Monitoring va baholash. Rivojalanayotgan mamlakatlarning kopchiligidagi kabi, aholining eng nochor guruhlari qishloq aholisi, kop bolali oilalar, nogironlar, ishsizlar, malumot darajasi past kishilar hamda boquvchisi ayol bolgan oilalardir. Bularda daromad darajasi kam taminlanganlikning asosiy omili hisoblanadi.
aniqlash boyicha bir yilda 10 000 uy xojaliklari byudjet kuzatuvini otkazadi.
Statistika organlari faoliyati natijasida aholi turmush darajasini baholash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning quyidagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy korsatkichlar shakllanadi.
1. Aholining nominal, real va ixtiyorida bolgan pul daromadlari:
umumiy hajmi;
jon boshiga;
ozgarish surati (dinamikasi).
2. Aholining foydalanish yonalishlari va kelib tushish manbalari boyicha daromadlar va xarajatlar tarkibi.
3. Uy xojaliklarining pul daromadlari tarkibi va foydalanishi;
4. Uy xojaliklarining jamgarmalari va xarajatlari tarkibi;
5. Aholining ortacha jon boshiga togri keladigan pul daromadlari boyicha tabaqalanishi.
6. Aholining daromadlari boyicha tabaqalanishini baholash:
Jini indeksi;
fondlar koeffitsienti.
7. Daromadlarning asosiy manbalari boyicha tabaqalanishi.
8. Daromadlardan kelib chiqib uy xojalkigi boshligining malumot darajasi va uy xojaligi boshligining jinsi.
Har bir davlat turmush darajasini organish, hamda aholining daromadlari boyicha tabaqalanishini baholashda qollaniladigan metodikalari mamlakatning oziga xos xususiyatlari asosida ishlab chiqilishi yigilgan malumotlar obektivligini taminlaydi. SHu orinda, aytish mumkinki, malumotlar real holatga mos kelishini taminlash uchun respublikada bugungi kunda farovonlikni baholashning amaldagi metodikasini mos ravishda takomillashtirish lozim. Bu borada uy xojaligi byudjeti kuzatuvini otkazishdagi kamchiliklarni mukammal organish va tosqinlik qilayotgan masalalarni hal etish yuzasidan zarur tadbirlar belgilash lozim.
2. OZBEKISTONDA AHOLI TURMUSH DARAJASINI YUKSALTIRISH YOLLARI VA OMILLARI
Aholining turmush darajasi kop jihatdan uy xojaliklarining jamgarilgan aktivlari va oilalarning joriy daromadlariga bogliq boladi. Ozbekiston uchun oilalarning 98 foizi joriy moddiy holatidan qatiy nazar, ozlarning xususiy mulki bolgan shaxsiy turar joylariga ega.
Aholining tadbirkorlik faoliyatidan, mulki va mustaqil ravishda bandlikdan olinadigan daromadlari tez suratlar bilan osmoqda. Tahlil davrida dehqon xojaliklari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan umumiy daromadlari salmogi 26,9 foizdan 36,4 foizgacha osdi.
SHaxsiy yordamchi va dexqon xojaliklari mahsulotlari tobora koproq tovar xarakteriga ega bolmoqda. U natural istemol manbasidan kora koproq aholining pul daromadlari osishi omiliga aylanmoqda.
Bu esa dehqon xojaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi osganligidan dalolat beradi. Ulardan tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish va pul daromadlarini shakllantirishda keng miqyosida va samarali foydalanilmoqda.
Aholi daromadlarning osishi xarajatlar tarkibining yanada mukammal bolishiga olib keldi. Aholining xarajatlar strukturasida tovarlar xaridi uchun xarajatlar salmogi kamaydi va xizmatlar uchun haq tolashning salmogi osdi. SHu bilan bir paytda yordamchi xojalik va biznes yuritish, kochmas mulklarni xarid qilish va jamgarma xarajatlari osmoqda.
Ozbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada olib borilayotgan siyosiy islohotlar mamlakatda katta ijtimoiy siljishlarga olib keldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishi bilan bir qatorda aholining ijtimoiy guruhlari ortasida jiddiy tabaqalanish kuzatilmoqda.
Oz tasirini koplab davlatlarga turli darajada korsatgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, aholi turmush darajasiga, jumladan daromadlari boyicha tabaqalanishiga bevosita tasir otkazdi. Bu borada xorijiy ekspertlar, aholi daromadlarining keskin kamayishi ijtimoiy-iqtisodiy sohaga tasir darajasini monitoring va tahlillarni olib bormoqda.
Jahon statistika amaliyotida aholi daromadlari boyicha tabaqalanishini baholashning turli tizimlari mavjud bolib, ular asosida baholash va tahlil natijalari har doim ham bevosita muvofiq kelmasligi mumkin. Jumladan Ukraina «Aholishunoslik va ijtimoiy tadqiqotlar Instituti» tomonidan aholining ozini-ozi baholash (turmush darajasini subektiv belgilash) metodi boyicha tadqiqotlar otkazib boriladi. Ushbu metodda asosida 2013 yilda otkazilgan tadqiqotlarda aholining 77 foizi ozini kambagal qatlamda, faqat 0,2 foizigina yuqori taminlangan (badavlat) deb hisoblagan. Orta qatlamga esa aholining tortdan bir qismi yoki 22,1 foizi tegishli bolgan.
SHuningdek, nodavlat tashkilotlari tomonidan ham aholi turmush darajasini baholash yuzasidan xalqaro standartlar asosida tadqiqotlar olib boradi. Jumladan «SOTSIS-Gellop» tashkiloti otkazgan ijtimoiy kuzatuvlarida respondentlar 14 foizi ozini orta qatlamga tegishli hisoblagan. Ukraina rasmiy malumotlarida mamlakatning 75 foizga yaqin aholisi orta qatlam turmush darajasiga nisbatan yomon ahvolda ekanligi malum bolgan1.
Hozirgi kunda dunyodagi aksariyat mamlakatlarda aholining turmush darajasi ortasida daromadlari boyicha tabaqalanishida keskin ozgarishlar kuzatilmoqda. SH orinda bir qator davlatlarda aholining daromadlari boyicha tabaqalanishini uch guruhga bolib organish mumkin - mulkiy tabaqalanishi eng kam, nisbatan yuqori va yuqori davlatlar. Belarusiyada 40 foiz eng kam taminlangan aholiga jami milliy daromad xajmining 22 foizi, 20 foiz eng yuqori taminlan qatlamga esa 38 foizi tegishli (kvintil koeffitsientda). SHu jihatdan Bularusiya aholining mulkiy tabaqalanishi eng kam darajada bolgan davlatlar guruhiga kiradi. SHarqiy yevropa hududida va MDH davlatlarida aholining mulkiy tabaqalanishi nisbatan yuqori, shuningdek tabaqalanishning eng kop darajasi aholining qashshoqlashuvi yuqori darajasi Afrika va Lotin Amerikasining rivojlangan mamlakatlarida kuzatilmoqda.
Xorijiy ekspertlarining baholashiga kora MDH davlatlarida kambagallik darajasi Qirgizistonda 76 foiz, Moldavada- 65, Armanistonda 44, Rossiyada - 38, Ozbekistonda 29, hamda Belorussiyada - 23 foizni tashkil etgan3. Aaholining mulkiy tabaqalanishi boyicha keltirilgan malumotlarga muvofiq ijtimoiy qatlamlar ortasida aholining daromadlari boyicha tabaqalanishi yuzasidan kvintil koeffitsientli indikator tahlil otkazildi.
Bunda eng kam taminlangan 40 foiz va eng yuqori taminlangan 20 foiz aholi qatlamlari ortasidagi tafovut - mulkiy tabaqalanishi eng kam bolgan davlatlarda 1,4 - 1,9 marta, nisbatan yuqori bolgan davlatlarda 2,0-2,9 marta, tabaqalanish eng yuqori bolgan davlatlarda esa 7,0-21,0 martani tashkil qildi.
4-jadval
Mulkiy tabaqalanish boyicha jami milliy daromadning aholi qatlamlari ortasida taqsimlanishi korsatkichi
T/r
|
Guruhlar
nomi
|
Davlatlar nomi
|
Aholi daromadlari nisbati, marta
a5/(a1+a2)1
|
1.
|
Mulkiy tabaqalanish
eng kam bolgan davlatlar
|
CHexiya, YAponiya
|
1,4
|
Slovakiya
|
1,5
|
Norvegiya , Finlyandiya
|
1,5
|
SHvetsiya
|
1,6
|
Daniya, Sloveniya
|
1,6
|
Ukraina
|
1,7
|
Belarusiya
|
1,7
|
Bolgariya
|
1,7
|
Germaniya
|
1,7
|
Niderlandlar
|
1,9
|
2.
|
Mulkiy tabaqalanish nisbatan yuqori bolgan davlatlar
|
Ozbekiston
|
2,0
|
Armaniston
|
2,0
|
Kozogiston
|
2,2
|
Polsha
|
2,2
|
Ozarbeyjon
|
2,4
|
Litva, estoniya
|
2,4
|
Latviya
|
2,5
|
Rossiya
|
2,8
|
Turkmaniston
|
2,9
|
Gruziya
|
2,9
|
3.
|
Mulkiy tabaqalanish
eng yuqori bolgan davlatlar
|
Gaiti
|
7,0
|
Boliviya
|
9,0
|
Markaziy Afrika Res.
|
9,3
|
Botsvana
|
10,0
|
Lesoto
|
11,0
|
Namibiya
|
19,8
|
Serra-Leone
|
21,0
|
Manba: internet malumotlari asosida tayyorlandi.
Rossiya hukumatining malumotlariga kora 2013 yilda eng yuqori taminlangan aholiga umumiy milliy daromadlarning 31 foizi, eng kam taminlanganlarga 1,9 foizi togri kelganligini bildirmoqda. Jumladan, «Makroiqtisodiy tahlil va qisqa muddatli prognozlash markazi» malumotiga kora eng kam taminlangan va eng kop taminlangan 10 foiz aholi ortasidagi daromadlar darajasi - 16,8 martani tashkil etmoqda. Rossiya ozoq muddatli, 2020 yilgacha bolgan istiqbolini belgilab, ushbu davrga kelib aholining 50-52 foizini orta qatlamga yetkazishni rejalashtirgan. SHuningdek, oxirgi ikki yilda ushbu qatlamning ulushi 20 foizga oshganligi, 2015 yilda esa Ushbu korsatkichni 30 foizga ortishi belgilangan.
Ozbekiston Respublikasida aholining turmush darajasini oshirish maqsadida ijtimoiy siyosat olib bormoqda. Bunda ijtimoiy nochor va kam taminlangan aholi qatlamlariga korsatilayotgan ustivor ijtimoiy tadbirlar aholi daromadlari orasidagi tafovut darajasini birmuncha yumshatishga olib keldi.
Ozbekistonda 2000 yildan boshlab Davlat statistika qomitasi doimiy ravishda 10000 uy xojaliklarida byudjet kuzatuvi otkazish orqali aholining turmush darajasini monitoring va tahlil qilishni yolga qoygan. Bundan tashqari, Hukumat, yevropa Ittifoqi, BMTRD va ORB ning yordami bilan aholining turmush darajasini oshirish Strategiyasi doirasida (Jizzax viloyatida) va aholining turmush darajasini oshirish Loyihasi doirasida Qoraqalpogiston Respublikasida, jumangan va Fargona viloyatlarida uy xojaliklari turmush darajasini oshirish yuzasidan qator kuzatuvlar otkazilgan. SHu jumladan, BMTRD doirasida hududlarni kompleks rivojlantirish loyihasi boyicha Qashqadaryo viloyatida ham kuzatuv amalga oshirilgan. Xususan Jahon Banki 2005 yilda tegishli metodologiya asosida mamlakatda uy xojaliklari byudjeti kuzatuvini otkazgan va ushbu tadqiqot natijasida kambagallik haqida dastlabki malumotlar olingan. Mazkur tadqiqotlarga asosan kam taminlanganlar (kambagallar) 27,5 foizni yoki 6,8 mln. kishini tashkil etgan. Bu korsatkich 2010 yilda 25,8 foizga qisqargan2. AFOSga muvofiq 2014 yilga kelib, daromadlar boyicha kam taminlanganlik darajasini 2010yilga nisbatan (25,8 foiz) 20 foizga kamaytirish, rivojlanish darajasini bir meyorda taqsimlanishini taminlash belgilangan.
Takidlash lozimki, kam taminlanganlik va boshqa korsatkichlarni baholashda xalqaro standartlar boyicha turli metod va metodologiyalar qollaniladi, jumladan har bir davlatga xos bolgan mezonlar asosidagi metodikalardan ham qollanib kelinadi. SHu jumladan, aholining kam taminlanganligini aniqlash yuzasidan BMTRD va Iqtisodiy tadqiqotlar Markazi tomonidan aynan shu davrda boshqa metodika boyicha otkazilgan kuzatuvlarga kora aholining kam taminlangan qismi 16 foizni tashkil etgan.
Mamlakatda kam taminlanganlikning kamayishi asosan shahar joylarida kuzatilib, uning darajasi 22,5 foizdan 18,3 foizga qisqargan. SHu bilan birga, shahar va qishloq joylaridagi aholining kam taminlanganlik darajasi ortasidagi farqi 2010 yilda 8 foizni tashkil etgan bolsa, bu korsatkich 2014 yilda 12 foizga yetgan. Aholining umumiy miqdorida qishloq aholisining ulushi 64,4 foizni tashkil qiladi, lekin qishloq joylarida yashovchilar tarkibida kam taminlangan aholining ulushi 74,7 foizni tashkil qiladi..
Uy xojaliklari daromadlarining asosiy manbalari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatlardan olinayotgan daromadlar, ijtimoiy transfert kabilardir va ular shahar va qishloq joylarda sezilarli darajada farqlanadi. Bugungi kunda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning muhim vazifalaridan biri bolgan, eng kam ish haqining muntazam ortib borishi, aholining pul daromadlarini oshirish bilan bir qatorda hududiy tabaqalanish darajasidagi tafovutlarni qisqartirishda ham asosiy omil bolib xizmat qilmoqda.
Mamlakatlar kabi bozor iqtisodiyoti sharoitida Ozbekistonda kam taminlangan aholining aksariyati umuman qashshoqlik holatida bolmaydi. CHunki, daromadga ega bolish nuqtai nazardan kam taminlangan aholi qatlami inson kapitali va faolligi nuqtai nazardan toliq imkoniyatlarga qodir.
SHu bilan birga, aholining daromadlari boyicha tabaqalanishi va uni ifodalovchi korsatkichlar ijtimoiy-iqtsodiy rivojlanishda muhim omil sifatida bugungi kunda axborot-tahliliy tuzilmalar oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. SHuningdek, aholining daromadlari boyicha tabaqalanishini baholashda uning obektivlikni taminlashdagi metodologik mezonlarda koplab omillarni, shu jumladan mahalliy aholining tabiiy sharoitlari, tadbirkorlik imkoniyatlari, kochmas mulki va meros daromadlarini toliq hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
3. Aholi daromadlarini oshirishning o`ziga xos jihatlari va istiqbollari
Mamlakatimizda mustaqillikka erishgan dastlabki yillardanoq aholi turmush darajasini va daromadlarini oshirish, ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga alohida etibor qaratildi.
Inson va uning farovon hayot kechirishini taminlash davlatimizning eng asosiy vazifalaridan biri sanaladi. SHu manoda otgan yillar davomida Ozbekistonda aholining ish bilan bandligini taminlash dolzarb masala bolib keldi. Bu esa oz navbatida yangi ish orinlarini ochishni talab qiladi. Aholining turmush sharoitini yaxshilash va daromadlarini oshirish yolidagi amalga oshirilayotgan ishlardan yana biri yangi ish orinlari yaratish va aholini ish bilan bandligini taminlash masalasidir.
YAngi ish orinlarini tashkil etish va ish bilan bandlikni taminlashda kichik biznes subektlarining ahamiyati oshib bormoqda.
Otgan yilda mamlakatimiz talim muassasalarining 600 mingdan ziyod bitiruvchisi ish bilan taminlandi. SHunisi quvonarliki, yoshlarimizning aksariyat katta qismi oz kelajagini kichik biznesda kormoqda.6
YAngi ish orinlarini tashkil etishda korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, transport va kommunikatsiya qurilishini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini jadal rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini kengaytirish masalalari muhim orin tutadi.
Ish orinlarini yaratishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining ahamiyati juda kattadir. Ushbu sohani rivojlantirish orqali koplab yangi ish orinlarini ochishga erishildi.
Keyingi yillarda Surxondaryo viloyatida ham ish bilan bandlikni taminlash borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar, korilayotgan chora-tadbirlarning barchasi axolining ish bilan bandligini taminlash orqali aholi daromadlarining oshishi natijasida turmush darajasining yaxshilanishiga erishishga qaratilgan. Bugungi kunda Respublikamizda mehnat resurslarining soni yildan - yilga tez suratlar bilan oshib borayotganligi bu muammoni hal etishning optimal yechimini topish talab etadi. Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati beqiyosdir.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov takidlaganlaridek «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va orni tobora mustahkamlanib borayotganining ozi iqtisodiyotimizning tarkibida bolayotgan ijobiy ozgarishlardan dalolat beradi
- Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, korsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bolgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga togri kelmoqda.»7
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragbatlantirish boyicha korilgan chora-tadbirlar natijasida otgan yili, fermer va dehqon xojaliklarini hisobga olmaganda, 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi, ularning umumiy soni esa 195 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan 2 barobar kopdir.
Yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining ulushi 2000-yildan buyon 31 foizdan 56 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga osdi.
Ushbu malumotlardan korinib turibdiki kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid keng qamrovli chora-tadbirlarni yolga qoyish bugungi kunda ishsizlikni kamaytirish va bandlikni oshirishda ozining ijobiy natijalarini berish bilan birga, mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda xal qiluvchi ahamiyatga ega.
Axolining ish bilan bandligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbikorlikni yanada samarali rivojlantirish boyicha quyidagi takliflarni keltiramiz.
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun iqtisodiy qullab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining xuquq va manfaatlarini himoya qilish, ushbu soha rivojlanishi uchun yanada yangi qonun xujjatlarini qabul qilish;
- joylarda kichik bolsa ham oz ishini, oz biznesini ochishga intilayotgan xususiy tadbirkorlarini qollab-quvvatlash;
- aholining malumot darajasini yanada oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boyicha maqsadli-xududiy dasturlarni tuzish va uni amlga oshirish;
- uy mehnati (kasanachilik) ni tashkil etishda yanada rivojlantirish.
Ushbu yuqoridagi keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi bilan aholining ish bilan bandligini va farovonligini oshirishga erishish mumkin.
Xulosa qilib aytganda kichik biznes va xususiy tarbikorlikni rivojlantirish orqali nafaqat axolining bandligini, balki uning daromadlari darajasini oshirish bilan jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bolgan orta sinfning shakllanishiga hamda uning tobora mustahkam bolib borishiga erishiladi.
Daromadlar harakati bozor iqtisodiyotining ishlab turishini taminlaydi. Aylanish jarayonida daromadlar izchil ravishda bir necha bosqich - yuzaga kelish, taqsimlanish va qayta taqsimlanish, pirovard istemolga ishlatilish, jamgarilish bosqichlaridan otadi.
Ushbu istemol savatini minimal yashash byudjeti savati bilan katta farqi mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda istemol savatiga kiritilgan tovar va xizmatlar sonining kopligiga sabab, ayrim tovarlarni 10 va undan ortiq navlarga bolib, ularning har biri alohida tovar sifatida istemol savatiga kiritiladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar istemol savatlaridagi farq asosan oziq-ovqat va xizmatlarning istemol savatidagi ulushlari hisobiga shakllanadi. Xalqaro andozalarga kora, agar istemol savatida oziq-ovqatlarga sarflangan xarajatlar umumiy xarajatlarning 50 foizidan oshgan bolsa, ushbu mamlakat aholisi kam taminlangan hisoblanadi.
Ozbekistonda aholi daromadlari va xarajatlari xos xususiyatlariga bagishlangan natijalarini umumlashtirish jamgarishning oqilona meyorlarini belgilash yalpi ichki mahsulot osish suratlarini oqilonalashtirish muammosining asosiy xalqasidir.
Mamlakatda erishilgan makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy osish va aholining bozor munosabatlariga moslashuvini hisobga olgan holda aholining pul daromadlari va ish haqi miqdorini sezilarli darajada oshirish boyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish respublikamiz hukumati ijtimoiy siyosatining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu esa oz navbatida aholining jamgarishga bolgan moyilligini ragbatlantiradi.
Bu masalaning yechimini quyidagi omillar hisobiga amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1. mamlakatda iqtisodiyotning yuqori suratda rivojlanishini taminlashga yonaltirilgan barcha omillarni ishga solish aholi turmush darajasi va daromadining osishiga olib keluvchi muhim omil hisoblanadi.
2. iqtisodiy yuksalishning bu yutuqlariga ekstensiv omillar hisobiga emas, balki koproq mehnat unumdorligi va samaradorligining osishi hisobiga erishish lozim.
3. aholi orasida yashirin ishsizlik darajasini pasaytirish va ish bilan bandlikni oshirish hisobiga aholi pul daromadini kopaytirish mumkin.
Mamalakatimiz oldida turgan jiddiy muammolardan biri bu- bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos bolgan mehnat bozori samarali shakllantirish va aholini oqilona ish bilan taminlashdir. Bozor ayrim tovarlar va xizmatlarga talab bilan murojaat qiluvchi xaridorlar va taklif asosida yetkazib beruvchi sotuvchilarni bir-biriga qoshadigan institut yoki mexanizmdir. Aholining ish bilan bandligi inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bolib, u kishilarning ish joylari qaerdaligidan qatiy nazar, ijtimoiy foydali mehnatga qatnashishi yuzasidan ozaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir.
Ushbu muammolarni hal etish uchun quyidagi takliflarni orinli deb hisoblaymiz:
qishloq joylarda faoliyat turlarini kopaytirish va qishloq aholisini shaharga yaqin joylardagi korxonalarga jalb etish;
aholi bandligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini keng rivojlantirish;
xizmat korsatish va servis hamda kasanachilikning turli shakllarni joriy etish;
aholini ozini-ozi ish bilan taminlash tashabbusini qullab-quvvatlash;
Xullas mamlakatimizda ayni damda mehnat bozorini samarali shakllantirish yangi ish joylarini yaratish, mehnatga layoqatli aholini ish bilan taminlash, qishloq xojaligida band bolgan ortiqcha mehnat resurslarini boshqa tarmoqlarga otkazish, ularni zamonaviy kasb hunarga qayta oqitish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yollari izlanmoqda. Keltirilgan takliflar amalga oshirilsa mamlakatimizda aholini ish bilan oqilona band etish muammolari atroflicha hal etilishi amalga oshirilishi mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning tez ozgarib turadigan bozor talablariga javob berishini taminlaydigan zamonaviy tuzilmalarini shakllantirishda, yangi ish orinlarini tashkil qilishda va aholi daromadlarini oshirishda muhim rol oynaydi.
Ushbu malumotlardan korinib turibdiki kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid keng qamrovli chora-tadbirlarni yolga qoyish bugungi kunda ishsizlikni kamaytirish va bandlikni oshirishda ozining ijobiy natijalarini berish bilan birga, mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda xal qiluvchi ahamiyatga ega.
Axolining ish bilan bandligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbikorlikni yanada samarali rivojlantirish boyicha quyidagi takliflarni keltiramiz.
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun iqtisodiy qullab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining xuquq va manfaatlarini himoya qilish, ushbu soha rivojlanishi uchun yanada yangi qonun xujjatlarini qabul qilish;
- joylarda kichik bolsa ham oz ishini, oz biznesini ochishga intilayotgan xususiy tadbirkorlarini qollab-quvvatlash;
- aholining malumot darajasini yanada oshirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish boyicha maqsadli-xududiy dasturlarni tuzish va uni amlga oshirish;
- uy mehnati (kasanachilik) ni tashkil etishda yanada rivojlantirish.
Ushbu yuqoridagi keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi bilan aholining ish bilan bandligini va farovonligini oshirishga erishish mumkin.
Xulosa qilib aytganda kichik biznes va xususiy tarbikorlikni rivojlantirish orqali nafaqat axolining bandligini, balki uning daromadlari darajasini oshirish bilan jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bolgan orta sinfning shakllanishiga hamda uning tobora mustahkam bolib borishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |