"Jahl" va "bosiqlik" so'zlari ot turkumi hisoblanadi gapda hol vazifasida kelgan va antonimlik hodisasini yuzaga chiqargan.
"U bu yo'llardan yolg'iz yurgan odam emas, albatta yonveridan hamrohlar arimas edi"
Bu gapda"yolg'iz" va " hamroh" so'zlari antonim bo'lib kelgan ushbu so'zlar sifat va ot so'z turkumlari doirasida antonim bo'lib kelgan
"To'xtaboy boyligini unutgan faqir va bechora odam qiyofasida yurmog'i lozim, u boy emas"10
Ushbu gapda"faqir"va "boy"sifat turkumiga doir so'zlar o'rtasida antonimlik hodisasi yuzaga kelgan.
Antonimlar matnda qarshilantirish (antiteza) vositasi rolini bajaradi, shu orqali hodisa va holatlardagi qarama-qarshiliklarni, ayrim obraz va personajlarning ichki dunyosidagi ziddiyatlarning badiiy talqinini ta’minlaydi.
Tinglar edim betinim
Uzun tunlar yotib jim.
Seza olardim kuchin,
Ko‘pi yolg‘on, ko‘pi chin.
(H.O.)
llmii odamga ulug‘lik hamdam, llmsiz qozini eshak deb aytma,
Chunki bu eshakka tuhmatdir beshak.
(H.Deh.).
Jahonning shodligi yig'ilsa butun,
Do'stlar diydoridan bo'lolmas ustun.
To'lur g‘am-g‘ussaga dilning kosasi,
Qadrdon do'stlardan judo bo'lgan kun.
(Rud.)
3.ANTONIMLAR LUG'ATIDA ANTONIMLARNING BERILISHI
“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” Sh. Rahmatullayev,N.Mamatov va R.Shukurovlar tomonidan tuzilgan. Mazkur lug’at o’zbek tilidagi antonimlarning dastlabki lug’ati bo’lib, unda 495 antonimik guruhga mansub 1800 ga yaqin antonimik juftlik keltirib o’tilgan. Antonimik munosabat leksik ma’nolararo belgilanib, antonimlarning ma’nosi ta’riflanan va misollar keltirilgan. Ayni vaqtda har bir antonym ostida,agar mavjud bo’lsa, sinonimi ham keltirilgan.
Lug’atning kirish qismida antonimlarning tabiati, turlari va o’xshash til hodisalaridan farqlari haqida qisqacha ma’lumot keltirilgan. “O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” o’zbek leksikografiyasi tajribalariga tayangan holda, antonimlar bo’yicha yozilgan ilmiy ishlarni va nashr qilingan lug’atlarni o’rganish asosida tuzilgan.
“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” qat’iy alfavit tartibida tuzilgan. Mazkur lug’atda ikki xil maqolalar keltirilgan:
1) izoh maqolalar – bunday maqolani boshlab beruvchi juftliklar alvavit tartibida joylashtiriladi: yomon – yaxshi, sekin – tez.
Izoh maqolada, agar mavjud bo’lsa, har bir antonim ostida sinonimi keltiriladi.
Bunday sinoilarni ost-ust joylashtirishda alifbo tartibida emas, balki ularning nutqda oz-ko’p ishlatilishiga amal qilindi. Frazeologikibora antonim bo’lsa, u sinonim so’zlardan keyin keltirildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |