Yetti marta axtarish usuli. Bu usul mazmuni 7 7 matritsani va ba’zi bir usullar tizimini ko‘p marta qo‘llashdan iborat. Yetti marta axtarish usuliga asosan, ijodiy jarayon yetti stadiyaga bo‘linadi:
muammoli sharoitni tahlili;
tahlil qilinayotgan ob’ektdan foydalanishni eng yaxshi sharoitini axtarish(mahsulot, keditni tashkil etish, hisob va xo‘jalik yuritish);
masalani qo‘yilishi, uni ifodalash;
qo‘yilgan masalani yechish bo‘yicha ilgari surilgan takliflarni ishlab chiqish;
variantlarni aniqlashtirish;
ratsional variantlarni tanlash, ulardan eng yaxshilarini ajratib olish;
echimni amalga oshirish.
Assotsiatsiya va o‘xshatish (analogiya) usuli. Bu usulning mazmuni yangi g‘oyalar va takliflarni boshqa u yoki bu ob’ektlar bilan qiyoslash asosida paydo bo‘lgan. Ko‘pincha shaxsiy o‘xshashlik usuli qo‘llaniladi, bu usul yordamida inson o‘zini o‘xshash bo‘lgan ob’ekt bilan tenglashtiradi. Bu asosida analitik oldidagi masala mohiyatini yaxshi tushinib yetadi.
Misol qilib texnikada foydalanilayotgan o‘xshashliklarni keltirish mumkin. Bu sohada azaldan tabiatdagi o‘xshashliklar tamoyillaridan keng foydalaniladi. Harbiylar suv osti kemasini loyihalashtirishda delfinning tana tuzilishini analog qilib tanlashgan. Delfinda teri qavati ikkita bo‘lib, birinchi - tashki qavati qalin bo‘ladi. Ichki qavati esa yupqa bo‘lib suvning bosimi ostida o‘z formasini turli tezliklarda turlicha o‘zgartirish imkoniyatiga ega. Suv osti kemasini qurishda delfinning bu xususiyatlaridan foydalanish bir muncha xavfsiz va tez suzuvchi kema qurish imkoniyatlarini berdi.
Yana boshqa bir misol fotokameralardagi optika oynasi bo‘lib u bir lahzadagi yorqin nurda tezda qorayish xususiyatiga ega va nur pasayganida yana o‘z holiga keladi, Bu olinayotgan fotosyomkalarni sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda analog bo‘lib kalmarlarning ko‘z tizimini tuzilishi olingan, ular qorong‘i va yorug‘ suvlarda bir xildek yaxshi ko‘radilar.
Yangi g‘oyalarni paydo bo‘lishiga har qanday turli simvol, sxema va so‘z bilan assotsiatsiyada bo‘lish to‘rtki bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazishni o‘zi daraxt yoki polimerga yangicha ishlov berish goyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Assotsiatsiya va analoglar yordamida original takliflarni axtarishni umumiy yondashishi quyidagilarga olib keladi. Eng avvalo mulohaza raxbari ko‘rilayotgan muammoni qandaydir belgi yoki simvolni oriyentir (mo‘ljal) sifatida keltiradi, guruh a’zolari esa berilganga asosan faraz qilinayotgan simvollarini aytadilar. Bu jarayon qaytalanib davom etaveriladi shungacha, qachonki assotsiatsiya zanjirini shakllanishi samarali g‘oya tug‘ilmagunicha davom etaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |