Aholining oziq-ovqat va nooziq ovqat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojlarini
prognozi
Ijtimoiy turmush tarzini har tomonlama va tubdan prognozlash muammolarini qamrab olish — umumdavlat turmush darajasini ko‘tarish va ijtimoiy rivojlanish prognozlari tizimini ishlab chiqish sistemaning ijtimoiy turmush darajasini barcha rejalashtirilgan jabhalarda ko‘taruvchi kompleks rejalashtirishni ishlab chiqish bazasidir.
Ijtimoiy rivojlantirishni prognozlash va turmush darajasini ko‘tarish tizimi, umumiy bog‘lanishi va aqliy ketma-ketlik bo‘yicha prognozlar ishlab chiqishni ta’minlovchi kompleks ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Ularning eng dolzarblari quyidagilardir:
jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va aholi tarkibini xamda sonining dinamikasini ifodolovchi (xarakterlovchi) ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlar;
umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar turmush darajasining ko‘tarilishini qiymat nudtai nazaridan aniqlashga imkon beruvchi iktisodiy sharoit, jon boshiga tug‘ri keladigan milliy daromad, aholi daromadining strukturasi va dinamikasi, resurslarning iste’moli va ularning milliy daromaddagi hajmi;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli ko‘rsatkichlari: nooziq-ovqat tovarlari (mollari), axoli jon boshiga sotiladigan tovarlar hajmi, madaniy-maishiy jixozlar bilan oilaning ta’minlanganligi;
uy-joy va kommunal qulayliklar bilan ta’minlanganlik, madaniy va maishiy hizmat ko‘rsatish, bolalar o‘quv-profilaktik, sanatoriya, dam olish maskanlari, turistik muassasalar ko‘rsatkichlari.
Aholi turmush darajasini va ijtimoiy rivojlanishni prognozlashtirishda bir kator usullardan foydalaniladi ular kuyidagilardan iborat : ekspert baxolash usuli; iktisodiy taxlil usuli; me’yoriy usul; balans usuli; ekstrapolyatsiya usuli; iktisodiy matematik modelllashtirish usuli korrelyatsion-regression taxlil usuli; eksponensial tekisshlash va hokazo.
Ijtimoiy rivojlantirish va aholining turmush darajasi prognozlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: aholining oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat maxsulotlari iste’mol qilishi, chakana tovar aylanishi; ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishini prognoz qilish; uy-joy-kommunal xo‘jaligi, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari; sogliqni saqlash, dam olish, turizm, jismoniy tarbiya va sport; atrof-muxitni muxofaza qilish.
Hayot darajasining muxim kursatkichi bulib axolining xarid kobiliyati xisoblanadi.
Aholining real daromadlari nominal daromadlari summasidan aholi tomonidan to‘langan soliqlar va boshqa turdagi majburiy to‘lovlarni chiqarib tashlash yo‘li orqali aniqlanadi. Bunda hisobot yoki prognoz davridagi narx indeksi hisobga olinadi. Real daromad iste’mol tovarlari va xilma-xil xizmatlarda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadining xarid qobiliyatini bildiradi, aholi turmush darajasini umumlashgan holda tavsiflaydi.
Narx o‘zgarmagan yoki pasaygan sharoitda pul daromadi ko‘paysa, real daromad ham ko‘payadi. Agar pul daromadi o‘zgarmay turib narx oshsa, real daromad pasayadi, narx pasaysa, aksincha ortadi. Pul daromadi va narxlar real daromadga qarama-qarshi yo‘nalishda ta’sir etadi.
Taqsimlashning bozor usuli yuzaga keltirgan daromadlardagi tengsizlikni garb iqtisodchilari Lorens egri chizig‘i va Djini koeffitsiyenti orqali ifodalashadi.
Lorens egri chizig‘i - bu muayyan hodisaning konsentratsiyalanish darajasini grafikda ifodalash usulidir. Daromadlar tengsizligi darajasi aks ettiriladi. Buning uchun har ikkala koordinata o‘qiga 0 dan 100 gacha foiz shkalalari belgilanadi. Absissa o‘qiga to‘plam birliklari (oila salmog‘i), ordinata o‘qiga esa o‘rganilayotgan belgi (daromad salmog‘i) joylashtiriladi. Ishlab chiqarishning sotsial samarasi kishilar farovonligida, ya’ni turmush darajasi va qiymatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, turmush darajasi kishilar ehtiyojlarining qondirilish me’yori bilan belgilanadi. Uning muhim jihati noz-ne’matlar iste’moli va uning qiymati hisoblanadi. Jini koeffitsiyenti yalpi daromadning axoli guruxlari urtasida tabakalanishini tavsiflash uchun axoli daromadlari tengsizligi indeksi – Jini koeffitsiyentidan fydalaniladi. Jini koeffitsiyenti axolining turli guruxlari
daromadlari darajasidagi tafovutni aks ettiradi. Bu kursatkich 0 dan 1 gacha chegarada uzgaradi.
Fi, Fi-1 — dolya naseleniya v intervale;
Si, Si-1 — dolya summarnogo doxoda, prixodyaщayasya na nachalo i konets i- go intervala.
Do'stlaringiz bilan baham: |