Mavzu: Ilk muloqot shakllari, elementar sensor psixika, psixik rivojlanishning quy bosqichlari tahlili Reja



Download 33,94 Kb.
bet1/6
Sana27.03.2022
Hajmi33,94 Kb.
#512330
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
umumiy 1


Mavzu: Ilk muloqot shakllari, elementar sensor psixika, psixik rivojlanishning quy bosqichlari tahlili

Reja:


1. Ilk muloqot haqida tushuncha.
2. Elelmetar sensor psixika .
3. Psixik rivojlanishning quy bosqichlari tahlili.

1.Ilk muloqotning o ‘ziga xosligi
Ilk bolalik davrida bolalar kattalarga qaram bo'ladilar, chunki ularning mustaqil harakat qilishlari qiyin. Hatti-harakat xulq me’yorlarini bolalar kattalardan o'rganadilar. Bu davrda bola xulqining motivi anglanilmagan bo'ladi. Bolaning ichki dunyosi shakllanishi kattalarga bog'liq. Chunki bola kattalar kutgan muloqotni darhol bera olmaydi. Bola predmetlarga bo'lgan qiziqishini awalo kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qo'llash orqali oladi. Kattalar agar bola bilan kam muloqotda bo'lsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Muloqotga bo'lgan ehtiyoj bolada kattalaming muloqoti orqali o'sadi. Ilk bolalik davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yo'l orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning muloqoti faqatgina so'zlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal bo'lib xizmat qiladi. 2 yoshli bolalar oldida o'yinchoqlar turgan bo'lsa onasi unga «ber menga» deb o'yinchoqni ko'rsatsa darhol bola uni olib beradi. «Mumkinmas», degan so'z bolaning harakatlari to'xtashiga signal bo'lib xizmat qiladi. Masalan, rozetkaga qo'li « tegayotganida, qizib turgan dazmolga qo'li yaqinlashayotganida, oyoq kiyimlarga qo'lini tekkazayotganida bu so'zning aytilishi bola harakatlarini to'xtashiga olib keladi. 3 yoshga to'lganda bola kattalar bilan nutq orqali munosabatlarga bemalol kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini o'zi kiyishga harakat qiladi. O'z ehtiyojlarini so'zlar orqali bayon qila oladi. Nutqni to'la egallaydi. Bola kattalaming ko'rsatmasiga binoan hatti-harakatlarini to'g'ri yo'naltirishga o'rganadi. U kattalaming o'zaro muloqotini diqqat bilan tinglaydi, tushunishga harakat qiladi. Bu davrda bolalar ertak, hikoya, she’rlami eshitishni juda yaxshi ko'radi. Bu — bolaning tashqi olamni bilishiga katta ta’sir ko'rsatadi. 1,5 yoshli bolalar 30—40 so'zdan 100 gacha bo'lgan so'zlami egallaydi, xalos. 2 yoshdan so'ng bolalar kattalarga juda ko'p savollar bilan murojaat qiladilar. «Bu nima?», «Nimaga bunaqa?» kabi savollar bolaning nutqi o'sayotganidan dalolat beradi. 2 yoshning oxirigacha bola 300 ta so'zni o'rganadi. 3 yoshning oxiriga borib, 500 dan —1500 gacha so'zni bilib oladi. Lekin bu yoshdagi ayrim bolalar nutqi avtonom bo'ladi, ular nonni «nanna», suvni «umma» kabi iboralar bilan ataydi. Asta-sekin kattalar bolalar bilan to'g'ri muloqotda bo'lsalar, bu avtonom nutq yo'qolib boradi, ya’ni bola har bir narsani o'z nomi bilan ayta boshlaydi. Bolaning bitta aytgan so'zi uning aytmoqchi bo'lgan gapini ifodalab beradi. Masalan, «oyi» desa oyisi bolaga non berishi yoki suv olib berishi mumkin. Shu bilan bolaning ehtiyoji qondiriladi. Bolani muloqotga o'rgatish uning ruhiy jarayonlari rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir etadi. Bu davrda bolalar nimani xohlasa o'sha zahoti muhayyo bo'lishi kerak. Lekin buni asta-sekin tarbiyalash orqali yo'qotish mumkin, ya’ni sabrli bo'lishni bolaga yoshlikdan o'rgatish lozim. 3 yoshli bolalarda birinchi «inqiroz» davri boshlanadi. Bu davrda bolalarda «hamma ishni o'zim qilaman», «men o'zim» degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, injiq bo'lib qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda e’tiborliroq bo'lishlari lozim. 3 yoshdan so'ng bolalardagi krizis (inqiroz) davri sekinlashib qoladi. Bolaning kattalar bilan bo'ladigan muloqotlari normallashadi. Bola bu yoshda ota-onaning diqqat markazida bo'lmaydi, chunki uning kichik ukasi bo'lishi mumkin. Hozirgacha u kattalaming diqqat-e’tiborida bo'lgani uchun endi uning fikricha ota-onasi faqat bir-biri bilan munosabatda bo'lib, unga e’tibor bermay qo'yishyapti. Unga tushunarli bo'lmagan narsalar haqida gaplashadilar. Bu unga yoqmaydi, natijada injiq bo'lib qoladi. Haqiqatda esa bola ancha mustaqil bo'lib qolgani uchun onasi undan ko'ngli to'lib, kamroq e’tibor beradi, bu esa bolaga yoqmaydi. Shuning uchun ota-ona bu davrdagi bolalarga e’tiborliroq bo'lishlari lozim. Shunday vaziyat ham bo'ladikiT oilada-bok-yo onasi bilan qoladi, yoki otasi bilan yashaydi. Ko'pincha bola balog‘atga yetmaganligi uchun onasi bilan yashaydi.
Bunday oila noto'liq oila deyiladi. Bunday oilada o‘sayotgan bola awal otasi yo‘qligini his qilmaydi, lekin birdaniga his qilib, u qo‘zg‘aluvchan, hissiyotga beriluvchan bo'lib qoladi. Ota-onalar farzandi uchun mas’uliyatni his qilishlari lozim. Chunki bola ota-onasining munosabatlarida aybdor emas. Agar bola sog'lom o'ssa, bolalar bog'chasiga beriladi. U yerda bola yangi kishilar bilan, yangi tengdoshlari bilan yangicha munosabatlarga kirishadi. Bu davrdagi bolalar o'yini ham o'ziga xos bo'ladi. Bolalar o'yinda turli rollami o'ynaydilar. O'yin qoidalariga rioya qila boshlaydilar. Muloqot shakllari bola hali guruh bo'lib o'ynamasidan awal, ya’ni o'z-o'zi bilan o'ynaganidayoq shakllanadi. Bu davrda bola o'yin o'ynaganida ko'proq o'zining hatti-harakatlariga e’tibor beradi. O'zaro munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muloqotga kirisha boshlaydi.
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.
 «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.
Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.
Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir.
Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq.
Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.
Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi.
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

Download 33,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish