Ijtimoiy menejment



Download 0,93 Mb.
bet26/61
Sana31.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#946811
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
Ижт.менеж лотинда

Nazorat savollari:

  1. «Ijtimoiy boshqaruv» va «ijtimoiy menejment» tushunchalarining farqi nimada?

  2. «Ijtimoiy kenglik», «ijtimoiy soha», «ijtimoiy jarayonlar» tushunchalarini izohlang.

  3. Ijtimoiy menejment bosh masalasining mohiyati nimada?

  4. Ijtimoiy menejmentning asosiy nazariyalarni aytib bering.



Tayanch iboralar: ilmtalab texnologiyalar, fundamental bilimlar, «kovboylik menejment», menejment tamoyillari, tendentsiya, korporativ hayot, «ijtimoiy boshqaruv», «ijtimoiy menejment», korporativlik, ijtimoiy siyosat, ijtimoiy soha.


Tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. Учебное пособие. - М.: Высщая школа, 2002. -271 с.


2. Yo’ldoshev N.Q, Umarxodjaeva M., Yaxьyaeva I. ”Ijtimoiy menejment”. O’quv qo’lanma.-T.:TDIU.2012.-146 b.
3. Qosimova D.S., Nazarova G.G’., Salixova N.M., Ismailova N.S. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.:Iqtisodiyot, 2011.-213 b.
4. Umarxodjaeva M.G. Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma-T.: TDIU, 2007.- 244 bet.
5. Raximov D. Ijtimoiy menejment. «Iqtisod - moliya», Darslik, 2006.
6. R.R. Abdalimov, I.K. Urazboeva. Ijtimoiy menejment. Toshkent “Aloqachi” nashriyoti, O’quv qo’llanma, 2005.
7.Tojiev SH. Ijtimoiy menejmentdan masalalar yechish. T.:«O’zbekiston», 2002.-380 bet.

6-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING QONUNLARI VA TAMOYILLARI

1. Ijtimoiy tizimlarning turlari


2. Ijtimoiy menejment muammolari
3. Ijtimoiy menejmentning asosiy qonunlari



  1. Ijtimoiy tizimlarning turlari

Dastlabki qarashda ijtimoiy tizimlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: ijtimoiy-siyosiy (siyosiy partiyalar, jamoat harakatlari va h.k.), ijtimoiy-madaniy (ijodiy, ilmiy xamjamiyatlar va h.k.), ijtimoiy va iqtisodiy.


Jamoat tizimlari genezisi shunga olib keldiki, ularga tegishli bo’lgan ichki boshqaruv mustaqil faoliyat sohasiga aylandi. Masalan, jamiyat ishlab chiqarishi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi (ijtimoiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish va uni boshqarish jarayonini amalga oshiruvchi odamlar asosiy element hisoblanadi, iqtisodiyligi shuning uchunki, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonini amalga oshirish natijasida jamiyat a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan moddiy ne’matlar, yalpi jamiyat mahsuloti yaratiladi). «Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, iqtisodiy tizim jamiyat aholi ehtiyojlarini qondirish uchun o’z tasarrufida bo’lgan resurslarni ishlab chiqarish va tahsimlangani kabi usulga ega»1. Zamonaviy jamiyatga ma’lum bo’lgan hamma iqtisodiy tizimlar asosida bir xil fundamental savollar yotadi: jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan qanday foydalanish kerak, qanday tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishi kerak, ularni kim ishlab chiqaradi, bu tovar va xizmatlar jamiyat a’zolari o’rtasida qanday taqsimlanadi.
Ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan bir qatorda inson resurslaridan foydalanish, jamiyat a’zolariga qanday yashash darajasi taqdim etilgani, jamiyatning ijodiy kuchlari qay yo’sinda amalga oshirishi bilan xarakterlanadi.
Jamiyat hayotining turli tashkilotlari orasidagi farqlarni namoyon qilishning eng yaxshi usuli - ular individlarga ishlab chiqarish omillarini egallash va amalga oshirishlari uchun beradigan erkinlik darajasini solishtirish.
Har qanday tizim elementlar yig’indisidir. Element - har doim tizimning tuzilmaviy qismi (masalan, korxona - birlashgan ishlab chiqarish tizimi elementi, shu bilan birga korxonaning o’zi elementlarning - tsexlar va xizmatlarning murakkab yig’indisini tashkil etadi).
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar. Har bir ijtimoiy tizim o’zaro bog’liq mustaqil ikki tizimchadan iborat: boshqaruvchi va boshqariluvchi. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonini bevosita ta’min-lovchi barcha elementlar boshqariluvchi tizimchaga kiradi. Boshqaruvchi tizimchaga boshqaruv tizimida band bo’lgan odamlar jamoasiga maqsadli ta’sir etish, ya’ni boshqarish jarayonini ta’minlovchi barcha elementlar kiradi. Boshqaruvning tashkiliy tuzulmasi boshqaruvchi tizimning asosiy elementi hisoblanadi.
Aytib o’tilgan tizimchalardan har biri o’z hususiyatlarga ega. Ijtimoiy tizimda va uning yirik qismlarida (boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalarda) o’ziga xos kichik darajadagi tizimlarni tashkil etuvchi elementlar guruhlari ko’rinadi: texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy.
Texnik tizim turli alohida uskunalar yig’indisidan iborat bo’lgan alohida texnik vositalarning birikmasidan iborat. Masalan, ijtimoiy iqtisodiy tizimlarda u korxona, tashkilot, sohaning ishlab chiqarish quvvatini ifodalaydi. Uning yordamida odamlar moddiy ishlab qikarish jarayonida belgilangan sifatda va ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishlari mumkin.
Texnologik tizim moddiy yoki ma’naviy ishlab chiqarishning bosqichlar va jarayonlar bo’linishiga asoslanadi. Mazkur tizim moddiy yoki ma’naviy ishlab chiqarish jarayoni va ularni boshqarishda operatsiyalar ketma-ketligini aniqlovchi qoida va me’yorlar yig’indisidan iborat.
Tashkiliy tizim boshqaruv tuzulmasi, mos keluvchi holatlar va instruktsiyalarni ishlab chiqish yordamida texnik vositalar, mehnat qurollari, axborot, maydonlar va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.
Iqtisodiy tizim ho’jalik va moliyaviy jarayonlar va aloqalar birligini bildiradi.
Ijtimoiy tizim odamlar va ijtimoiy guruhlarning birgalikdagi faoliyati natijasida hosil bo’ladigan ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat. Aynan ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birgalikda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, jamiyat siyosati maqsadlarini aniqlaydi, ularni tashkil etish tamoyillari va usullarini shakllantiradi.
Barcha tizimlar - texnik, texnologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy - o’zaro bog’liq. O’zining birgaligi bilan ular yagona organizmni tashkil qiladi. Bunda texnik, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda boshqaruvning tashkiliy - texnik tomonini, iqtisodiy va ijtimoiy tizim esa ijtimoiy - iqtisodiy tomonini ta’minlaydi va xarakterlaydi.
SHunday qilib, ijtimoiy tizimlarni boshqarish darajasini xarakterlovchi har bir bo’g’in bir-biri bilan aloqada va bog’liklikda bo’lgan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalardan iborat. Masalan, korxonalar xalq ho’jaligi tarmoqlarini boshqarish ierarxiyasining dastlabki bo’g’inlari hisoblanadi. Ular iqtisodiyot tuzilmasining bir qismini tashkil etadi va bir paytning o’zida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy tuzilmasini aniqlovchi xalq xo’jaligining asosiy bo’g’inlaridan biri.
Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasida aloqa axborot yordamida amalga oshiriladi. U boshqaruvchi tizimdan boshqariluvchi tizimga bajarish uchun keladigan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Har bir ijtimoiy tizim o’z-o’zini boshqara oladi. Bir vaqtning o’zida boshqaruv jarayonida u tashqi ta’sirga uchraydi. Har qanday tizimdagi tashqi va ichki ta’sirlar o’zaro uzviy bog’lik va o’zaro bir-birini taqazo etadi: biri qanchalik muhim bo’lsa, boshqasining roli shunchalik kam bo’ladi.
Ijtimoiy tizimning faoliyati va rivojlanishi bosh maqsadga bo’ysundirilgan.
Ilmiy ijtimoiy menejmentning xarakterli jihatlari bo’lib ijtimoiy qonunlar, boshqaruv qonuniyatlarini bilish va ulardan foydalanish, boshqaruv ta’siri jarayonining tizimliligi va uzluksizligini ta’minlash, boshqariluvchi ob’ektlar va boshqaruv sub’ektlarini modellashtirish, xodisalarni sifat va miqdor jihatdan baholash, davlat, ho’jalik va ijtimoiy menejmentning o’zaro aloqadorligi va hamkorligi hisoblanadi.
SHunday qilib, ijtimoiy menejment nazariyasi ijtimoiy jarayonlar va xodisalarni jamiyat jarayonlarini boshqarish sohasiga kirib kelishi tamoyillari, qonunlari va qonuniyatlarini o’rganadi.
Ijtimoiy tizimlarning o’z-o’zini tashkil etish jarayonlari. Ijtimoiy tizimlarning vaqt va makonda o’z-o’zini tashkil etishi uchun quyidagi sharoitlar zarur:

  1. tizimga ma’lum oqimlar kirishi va chiqishi uchun tizimning ochiqligi (energiya va resurslarning tabiiy manbalari, kapital, tovar, inson resurslarining olmashuvchan oqimlari);

  2. ijtimoiy tizim turli qismlarining egri chiziqli xamqorligi;

  3. ehtimollik elementining mavjudligi (masalan, tabiiy xodisalar ehtimolligi, ilmiy-texnik tadqiqotlar va ularni qo’llashdagi oqibatlar ehtimolligi va h.k.);

  4. tizim parametlari diapazonining aniqligi.

O’z-o’zini tashkil etish g’oyasi xech qachon boshqaruv g’oyasiga qarshi emas. CHunki, agar yuqorida sanab o’tilgan shartlardan xech bo’lmasa biri o’zgarsa o’z-o’zini tashkil etish xulqining sifati, yo’li va natijasi har doim o’zgacha bo’ladi. Boshqaruvchi sub’ekt bo’lib huquq normalari (qonunlar) va turli ijtimoiy axborot «oqimlari»ni nazorat qilish orqali bosh boshqaruv ta’sirini amalga oshiruvchi jamiyatning rahbar qismi chiqishi mumkin.


  1. Download 0,93 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish