“Ijtimoiy fanlar”kafedrasi



Download 6,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/392
Sana03.06.2022
Hajmi6,26 Mb.
#632252
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   392
Bog'liq
2 5398084875238512873

Holerik
-
sust senzitivlik xususiyatiga ega bo`lib, juda faol va reaktivdir. Ko`pincha 
reaktivligi faollikdan ustun kelib, u betoqatlik, serzardalik va giperaktivlikni kutilmaganda 
portlovchi, qiziqqon, betoqatlikni namoyon qiladi. Sangvinikka qaraganda qo`zg`aluvchan, lekin 
ko`proq rigid, qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarda qat’iylik mavjud bo`lsa-da, 
biroq diqqatni bir joyga to`plashda qiynaladi, nutq sur’ati tez. Egiluvchan emas, kuchli qat’iylik, 
diqqatning ko`chishida qiyinchiliklar mavjud. Yuqori tezlikda psixik tempga ega. Ekstravert. 
Tez qo`zg`aluvchan, u mimika jestlardan ig`odalanadi. Qat’iy tez, insonlarga nisbatan intiluvchi

Flegmatik
 
- senzitivligi sust, his-tuyg`usi kam o`zgaruvchan, shunga ko`ra bunday 
shaxsni kuldirish, jaxlini chiqarish, kayg`iyatini bo`zish qiyin bo`lib, ko`ngillsiz hodisa xavf-
xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin, kam harakat, imo-
ishorasi, mimikasi ko`zga yaqqol tashlanmasada, lekin serg`ayrat, ishchan, faol, chidamli, 
matonatlidir. Uning nutq va harakat sur’ati sust. Diqqatni to`plashi osoyishta, rigid ko`rinishida 
bo`lib, diqqatni ko`chirishi qiyin kechadi. Introvertlashgan, kam gap, ichimdagini top toifasidan 
bo`lib, yangilikni qabul qilishi murakkab va tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob 
beruvchandir. Kuchsiz mimikaga ega. Harakatlari ig`odasiz. Ishchan. Faollik reaktivlikdan 
ustuvor. Sabr-bardoshli, o`z-o`zini boshqara oladi. Nutqi sekin, rigid, diqqatni sekin to`playdi. 
Bir ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish, vaziyatga sekin ko`nikadi. Ish boshlasa qat’iy 
va bir yo`nalishda ish qiladi. 
Melanholik
- senzitivligi yuksak, tortinchoq, g`ayratsiz, arazchan, xafaqon, jimgina 
yig`laydi, kam kuladi, qat’iyligi va mustaqilligi zaig`, tez toliqadi, ishchan emas. Diqqati 
barqaror, his-tuyg`usi sust o`zgaruvchan. Rigid va introvert. Yuqori senzitivlik, yuqori tuyg`uga 
beriluvchanlik. Uyatchan, tez xafa bo`ladi. Mimika va jestlar yaxshi namoyon bo`lmaydi. Sust 
faollik. O`z-o`ziga ishonch yo`q, arzimagan narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat’iy emas, tez 
charchaydi, ishchan emas, diqqati tez bo`ziladi.
57-rasm 
Barcha odamlarni to`rtta tip bo`yicha 
taqsimlash mumkin emasligi tushunarli. 
Temperamentlarning turli-tumanligi 
to`g`risidagi masala fanda hali batafsil hal 
qilingan emas. Ammo keltirilgan 
temperament tiplarini asosiy deb hisoblash 
mumkin. 
 
Temperamentning xususiyatlari xarakterning ko‘rinishlariga oz bo‘lsa-da o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi. Temperament va xarakterning xususiyatlari insonning umumiy qiyofasini 
belgilaydigan amalda ajralmaydigan qotishmasini tashkil etadi. Xarakter - bu shaxsning 


faoliyat va muloqot jarayonida tarkib topadigan, namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlar 
bo‘lib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari bo‘lib hisoblanadi. Shaxsning faoliyati va 
muloqoti davomidagi asosiy vazifasidan biri yaxshini yomondan ajratishni o‘rganish, tashqi 
olamga moslashish uchun psixologik holatni tarbiyalashdan iborat. Mukammal xulq-atvorga 
ega inson chuqur o‘ylaydi va axloq – qoidalariga qat’iy amal qiladi. Garchi buyuk fransuz 
olimi Montel aytgandek; “Gapiryotgan gapingiz bilan qilayotgan ishingiz bir-biriga to‘g‘ri 
kelsa qanday yaxshi” – lekin bunday hamjihatlikga etib bo‘lmaydi. Nemets shoiri Gyote 
yozganidek – “O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish eng qiyin ishdir”.
97
 
Temperament va xarakter bir-biri bilan bog‘liq holda insonlarda o‘ziga xos xarakter 
xususiyatini namoyon etadi. Temperamentning ba’zi bir jihatlari xarakter xususiyatlarini 
namoyon etishda xizmat qiladi. Temperament alohida olingan har bir insonning umumiy va 
asab tizimiining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi. 
Temperament orqali inson ba’zida o‘ziga xos xarakter xususiyatlarini ham namoyon etadi. 
Xolerik yoki sangvinik tipidagi insonlarda o‘z temperamentidan kelib chiqib, tashabbuskorlik 
va qat’iylik kabi xarakter xususiyatini tarkib toptirish mumkin. Flegmatik tipidagi odamda esa 
tashabbuskorlikni tarkib toptirish nihoyat darajada qiyin jarayon hisoblanadi. 
Xarakter xususiyatlari insonda oila muhitida, jamiyat ta’siri ostida va ta’lim - tarbiyada 
shakllanadi. Insonga tug‘ma ravishda berilgan temperament xususiyatlari jamiyatning faoliyat 
turlariga qarab ijtimoiylashadi. Temperament alohida olingan har bir insonning umumiy va asab 
tizimining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi. 
Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni biz doimo 
birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma’nosini olimlar “bosilgan 
tamg`a” deb ham izohlashadi. 

Download 6,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish