"ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/231
Sana21.06.2022
Hajmi6,93 Mb.
#686666
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   231
Bog'liq
fayl 1545 20210823

Diniy dunyoqarash
dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din 
so‘zi arabchadan tarjimada e’tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma’nolarni 
anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. 
Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki 
bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, 
umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan 
mif ta’sirida insonning mavxum fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan 
davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy 
aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga bo‘lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli 
xulq-atvori va o‘ziga xos harakatlaridir

Agar mifologiyada an’anaga, rivoyat 
qiluvchining, ya’ni oqsoqolning obro‘siga e’tiqod kuchli bo‘lsa, dinda g‘ayritabiiy 
narsalarga e’tiqod birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi 
ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.
3. Neolit davridagi diniy tasavvurlar.
Neolit revolyusiyasi odamlarning 
turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarni tubdan o‘zgartirdi. Odam 
o‘simliklarni o‘stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o‘rgandi. Va bu 
odamni o‘troq hayot kechirishga majbur etdi. qadim hayvonlarni qo‘lga o‘rgatgan 
hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o‘rgandi. Bu nafaqat go‘sht, 
balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamga 
yangi muhim materiallarni uzgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklar 
saqlash uchun mo‘ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni 
tayyorlashga o‘rgandi. Neolit davri yuqori poleolitdan keskin farq qiladi. Shu 
jumladan, tosh buyumlarni silliqlash va sayqal berish - bu esa muhim farq va shu 
farq davrga nom berdi (Neolit - yangi tosh davri, yangi tosh ishlash yangi usullar 
davri). 
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkonini berdi. Dehqonlar zich 
va ko‘pchilik guruhlar bilan o‘rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan 
himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o‘rnashar edi. 
Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug‘ilish va bolalarni tirik qolishi va o‘sishiga 
imkon berar edi. Aholining keskin ko‘payishi yangi erlarni o‘zlashtirishga, hayot 
tarzini o‘zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi.
Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutish 
kerakligi, hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, er fasllarining sikllarini bilish - 
bularning hammasi dehqon qabilalarining osmonu erga, quyoshu oyga, yomg‘iru 


66 
shamolga yangi qiziqishini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu degani qudratli 
ruhlarga bog‘liqlik sezilarli va ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoldi. Iltijo va 
qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to‘g‘risidagi 
tasavvurlar keskin o‘zgardi. Natijada qadimgi ruhlar -animistik sig‘inish ob’ekti 
asta-sekin o‘ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar 
tashkil etilardi va ularda kecha va kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan 
mutaxassis xizmatkorlar - kelajakdagi kohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik 
tasavvurlar ham o‘zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog‘liq bo‘lmagan 
holda, hayvonlarni qadrlay boshladi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar 
avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir 
sig‘inilgan xudoda aks etishiga olib keldi. Aksar xudolarning ko‘rinishi hayvon, 
qush, baliqlarning yo boshi, yo tanasi shaklida bo‘lar edi. Bu mifologik 
qahramonlarning yuqorida aytib o‘tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan. 
Fetishizmning sokin xarakteri o‘zgardi, xudolarning qudratli butlari, 
mehroblar yoki cherkovlar yoniga o‘rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi. 
Ba’zan butlar o‘rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi 
foydalanildi. 
Fetishizmning 
rivojlanishida 
bu 
haykal 
va 
qurilmalar 
ibodatxonalarning ramzi bo‘lib xizmat qildi. 
Afsun ham o‘zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon etkazish va omadli 
ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o‘z maqsadiga etishishning ibtidoiy usullari 
o‘rniga yangi, puxta o‘ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy 
marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi 
afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday 
yangiliklardan biri - fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo‘lgan, hamda unga 
asoslangan afsun prinsiplari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqa edi: bu 
istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllari nealit 
davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida nealit davrida yakunlandi. 
Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo‘rqqan holda uning yaxshi niyat 
munosabatlariga juda qiziqar edi. Buning uchun (qurbonlik) tabiat kuchlari 
ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat qilishar edi. Ularning hayolida 
keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylashtirishga ibodat qilishlari ularga yordam 
keltiradi va iltimosini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu 
erda barcha usul va prinsiplari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir 
shamanga munsub bo‘lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o‘laroq, folbinlik 
yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim 
shartli belgilar tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini 
qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini 


67 
anglatardi. Belgilar tizimi har xil - elementar qur’a tashlashdan to murakkab chiziq, 
yorug‘ nuqta va chiziqlarni qo‘shilishigacha bo‘lar edi.
Xulosa
. Insoniyatning qadimiy hayot tarzi, qiyinchiliklari, muammolari, 
orzu-istaklari mifologik obrazlar va afsonalarda o‘z aksini topgan. Mavjud 
voqelik insonning ijodi bilan birga uning hayot tarzi, diniy qarashlari, urf-
odatlariga ham ta’sir ko‘rsatmay qolmagan. Turli xalq va qabilalarning hayotida 
asosiy o‘rin tutgan hayvon yoki buyumning ilohiylashtirilishi natijasida fetishizm, 
totemizm, animizm kabi din shakllari yuzaga keldi. Kosmogonik syujetlar ibtidoiy 
mifologiyada katta o‘rin egallagan. Ya’ni yer va osmon, quyosh va oy, o‘simlik va 
hayvonot olamining inson hayotidagi o‘rni diniy tasavvurlarda namoyon bo‘lgan. 
Hayot va o‘lim, tabiat va madaniyat, ayol va erkaklar orasidagi aloqalar ibtidoiy 
mifologiyada tasvirlangan.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish