Ekspert baholash usulining amalga oshirish bosqichlari Ekspert usulida prognozlashning asosiy bosqichi bu:
Prognoz(ni) ishlashga tayerlash (ekspertizaga tayyorlanish); ekspertlar surovini utkazish, surov natijalarini kayta ishlash.
Bu boskichda kuyidagi vazifalar yechilishi zarur a) prognozni ishlashni tashkiliy ta’minotini tayerlash b) prognoz topshirigini shaklantirish v) ishchi, analitik va maslaxatchilar guruxini shakllantirish g) ekspert komissiyani shakllantirish d) prognozni ishlashda metodik ta’minotni tayerlash ye) prognoz
utkazish uchun axborot bazasini tayerlash ye) prognozni kompyuter orkali amalga oshirishni tayerlash. Ekspertizani tashkil kilish jarayeni kuyidagi boskichlardan iborat ya’ni Raxbarlik xujjatlarini tuzish. Bunda ekspertizani utkazishning asosiy xolati kursatiladi. Maksad, uni bajarish buyicha vazifalar , ekspertlar gurxi va ishchi guruxini tarkibi va vazifalari, ishni ta’minlash uchun zarur manbalar, ishni bajarilish muddati, ishchi va ekspert guruxini tanlash.
Shuningdek Utkaziladigan Surov usulini ishlab chikish. Bu boskichda utkaziladigan surovni vakti joyi, vazifasi, utkazish shakli, zarur xujjatlar tarkibi. Surov shakli – individual yeki gruppovoy kurinishda bulishi mumkin. Anketali (sirtdan), ogzaki,
Ekspert baholash usulining mohiyati fikrlar miqdoriy baholangan va natijalar formal ishlangan holda ekspertlar tomonidan muammolarning intuitiv-mantikiy tahlil qilinishidan iboratdir. Ekspertlarning ishlov berish natijasida olingan umumlashma fikrlari muammoni hal qilish deb qabul qilinadi. Intuitsiyadan, mantikiy fikrlardan va miqdoriy baholardan kompleks foydalanish muammoni samarali hal qilish imkonini beradi.
Ekspert baholash usulining asosiy vazifasi miqdoriy xarakteristikaga ega bo‘lmagan jarayonlar prognozini, ayrim iqtisodiy jarayonlarni rivojlantirishning alternativ imkoniyatlari haqidagi sifat axborotini olishdan, formal va intuitiv usullarni to‘g‘rilash va o‘zaro uyg‘unlashtirishdan, iqtisodiy jarayonlar prognoziga ma’lum darajada normativ omillar kiritishdan iboratdir.
Ekspertlarning o‘zlari ikkinchi bosqichda qatnashadilar. Tayyorgarlik ishi uch qismdan iborat:
savol shakli va mazmunini belgilash.
Savollar ruyxxatini tuzish.
Ekspertlarni shaxsan tanlash va ularni ekspertlar suroviga jalb etish. Amaliyetda sinalgan turlicha surov shakli kullaniladi So‘rov shakllari:
intervyu olish, muloqot, yig‘ilish(kengash), g‘oyalarni tanlash, o‘yinlar o‘tkazish, anketa tuzish va Delfi usuli.
So‘roqlar individual yoki guruhlarda, yuzma-yuz va sirtdan o‘tkazilishi mumkin. Yukorida keltirilgan usullarning ikkitasi intervyu olish va anketalashtirish( javoblar yezma ravishda beriladi) individual(yakka) turiga kiradi. Kolgan usullar guruxli(kollektiv)ga kiradi.
Ekspertlar baxolashni yakka va kolektivga misol Ukishdagi talabaga ukituvchi tomonidan baxo kuyishi. Yeki vrachni diagnozi. Kollektiv murakkab xollatlarda ukishdan chetlashtirish yeki vrachlar konsilumi.
Armiyada komandir bir uzi xal kilishi mumkin. Yeki ogir axvolda xarbiy kengashga murojaat kilinadi.
Anketa va intervyularda savolni tanlash qiyin. Savollar ochiq yoki yopiq yoki bir necha shaklda bo‘lishi mumkin. Ochiq javoblar sifatli yoki erkin holda sonli ifodalarda bo‘lishi mumkin.
Yopiq savolga javoblar: «ha», «yo‘q», «bilmayman » singari bo‘ladi.
(Ko‘p savollar bo‘lganda zarur javob chiziladi.
Ekspertiza usuli yuzma yuz(ochnaya) va sirtki turlariga bulinadi. Yuzma yuz ekspertlarning shaxsiy ishtirokida amalga oshiriladi ya’ni interyu olish, mulokot, kengash, goyalar generatsiyasi, ish uyinlari . Sirtan utkazishga anketaalashtirish va Delfi usuli kiradi.
Ekspert guruhlarini tuzish
Ekspert baxolash usulining samaradorligi eng avvalo ekspert guruxini shakllantirishga boglikdir. Mutaxassisligi, kasbiy sifati , shaxsiy tajribasiga. Shu soxani chukur bilishi eng muximdir. U kup kitoblari bilan mashxur bulishi mumkin, tanikli olimdir Lekin eng asosiysi uning kompetentligi aniklash kerak.
Avvalambor ekspertlarni tanlash, ularning malakalariga e’tibor berish va keyinchalik guruhlar tuzish zarur.
Kerakli belgilardan ekspertning ishchanligi, mahorati zarur. Buning uchun ko‘p mutaxassislarga savol berib u yoki bu sohada kim ekspert ekanligini so‘rash mumkin. Keyinchalik eng ko‘p ovoz olganni ekspert guruhiga kiritish lozim:
1
X ij
0
Ishbilarmonlik bilan ishtirokchilarning boshqa sifatlari ilmiy yondashishi, fikrlash doirasi va saviyasi ham hisobga olinadi.
Guruhlardagi ekspertlar soni so‘rov usuliga bog‘liq. Yuzma-yuz uchrashuv uchun 10-15 kishi kifoya. Agar vaqt, mehnat va mablag‘ sarfi cheklanmagan bo‘lsa, sirtdan so‘roq o‘tkazganda ekspertlar soni cheklanmagan.
Ekspertlarni tanlash. Bu ish, odatda, ilmiy-texnik va ma’muriy manfaatlar sohalarini aniqlashdan boshlanadi. So‘ngra bu sohalarga daxldor shaxslar ro‘yxati tuziladi. Tuzilgan ro‘yxat ekspert uchun nomzodlar tanlashda asos bo‘ladi.
Ekspertlar guruhini tuzishda ekspertiza muammosini samarali hal qilish umumiy talab hisoblanadi. Muammoni hal qilish samaradorligi ekspertiza ishonchliligining xarakteristikalari bilan belgilanadi.
Ekspert baholashning ishonchliligi faqat muammoni amaliy hal qilish va uning natijalarini tahlil qilish asosidagina belgilanishi mumkin. U, odatda, faqat tajribaga asoslangan ma’lumotlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ekspertiza muntazam ravishda taxminan bir xil tarkibdagi ekspertlar yordamida o‘tkazilsa, ekspertlar guruhi ishining ishonchliligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni jamg‘arish hamda ishonchlilikning barqaror raqamli baholarini olish imkoni yaratiladi. Ekspertiza turlari analitik yezishma zapiska), aylana stol, konferensiya, ekspertlarni chikishi kurinishida buladi..
3. G’oyalarni «kollektiv generatsiyalash» usuli (Akliy xujum)
Bu usul «g‘oyalar jangi» deb nom olgan. U yuzma-yuz so‘rov usuli bo‘lib XX asrning 50-yillarida A.Osborn tomonidan kashf etilgan.U AKSh va Yaponiyada keng kullanilgan. Tayerlov boskichida Dastlab 10-15 kishidan iborat akllar xujumi guruhi tuziladi. Tayyorgarlik jarayonida ekspertlarga eslatma tayyorlanadi va unda muammoli holatlar, markaziy masalalar, muhokama savollari va oldindan g‘oyalarni o‘ylab qo‘yish so‘raladi. Akllar xujumini utkazilishining asosiy koidalari yuboriladi.
Yig‘ilishni o‘tkazish uchun rais saylanadi. U yig‘ilishni ochadi. Ekspertlarga nutq uchun 2-3 minut ajratiladi va u bir necha gal takrorlanadi ya’ni suz oluvchilar kiska kurinishda uz goyalarini ifodalashi lozim. Bu usulda tanqidiy fikrlar ijobiy muhokama qilinadi. Tankid kilganlarni yerga urib tashliydiganlarni ishtirokchilar safidan chikarib yuboriladi. Seans xakikatda xujum shaklini olishi kerak. Keraksiz safsata bulishiga yul kuyilmaydi.
Muhokama stenogramma qilinadi yeki diktafonga yezib olinadi.. Muhokamaga 15- 20 minutdan to 40-45 minut ajratiladi. Albatta yangi goyalar boshka paydo bulmaydi. Agar ishtirokchilar kupayib ketsa ular guruxlarga ajratiladi.
Keyingi bosqichda seans natijalari boshqa mutaxassislar guruhi tomonidan qayta ishlanadi. Bu bosqichda jami g‘oyalar tanqid etiladi va g‘oyalar, takliflarning so‘nggi ro‘yxati tuziladi. Bu ro‘yxatga samarali va amaliy g‘oyalar kiritiladi.
Kollektiv ekspertiza o‘tkazishda so‘rovning quyidagi asosiy turlaridan foydalaniladi: intervyu, intervyu-anketa, anketalash, aralash anketalash, munozara, kengashish, «akl hujumi» usuli.
Intervyu olishda texnik xodim ekspert bilan ma’lum dastur asosida erkin o‘tkaziladigan suhbat jarayonida beriladigan bahoni aniqlaydi.
Intervyu-anketa paytida beriladigan savollar birmuncha konkret xarakterga ega bo‘ladi, ularning natijasi esa oldindan belgilangan bo‘ladi. Intervyu ekspert baholarini yozma tarzda qayd qilib boradi. Bunda ekspert ishtirokida oldindan tayyorlangan anketa to‘lg‘azib boriladi.
Anketalashtirish - bu ekspertning anketa savollariga bergan yozma javoblaridir. Teskari aloqali anketalashtirishda ekspertlarni so‘roqlash bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi va bunda so‘roqning ayrim natijalari ayrim ekspertlarning baholari va ularning argumentatsiyalari ham qo‘shilgan holda ekspertlarga oldingi bosqichda yetkazilgan bo‘ladi.
So‘rov turlarining har biri ekspertlar o‘rtasida axborotlar ayriboshlashda va ularning mustaqil ijodini tashkil etishda o‘z afzallik va kamchiliklariga ega.
U yoki bu so‘rov turini tanlashni belgilab beradigan asosiy omillar ekspertizaning maqsad va vazifasiga, tahlil qilinadigan muammoning mohiyati va murakkabligiga, boshlang‘ich axborotning hajmi to‘liqligi va ishonchliligiga, ekspertlarni so‘roqlash mumkin bo‘lgan vaqt va davrga, shuningdek ekspertlar va boshqarish guruhi a’zolari soniga, ularning xarakteristikasiga va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi.
Kollektiv ekspertiza ekspertlarning huquq doiralarini hisobga olgan yoki olmagan holda o‘tkzilishi mumkin. Birinchi holda ishchi guruhi har bir ekspertdan uning prognozlanadigan sohani bilish darajasi haqidagi ma’lumotlarni hamda uning fikrlari shakllanishi manbalarini so‘rab chiqadi. Bu ma’lumotlar ekspertlarning tayyorgarlik darajasi va ishlab chiqarish tajribasini baholash uchun zarurdir.
Kollektiv ekspert baholash natijasi umumlashtiruvchi hujjat hisoblanib, unda prognozlanadigan davr mobaynida tadqiq qilinadigan ob’ektni rivojlantirish yo‘llari bayon qilinadi. Ular ichidagi eng oddiy usul – komissiya usulidir. Lekin bu
usul bir necha nomaqbul hodisalarni bartaraf qila olmaydi. Shuning uchun hiyla aniq ekspertiza usullariga zarurat tug‘iladi.
«O’tkazilgan baho» usuli yoki «akliy hujum» usuli ma’lum darajada
«komissiyalar» usulining kamchiliklarini bartaraf qiladi. «O’tkazilgan baho» usulining mohiyati shundan iboratki, unda ekspertlar ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh mazkur masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bildiradi. Ikkinchi guruh olingan axborotni o‘rganadi va bu axborotni baholash bosqichi hisoblanadi.
Bunday mehnat taqsimoti sharoitida fikrlarni erkin bayon qilish va intellektual mehnat samaradorligini oshirish uchun real imkoniyatlar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |