Ijtimoiy menejment



Download 0,93 Mb.
bet20/61
Sana31.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#946811
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Bog'liq
Ижт.менеж лотинда

Nazorat savollari:

  1. Boshqaruv madaniyatining mohiyati nimadan iborat?

  2. Bugungi kunda boshqaruv madaniyatining tuzilmaviy elementlaridan qaysi biri muhim axamiyatga ega?

  3. Zamonaviy boshqaruv madaniyatining shakllanishi?

  4. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy menejment shakllanishining asosiy tamoyillarini aytib bering?



Tayanch iboralar: boshqaruv madaniyati, boshqaruv bilimlari, boshqaruv kontseptsiyalari, tolerantlik, tashkilotchi - rahbarlar, boshqaruv maslahatlari, yapon menejmenti.


Tavsiya etilgan adabiyotlar

1. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. Учебное пособие. - М.: Высщая школа, 2002. -271 с.


2. Yo’ldoshev N.Q, Umarxodjaeva M., Yaxьyaeva I. ”Ijtimoiy menejment”. O’quv qo’lanma.-T.:TDIU.2012.-146 b.
3. Qosimova D.S., Nazarova G.G’., Salixova N.M., Ismailova N.S. “Inson resurslarini boshqarish”. Darslik-T.:Iqtisodiyot, 2011.-213 b.
4. Umarxodjaeva M.G. Ijtimoiy menejment. O’quv qo’llanma-T.: TDIU, 2007.- 244 bet.
5. Raximov D. Ijtimoiy menejment. «Iqtisod - moliya», Darslik, 2006.
6. R.R. Abdalimov, I.K. Urazboeva. Ijtimoiy menejment. Toshkent “Aloqachi” nashriyoti, O’quv qo’llanma, 2005.
7.Tojiev SH. Ijtimoiy menejmentdan masalalar yechish. T.:«O’zbekiston», 2002.-380 bet.
4-MAVZU. IJTIMOIY SIYoSAT - MENEJMENTNI AMALGA OSHIRISHNING UNIVERSAL TEXNOLOGIYaSI

1. Ijtimoiy siyosatning mohiyati


2. Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish bosqichlari
3. Ijtimoiy siyosat samaradorligini baholash mezonlari


1.Ijtimoiy siyosatning mohiyati

Ijtimoiy siyosat ijtimoiy ta’limot asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. U ijtimoiy muammolarni hal etish, resurslar va ijtimoiy maqsadlarga erishishning samarali yo’llarini qidirish kabi chora-tadbirlar yig’indisi ko’rinishida bo’lishi mumkin.


Ijtimoiy siyosatning maqsadi - barcha fuqarolar hayot sifatini oshirish va aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirishni ta’minlaydigan mexanizmlar yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar muvozanati asosida ijtimoiy muhit va ijtimoiy kelishuvni yaratishdir.
Ijtimoiy siyosat - ijtimoiy masalalarni echish maqsadida butun aholini, barcha ho’jalik va boshqaruv tuzilmalari sub’ektlari kuchini birlashtirishga qaratilgan davlatning ijtimoiy sohadagi faoliyatidir.
U fuqarolarning yaxshi yashash sharoitlari, jamiyat hayotida erkin ishtirok etishda huquqlarini davlat nazorati orqali amalga oshiradi (qonunchilik, dasturiy - maqsadli, moddiy - moliyaviy va h.k.). SHuning uchun ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi integral hisoblanadi. U davlat mafkurasi, huquq, ijtimoiy standartlar, iqtisodiy vositalar, madaniyat, psixologiya, demografiyani o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish qator tamoyillarga tayanadi. Ulardan eng muhimi - aholining ko’pchiligi uchun ijtimoiy ne’matlar va ijtimoiy standartlar tuzimining shakllanishidir.
Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
-jamiyat ijtimoiy doktrinasini qabul qilish;
-ijtimoiy maqsadlarni aniqlash (uzoq muddatli, qisqa muddatli, va bugungi);
-shu asosda minimal ijtimoiy xavfsizlik kafolatlarini aniqlash.
Bu chora-tadbirlar ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishning birinchi bosqichiga tegishli.
Ikkinchi bosqich. Ko’rsatilgan har bir yo’nalish doirasida ustuvorlarni ajratib olinadi. SHu asosda xududiy darajada majmuaviy maqsadli dasturlar ishlab chiqiladi, muammolarni xal qilish muddatlari o’rnatiladi, zarur resurslar qidiriladi.
Uchinchi bosqich. Davlat va jamoat institutlari tomonidan yo’nalishlar bo’yicha tuzilgan barcha maqsadli dasturlarning tizimli tahlili amalga oshiriladi, haqiqatda mavjud moddiy-moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda ustuvorlari qaytadan aniqlanadi. Yuridik me’yorlar, byudjet jarayoni, soliq va kredit mexanizmlari orqali davlat siyosatining barcha yo’nalishlariga ijtimoiy mo’ljallar beriladi, muddatlar aniqlanadi, resurslar ajratiladi, mas’uliyat va dasturni amalga oshirish yo’llari aniqlanadi.
Davlatning ijtimoiy siyosat sub’ektlari bo’lib, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud xokimiyatlari, maqsadlarini, masalalarini shakllantiruvchi jamiyat institutlari hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosat faqatgina ijtimoiy masalalar bilan shug’ullanuvchi hokimiyat organlarininggina faoliyati emas. Uning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida barcha fuqarolik institutlari ishtirok etadi. Ularning eng asosiysi hokimiyat suvereni sifatida halqdir. Hokimiyat ijtimoiy faoliyat natijalari bo’yicha halq oldida hisobot beradi. Konstitutsion huquq, referendumlar, saylovlar, deputatlar hisobotlari, jamoatchilik fikri va fuqarolar xatlari bunday nazorat shakli hisoblanadi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish