Nazorat savollari:
Ijtimoiy siyosatning mohiyati nimada namoyon bo’ladi?
Uning asosiy maqsadi qanday?
Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish tamoyillari qanday?
Nima uchun ko’pgina rivojlangan Farb mamlakatlarida ijtimoiy siyosat zaruriyati tug’ildi?
Tayanch iboralar: Ijtimoiy siyosat, ijtimoiy doktorina, hokimiyat suvereni, hokimiyat organlari, loyiha, munitsipal hamjamiyatlar, birinchi bosqich, ikkinchi bosqich, uchinchi bosqich, «texnopolis».
Tavsiya etilgan adabiyotlar
1. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. Учебное пособие. - М.: Высщая школа, 2002. -271 с.
2. Yo’ldoshev N.Q, Umarxodjaeva M., Yaxьyaeva I. ”Ijtimoiy menejment”. O’quv qo’lanma.-T.:TDIU.2012.-146 b.
3. Qosimova D.S., Nazarova G.G’., Salixova N.M., Ismailova N.S. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.:Iqtisodiyot, 2011.-213 b.
4. Umarxodjaeva M.G. Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma-T.: TDIU, 2007.- 244 bet.
5. Raximov D. Ijtimoiy menejment. «Iqtisod - moliya», Darslik, 2006.
6. R.R. Abdalimov, I.K. Urazboeva. Ijtimoiy menejment. Toshkent “Aloqachi” nashriyoti, O’quv qo’llanma, 2005.
7.Tojiev SH. Ijtimoiy menejmentdan masalalar yechish. T.:«O’zbekiston», 2002.-380 bet.
5-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING PREDMETI VA MAZMUNI
1. Ijtimoiy menejmentning shakllanishi
2. Tadbirkorlik madaniyatini shakllanishi
3. Ijtimoiy menejmentning zamonaviy nazariyasi
Ijtimoiy menejmentning shakllanishi
Ijtimoiy menejmentning paydo bo’lishi jamiyat hayotida «ijtimoiy» va barcha fanlar, ayniqsa sotsiologiya va ijtimoiy boshqaruvning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq. Ijtimoiy menejment ularning asosiy qismi sifatida ijtimoiy muno-sabatlar tizimini, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy resurslar va ularning zimmasiga tushadigan boshqaruv va tashkiliy munosabatlar, ularning qonuniyatlari va tamoyillarini o’rganadi. Ijtimoiy menejment ijtimoiy boshqaruvning fundamental bilimlariga tayanib, eng kam boshqaruv harajatlari bilan eng ko’p ijtimoiy samara olishga intiladi. Oxirgi natija qanchalik yuqori, boshqaruv yo’qotishlari qanchalik kam bo’lsa, ijtimoiy menejmentning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Ijtimoiy menejment paydo bo’lishi XX - asr 80-90 yillarda Farbdagi boshqaruvchanlik revolitsiyasi natijasida yuzaga kelgan. U ijtimoiy soxadagi samarali boshqarish ta’siri va uning bozor strukturasi, moliya, iqtisod, boshqaruv tuzulmalarining teskari bog’liqliklari bilan aloqador
Ijtimoiy boshqaruv sohasi ham ta’sir etish ob’ekti, ham sub’ekti nuqtai-nazaridan mustaqil, ko’p tuzilmali va ommaviy bo’lib bormoqda, bu sohada o’zgacha boshqaruvchi-mutaxassis paydo bo’lmokda. SHartnoma bo’yicha yollangan, natijalar bo’yicha boshqaruv faoliyatiga mas’ul bo’lgan har bir menejer boshqaruv sohasida tadbirkorga aylanmoqda. Boshqaruv va boshqaruvchilarning alohida istituti-bozor shakllanmoqda. U davlat boshkaruvi bilan munosib raqobatlashmoqda. Jahon tajribasi, bu nafaqat menejerlar, balki davlat boshqaruv organlarining ham mas’uliyatli va professional jamoasini shakllantirishda asosiy mexanizm ekanligini ko’rsatmoqda.
Avval aytilganidek, nafaqat menejmentning klassik holatlari rivojlanishi va chuqurlashuvi sodir bo’lmoqda, balki «kovboylik menejmenti» ni ommaviy siqib chiqarish kuzatilmoqda. Uning o’rniga madaniy hamkorlik tamoyillari, avvalambor ijtimoiy tashkilotda bozor raqobatida hamkorlik kelmoqda.
Ijtimoiy sohada ko’rsatkichlar va statistika to’rt darajaga bo’linadi: xalqaro, milliy, regional, mahalliy. Ular yagona kontseptual asosda qurilgan, yagona ahborot tizimi doirasida birlashgan va xalqaro me’yorlarga mos.
XX asr oxiri ijtimoiy menejmenti innovatsion madaniyat - ijtimoiy sharoitda shakllanmoqda. Bu umumiy boshqaruv madaniyatining eng muhim elementiga aylanmoqda. Uni amalga oshirishning muhim mexanizmi bo’lib ijtimoiy menejment aqliy va ishlab chiqarshi sohasida, xizmatlar, turistik biznes, pullik meditsinada tadbirkorlikning turli ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi.
Yangi bozor tadbirkordan innovatsion va yanada ko’proq ijodiy hulkni talab qildi. Bunga axborot va texnologik inqilob misol bo’la oladi. U kichik tadbirkorlikka nafaqat tirik qolishga, balki boshni ko’tarib, yirik va o’rta korxonalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beradi. Xozirgi kunda tadbirkorlik xulqning butun ish strategiyasi negizida o’zgarmoqda: iste’molchilarga mavhum yondashuvdan - ularning ehtiyojlarini, individual didlarini o’rganishga o’tilmoqda. Egiluvchan va dinamik ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va marketingga ehtiyoj sezilmoqda. Bir so’z bilan aytganda, XX asr oxiri tadbirkorligi, avvalambor boshqaruv sohasida innovatsiyaga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |