Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash



Download 0,59 Mb.
bet21/63
Sana06.06.2022
Hajmi0,59 Mb.
#642537
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63
Bog'liq
Ijtimoiy iqtisodiy

Delfi usuli ekspert baxolashning bir turidir.
Bu usul yerdami izlanayetgan yechim tezlikda amalga oshiriladi.
U AQShda XX asrning 60-yillarida O.Xelmer tomonidan yaratilgan. Bu usul bir kator mamlakatlarda sinovdan utkan ayniksa ilmiy texnik progress muammolarini tekshirishda kullanilgan. Arzon usullardan bulib xisoblanadi. U sirtdan so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Uning xususiyatlari: sirtqi, anonim (yashirin), va so‘rovlar bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi, teskari aloqa mavjud, birinchi turdan tashqari har gal ekspertlar oldingi turdagi natijalar haqida axborot olishadi.
Dastlab ekspertlarga anketalar tarqatiladi, unda muammo izohlanadi, savollar ro‘yxati va unga javob berish tavsifi keltiriladi.
Ekspert javoblarni qo‘l qo‘ymasdan pochta orqali yeki ye-mayl jo‘natadi. Tashkilotchilar ekspertlar javoblarini qayta ishlaydi, ular buyicha guruxiy baho chiqaradi, Mazmun jihatdan o‘rtachalarni, farqlar va dispersiyani hisoblaydi. Bir oy o‘tgandan keyin ikkinchi tur o‘tkaziladi. Ekspertlarga birinchi tur natijalari xulosalari bayon qilinib savollar beriladi. Ekspertlarga yana kayta ishlangan savollar yuboriladi. Birinchi tur javoblarini inobatga olib ekspertlardan savollarga javob berishi so‘raladi. Ikkinchi tur Javoblari yana umumlashtirilib zarur bo‘lsa yana qo‘shimcha turlar o‘tkaziladi. Agar uchinchi turdan so‘ng javoblardagi farqlar katta bo‘lmasa so‘rov o‘tkazish to‘xtatiladi. Oxirgi tur natijalari umumlashtiriladi va tugallangan hisoblanadi. Bazida turtinchi tur xam utkazilishi mumkin.
Bu usulni afzallik tomoni. Avtoritetlar bilan spor yukligida. Munozarali vaziyatlarni yukotadi. Ekspertlarning anonimligi. Xar bir boskichda ekspertlarning oldingi natijalardan xabardorligi. Kamchiligi kup vakt talab kilinishi (3-4 turda bulishi)

      1. Ekspert baholashning boshqa usullari

Morfoligik tahlil usuli. Morfologik tahlil usuli iqtisodiy hodisalar to‘plamini o‘zaro bog‘langan tarkibidan foydalanadi va oldindan belgilangan qandaydir mulohazalardan to‘liq holi bo‘lishga asoslanadi. Morfologik usul ob’ektni iqtisodiy izlanishini tartibga keltirilgan va analitik masalani yechishni barcha variantlari bo‘yicha tizimga keltirilgan ma’lumotlarni olishga yo‘naltirilgan usul sifatida ko‘riladi (asosiy tamoyil-mavjud imkoniyatlarni o‘tkazib yubormaslik, qati ko‘rib chiqmasdan hech narsani tashlab yubormaslik). Bunday yondashish “morfologiya qutisi” deb nomlanadi va tahlil ob’ektini ifodalovchi
barcha ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqishni, iloji bor yechimlarni barcha variantlarini ko‘rib chiqishni taqazo etadi.
“Morfologiya qutisi” maqsadlar daraxti yoki matritsa ko‘rinishida tuziladi, ya’ni ko‘p o‘lchamli fazoni ifodalaydi, bunda alohida tashkil qiluvchilarni har bir bog‘lanishi faqat bir imkoni bor yechimdan tashkil topadi (yoki yechim umuman bo‘lmaydi). Iqtisodiy tahlilda shunday morfologik matritsa tuzish kerakki, unda tahlil ob’ektining xo‘jalik faoliyatini barcha asosiy ko‘rsatkichlari; rejadan, me’yordan chetga chiqishning barcha sabablari ifodalanadi. Masalan, mahsulotni sotish hajmi bo‘yicha rejani bajarilmaslik sabablari bo‘lishi mumkin: o‘z vaqtida shartnomani tuzilmaganligi; tugallanmagan mahsulotni to‘liq komplektlan- maganligi; yangi mahsulotni tayyorlash loyixa xujjatlarini yo‘qligi; ishlab chiqarishdagi nomutanosiblik; kadrlarni yuqori malakaga ega emasligi va x.k. Bular birinchi tartibli sabablardir; bularning har biridan ikkinchi tartibli sabablar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, korxonada nokomplekt tugallanmagan ishlab chiqarishning sabablari bo‘lishi mumkin: yarim fabrikatlarni rejalashtirilgan me’yordan chetlanishi, mehnatni, me’yorlashtirishni rejalashtirish sifatini pastligi va x.k. O’z o‘rnida bu sabablardan uchinchi tartibli sabablarni ham detallashtirib keltirish mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarning morfologik matritsasini ishlab chiqish tufayli tahlil qilish muddati keskin qisqaradi va to‘liq operativ ishga aylanadi, tahlil natijalari rahbarning ish san’atidan bog‘liqligi kamayadi, alternativ qarorlar qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, ahamiyatli bu sohada tizimli yondashish tamoyillari qo‘llanadi.
Bu usulni muvafaqqiyatli qo‘llashning bir sharti- morfologik matritsani ishlab chiqishda yuqori malakali mutaxassislarning ishtirok etishidir. Morfologik matritsani tuzilishi bilan har qanday o‘rta malakali mutaxassis ham yuqori kvalifikatsiya darajasida ishlay oladi.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish