va mas’uliyatni ko’yilishi

  • Nazorat kengligi

  • Maxsuslashtirish

  • Aniqlik

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish bilan G.Ford shug’ullangan. U F.Teylor tizimidan foydalanishda olg’a qadam bosdi va uni keng ishlab chiqarishda qo’lladi. SHu maqsadda Ford ko’yidagi boshqaruvni tashkil etish tamoyillarini qo’lladi:

  • Butun ishlab chiqarish jarayoni, uning pog’onalari va aloqalarini aniq rejalashtirish va hisob-kitob;

  • Ish sharoitlarini rejalashtirish va hisobga olish;

  • Hom ashyo, materiallar, mexanizmlar, ishchi kuchi tayyorlash;

  • Ishlab chiqarishni standart texnologiya bo’yicha amalga oshirish;

  • Ishlab chiqarishni mukammallashtirish yo’llarini doimo izlash;




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish