Ijtimoiy barqaorlikni taminlash masalalari va uning tahlili



Download 125,66 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2020
Hajmi125,66 Kb.
#42111
1   2   3   4
Bog'liq
yangi kurs ishi


1-rasm: Makroiqtisodiy barqarorlik.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari.
Aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishiga quyidagi asosiy omillar ta’sir qiladi2:

  1. ish haqi miqdori;

  2. ijtimoiy to’lovlar miqdori;

  3. shaxsiy yordamchi xo’jalik va shaxsiy faoliyatdan tushumning hajmi;

  4. oila a’zolari tarkibi va yoshi;

  5. taqsimlanishi nazorat qilinmaydigan daromadlarning kelish ehtimoli.

Aholining daromadlar bo’yicha tabaqalanishi o’zida turli ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar va aholi qatlamlarining daromadlari bo’yicha o’zaro ob’ektiv bog’liqlikni ifoda etadi va bu tushuncha yuzasidan ko’plab ta’rif va yondashuvlar mavjud. Jamiyatda aholi daromadlarining tengsiz taqsimlanishi muammosi doimiy qiziqish uyg’otib kelgan. Dastlab, bu borada Aristotel o’zining «Siyosat» nomli asarida «fuqarolarning moddiy tengsizligi va bir nechta aholining qo’liga boyliklarning to’planishi - davlat uchun turli halokatli oqibatlarga olib keladi»1 deb ta’kidlagan. SHuningdek, aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishi borasida olimlar tomonidan turli yondashuvlar ishlab chiqilgan

Keltirilgan yondashuv va qarashlarning xilma-xilligidan qat’iy nazar, ular daromadlar tengsizligini ijtimoiy barqarorlikning muhim omili sifatida ilmiy asoslaydilar. Birgina, P. Sorokin yondashuviga e’tibor qaratadigan bo’lsak, u aholining turmush darajasi va turli ijtimoiy guruhlar o’rtasida daromadlarning tabaqalanish darajasini, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi muhim omil sifatida baholagan.



1-jadval

Aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishiga oid qarashlar

T/r

Olimlar

Turli yondashuvlar va qarashlar

1.

Adam Smit

Daromadlarning taqsimlanishi «bozor qonunlari» harakatining natijasidir, shu o’rinda daromadlar bo’yicha tabaqalanish ham bozor qonuniyati hisoblanadi.

2.

A. S. Pigu

Daromadlar bo’yicha taqsimlanishni tartibga solishda daromadlarning bir qismini, ko’proq ta’minlangan aholi qatlamlaridan kamroq ta’minlanganlarga qayta taqsimlash lozim.

3.

Saymon Kuznets

Jamiyatda ishlab chiqarish o’sib borgan sari, aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishi kamayadi.

4.

S.M.Miller, M.Reyn

Aholi daromadlarini qayta taqsimlashga yo’naltirilgan har qanday kuchli tadbirlar bo’lishidan qat’iy nazar daromadlar bo’yicha tabaqalanish saqlanib qoladi.

5.

M. YAantti

(M. Jantti)

«Kambag’allik va daromadlar taqsimlanishi to’g’risida»gi ilmiy asarida: daromadlar bo’yicha tengsizlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar bu – kambag’allik, ishsizlik va inflyatsiya darajasidir.

6.

P.Sorokin

Ijtimoiy barqarorlik asosan ikki muhim omil – mamlakat ko’pchilik aholisining turmush darajasiga va turli ijtimoiy guruhlar o’rtasida daromadlarning tabaqalanish darajasiga bog’liqdir.

SHuningdek, P. Sorokin, - «davlat va ijtimoiy tizim barqarorligini muhim sharti – boylar va kambag’allar o’rtasidagi daromadlarning tabaqalashuvi darajasidir» deb ta’kidlagan. Darhaqiqat, ushbu yondashuv yuqorida keltirilgan qarashlar va yondashuvlarga nisbatan, uning eng muhim omillarni birinchi darajali inobatga olganligini hisobga olgan holdagi, eng ma’qul bo’lgan yondashuv deb qarash mumkin. Albatta, aholining daromadlari bo’yicha keskin tabaqalashuv har bir davlatning ijtimoiy barqarorlikka erishish yo’lidagi asosiy to’siqlardan biri hisoblanadi. Daromadlardagi tengsizlik va ularning darajasi turli uslublar orqali hisoblanadi. Buning uchun avvalo, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad miqdori aniqlanib (oilaning yalpi daromadi uning a’zolari soniga bo’lish yo’li bilan amalga oshiriladi), uni asosida butun aholi daromadi tabaqalarga – detsillarga (10 foiz) yoki kvintillarga (20 foiz) ajratiladi.

Daromadlar bo’yicha tabaqalanishining detsilli koeffitsienti, 10 foiz eng boy aholining minimal daromadi 10 foiz eng kambag’al aholining maksimal daromadini necha barobarga ortiqligini ko’rsatadi:



Kd = d9 : d1

d9 –to’qqizinchi (yuqori) detsil; d1 –birinchi (quyi) detsil2.

SHuningdek, daromadlarni tabaqalanishi fondlar koeffitsienti orqali ham belgilanadi. Bunda, birinchi guruhdagi 10 foiz aholining (d1) o’rtacha daromadlarini o’ninchi (yuqori daromadli) guruhdagi 10 foiz aholining (d10) o’rtacha pul daromadlariga nisbati sifatida aniqlanadi va ijtimoiy tabaqalanish darajasini xarakterlaydi.

Mamlakat aholisining daromadidagi tafovutlar darajasi esa odatda detsilli yoki kvintilli koeffitsientlar orqali aniqlanadi1. Bundan tashqari, daromadlar bo’yicha aholi guruhlari o’rtasidagi tafovutni o’lchashda eng kam va eng ko’p daromadga ega bo’lgan aholi guruhlarining 10 foizi taqqoslanadigan o’lchagich - detsilli variatsiyaning koeffitsenti deb ham nomlanadi. Uning afzalligi - hisoblashning oddiyligi, kamchiligi esa – juda ham global, qo’pol baholashi va o’zgarishlarga reaktsiyaning yetarli emasligidir.

Boylar va kambag’allar o’rtasida tafovut qanday? Ushbu tengsizlikni o’lchash uslublarining taniqli bo’lganlaridan biri bu grafik usuldagi - Lorents egri chizig’ini tuzilishidir. So’z daromadlarni funktsional emas, balki shaxslar bo’yicha taqsimlanishi haqida bormoqda. Daromadlarning notekis taqsimlanishini amerika iqtisodchisi, ya’ni muallif - Maks Otto Lorentsning nomiga qo’yilgan. Ushbu egri chiziq, mamlakat umumiy daromadining qancha qismi har bir past daromadli va yuqori daromadli oilalar ulushiga to’g’ri kelishini tavsiflaydi.

Mazkur chizmada keltirilganga ko’ra, agarda daromadlar teng taqsimlanib aholi hissasi bilan daromad hissasi bir xil bo’lganda daromad chizig’i to’g’ri bo’lishini ko’rish mumkin (O nuqtadan S nuqta orqali ye nuqtagacha). S nuqta - 80 foiz oila - 80 foiz daromadga ega bo’lganda bu daromad mutloq tekis taqsimlanishini ko’rsatadi. Amalda esa bunday emas, ya’ni aholining jamiyat miqyosidagi umumiy daromaddan olgan hissasi turlicha bo’lgandan, masalan, 20 foiz aholi hissasiga 50 foiz daromad to’g’ri kelganda daromad chizig’i - egri chiziq shaklida bo’ldi. Daromadlarning umumiy miqdori bilan uning taqsimlanishi o’rtasida aloqadorlik mavjud bo’lib, umumiy daromad kam bo’lgan sharoitda uning taqsimlanishi keskin o’zgarib turadi, daromad ko’p bo’lganda esa taqsimlanish bir me’yorda, barqaror bo’ladi1.

CHizmadagi Lorents egri chizig’i OE chizig’idan qancha ko’p egilsa, daromadlar taqsimlanishidagi tengsizlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Agar biz ingichka chiziqlar bilan to’ldirilgan maydonni OEF uchburchakning maydoniga bo’lsak, daromadlar taqsimlanishidagi tengsizlik darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkich kelib chiqadi.

Mazkur ko’rsatkich italiyalik statist va aholishunos Jini Korrado (1884—1965) tomonidan statistik modeli asosida ishlab chiqqan, u iktisodiy nazariyada Jini koeffitsienti (Jini indeksi) deb nomlanadi. Ushbu koeffitsient ma’lum davlat yoki mintaqadagi tabaqalanish darajasini biron-bir o’rganilayotgan belgilari (masalan, yillik daromad darajasi) bo’yicha aniqlab beradigan statistik ko’rsatkich hisoblanadi1.

Jini koeffitsienti real taqsimlanish va mutloq teng taqsimlanish oralig’idagi maydonda, Lorents egri chizig’i oralig’ida joylashadi. Jini koeffitsienti G noldan birgacha bo’lgan qiymatni qabul qiladi (0.1). G = 0 mutloq teng taqsimlanishni bildiradi, G = 1 - oxirgi darajadagi holat bo’lib, mutloq tengsizlik darajasidir. Bunda koeffitsient qiymati qanchalik yuqori bo’lsa, jamiyatda daromadlarning notekis taqsimlanish darajasi shunchalik katta bo’ladi. Jini koeffitsienti amaliyotda ko’rsatib o’tilgan eng past va eng yuqori qiymatlarga yetmaydi. Aholining tabaqalanish darajasi mazkur koeffitsient bo’yicha 0,40 dan yuqori bo’lsa jamiyat uchun tanqidiy hisoblanadi

Jini koeffitsienti aksariyat davlatlarda bugungi kunga qadar 0,55 dan 0,35 gacha bo’lgan oraliqda joylashgan. Ko’plab davlatlarda tengsizlik darajasi 0,55 dan yuqoriga ko’tarilmagan va 0,35 dan pastga tushmagan. Jini koeffitsienti aksariyat davlatlarda bugungi kunga qadar 0,55 dan 0,35 gacha bo’lgan oraliqda joylashgan.

Jini koeffitsienti aksariyat davlatlarda bugungi kunga qadar 0,55 dan 0,35 gacha bo’lgan oraliqda joylashgan.

2-jadval


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning xavfsizlik darajalari bo’yicha indikatorlar va uning boshlang’ich ahamiyati4

Ko’rsatkich nomi

normal zona

PK1

PK2

PK3

K1

K2

K3

Jini koeffitsienti

0.40 dan past

0,40-0,49

0,50-0,59

0,55-0,59

0,60-0,69

0,65-0,69

0,70 dan yuqori

Ko’plab davlatlarda tengsizlik darajasi 0,55 dan yuqoriga ko’tarilmagan va 0,35 dan pastga tushmagan3. Ushbu indeks – daromadning mutloq teng taqsimlanishi va haqiqatdagi taqsimlanishi o’rtasidagi tafovut darajasini va aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishini tavsiflovchi ko’rsatkich hisoblanadi. Jini koeffitsienti real ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini belgilash va faol ijtimoiy siyosat yuritishda ularni monitoring qilishda muhimdir, shuningdek aholining turmush darajasini oshirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Dasturlarini tuzishda keng foydalaniladi.



3-jadval

Daromadlar taqsimlanishi tengsizligi bo’yicha ko’rsatkichlar5

Davlatlar nomi

R/P 10%

R/P 20%

Jini indeksi

R/P 10%

Jini indeksi

YAponiya

4.5

3.4

0,249

4.5

38.1

SHvetsiya

6.2

4.0

0,250

6.2

23.0

Germaniya

6.9

4.3

0,283

6.9

28.0

Daniya

8.1

4.3

0,247

12.0

24.0

Avstriya

6.9

4.4

0,291

6.8

26.0

SHveytsariya

9.0

5.5

0,337

8.9

33.7

Frantsiya

9.1

5.6

0,327

8.3

28.0

Kozog’iston

8.5

5.6

0,339

8.0

33.9

O’zbekiston

10.6

6.2

0,368

10.6

36.8

Rossiya

12.7

7.6

0,399

12.8

41.0

Turkmaniston

12.3

7.7

0,408

12.2

40.8

AQSH

15.9

8.4

0,408

15.0

45.0

Turkiya

16.8

9.3

0,436

17.1

43.6

XXR

21.6

12.2

0,469

21.8

46.9

Xulosa qilib aytganda, aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishi jarayonlari va sur’atini muntazam tahlil qilish va monitoring qilib borish lozim. Bunday, aholining turmush darajasi va sifatini baholashning muhim indikatori asosida tabaqalanish tendentsiyasini tizimli tahlil qilish orqali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi muammolarni yumshatish mumkin.

Jahondagi turli mamlakatlarda aholini turmush darajasi va sifatini baholashda turli mezonlar qo’llaniladi. Aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishini belgilashda ular orasida eng kam iste’mol byudjeti, kambag’allik, mutloq va nisbiy kambag’allik ko’rsatkichlaridan keng foydalaniladi.

Jumladan, minimal iste’mol byudjeti - shaxsning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’naviy ehtiyojlar iste’molining ijtimoiy asoslangan minimal darajasini ta’minlaydigan iste’mol tovarlari va xizmatlari turlarining qiymatini ifoda etadi. Kambag’allik ko’rsatkichi esa aholining turmush darajasini baholash uchun foydalaniladigan mezonlardan biri hisoblanadi.

BMT tavsiyasiga muvofiq 1993 yilda aholi bilan yozishmalar va kuzatuvlar o’tkazish bo’yicha «Uy xo’jaligi kontseptsiyasi»da uy xo’jaligiga quyidagicha ta’rif berilgan: uy xo’jaligi – bu hayot kechirish uchun barcha zaruriyatlarni ta’minlash maqsadida birlashgan, shaxslar guruhi yoki shaxs, birgalikda xo’jalik yuritishga birlashganlikdir. Uy xo’jaligi iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa jamiyat fanlarining tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Uy xo’jaliklarining asosiy belgisi bu – oilaviy xo’jalikdir. Ushbu tushunchalar bir-biriga juda yaqin bo’lsada biroq bevosita to’g’ri kelmaydi. Uy xo’jaliklarining farqlanadigan asosiy mezonlaridan biri uy xo’jaligining byudjeti boshqa xo’jalikning byudjetidan ajralib turishidir.

Ta’kidlash lozimki, «oila» va «uy-xo’jaligi» tushunchalari har doim ham bir ma’noni anglatmaydi. Oila deganda, o’zaro yaqin qarindoshlik aloqalari (ota-onalar va ularning bolalari, er-xotinlar orasidagi, shuningdek aka-ukalar va opa-singillar orasidagi munosabat) bilan bog’langan odamlar guruhi tushuniladi. Uy-xo’jaligi deganda shu paytda bitta manzilning o’zida yashayotgan (bu manzilda ularning ro’yxatga olingan yoki olinmaganligidan qat’iy nazar), umumiy yashash maydoniga ega bo’lgan uy xo’jaligidan umumiy xarajat va daromadni o’zaro bo’lishadigan, ya’ni «umumiy qozon» dan birga ovqatlanadigan odamlar guruhi tushuniladi1.

MDH mamlakatlarida aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishi turli metodikalar bo’yicha aniqlanadi, jumladan Ukrainada 20 foiz eng ko’p ta’minlangan va 20 foiz eng kam ta’minlangan aholining xarajatlari nisbati 5,5 martani tashkil qilmoqda (kvintil koeffitsientda). Ushbu ko’rsatkich ancha yaxshi deb baholansada, jahon standartlari asosida ko’rilganda nomuvofiqliklarni kuzatish mumkin. Bunda birinchidan, Ukrainada 70 foiz aholining daromadlari AQSH ning 20 foiz eng kambag’al aholisi daromadidan kamni tashkil etadi. Ikkinchidan, bir qator tadqiqotchilar fikriga ko’ra Ukrainada daromadlar bo’yicha tabaqalanishini baholash metodkasidagi mavjud kamchiliklar, jumladan eng yuqori ta’minlangan qatlam o’z xarajatlarini deklaratsiya qilishdan bo’yin tovlashlari oqibatida, statistik ma’lumotlar real holatga ob’ektiv baho berishni cheklamoqda. Uchinchidan, ekspertlarning baholashiga ko’ra Ukraina uchun ijtimoiy guruhlar o’rtasida aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishining yuqori darajada bo’lishi xosdir, chunki 25 foiz eng kambag’al oilalarga umumiy daromadning 8 foizi, 5 foiz eng boy oilalarga esa 30 foizi tegishlidir.




Uy xo’jaliklari soni =

shahardagi aholining soni

x

uchastkadagi saylovchilar soni

shahardagi saylovchilar soni




uy xo’jaligining o’rtacha miqdori

Kuzatuv o’tkazishda ma’lumotlarni yig’ish uchun: Uy xo’jaligi xarajatlarini kunlik hisobini yurishi kundaligi; Uy xo’jaligining nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishi va xizmat ko’rsatishdan foydalanishini hisobini yuritish jurnali; Uy xo’jaligi byudjeti kuzatuvi bo’yicha so’rovnoma kabi shakllardan foydalaniladi.

Uy xo’jaligida byudjet kuzatuvi so’rovnoma to’ldirish va hisob yuritish asosida – bir chorak davomida olib boriladi. Respondent chorak davomida (bir haftadan 2 marta) daromadlar, oziq-ovqatga sarflangan xarajatlar, nooziq-ovqat tovarlari va xizmat ko’rsatishdan foydalangalik hisobini aks ettiruvchi kundalikni to’ldiradi.

CHorakning har oyi yakunida intervyuer tomonidan kundalik va jurnallar yig’ib olinadi. SHuningdek, choraklik so’rov varaqasi dasturi asosida oylik va choraklik so’rovlar o’tkaziladi. O’z navbatida bir yil davrida o’tkazilgan kuzatuv yakuni bo’yicha uy xo’jaliklarida yillik so’rov o’tkaziladi.

Kuzatuv yakunida butun RF bo’yicha va mintaqalar kesimida quyidagilar ishlab chiqiladi:

I. Adresli kuzatuv shakliga asosan, geografik belgilari bo’yicha:


  1. shahar joyidagi uy xo’jaliklari;

  2. qishloq joyidagi uy xo’jaliklari.

II. Ishlab chiqilgan ko’rsatkichlarni miqdoriy ifodalash shakli bo’yicha:

  1. kuzatuvga tegishli ma’lumotlar birlamchi ma’lumotlar asosida hisoblab chiqiladi va foizlarda keltiriladi.

III. Ijtimoiy-iqtisodiy belgilari bo’yicha:

  1. uy xo’jaliklari tarkibi;

  2. uy xo’jaligining ijtimoiy-demografik tipologiyasi;

  3. uy xo’jaliklari turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar1.

Kuzatuv yakunida aholining turmush darajasini baholash bo’yicha - pul daromadlari, pul xarajatlari, yalpi daromadlar va ixtiyorida bo’lgan boyliklar kabi ko’rsatkichlar tizimi shakllanadi.

O’z navbatida, Qozog’iston Respublikasida uy xo’jaliklari byudjeti kuzatuvi: 1999 yildan boshlab Qozog’iston statistika Agentligi tomonidan olib boridadi. Mazkur davlatda aholining turmush darajasini kuzatish va tahlil qilish bo’yicha tanlov usulida uy xo’jaliklarini ko’p bosqichli byudjet kuzatuvi joriy etilgan va tadqiqot va kuzatuvlarida jami 12 000 uy xo’jaliklari ishtirok etishi belgilangan. Respublika miqyosida tanlovning xatolik darajasi – 5 foizga yaqin, hududiy darajada esa – 7-8 foizni tashkil etishi belgilangan. Yil davomida kuzatuv o’tkazilayotgan uy xo’jaliklari almashtirilmaslik tartibi o’rnnatilgan. Lekin, tanlangan uy xo’jaliklari o’rtasida har yilda rotatsiya (20 foiz) qilinib borilishi yo’lga qo’yilgan1.

Mazkur metodikaga muvofiq asosiy intervyu yil boshida o’tkaziladi, unda jami 12 000 uy xo’jaligining ijtimoiy-demografik holati bo’yicha ma’lumotlar yig’iladi. To’rt choraklik intervyu esa chorakdan keyingi oyning 1 sanasidan 15 gacha - daromadlar va xarajatlar to’g’risida, xizmatlar va tovarlar ishlab chiqarish va boshqa ma’lumotlarni yig’ish bo’yicha o’tkaziladi.

Uy xo’jaliklari kuzatuvini o’tkazishda bir qator savol varaqalari to’ldiriladi. Jumladan, asosiy intervyu uchun yillik Savolnoma, uy xo’jaligi tarkibini nazorat qilish Kartochkasi, kunlik xarajatlarni hisobga olish Kundaligi, har choraklik daromadlar va xarajatlarni hisobga olish Jurnali, daromadlar va xarajatlar bo’yicha har choraklik savolnoma, shuningdek ilm olish, sog’liqni saqlashga imkoniyati, kambag’allik darajasi va sabablari, moddiy ta’minlanganligi, byudjetdan foydalanishi, aholini ijtimoiy jalb qilishi va boshqalar bo’yicha modullar.

Jahon Bankining metodikasiga ko’ra, uy xo’jaligining har bir a’zosi oyiga 3 470 dan 8 000 AQSH doll. gacha daromadga ega bo’lganda o’rta qatlamga mansub bo’lishi o’rnatilgan. Bunday yuqori raqamlarni faqat eng rivojlangan - AQSH, YAponiya, SHveytsariya va B.Britaniya davlatlarda qo’llash mumkin. Boshqa mamlakatlarda esa bu raqamlar nisbatan past va oddiy tarzda, jumladan Germaniyada o’rta qatlam daromadlar darajasi bo’yicha kishi boshiga oyiga 2000 AQSH doll.dan boshlanadi, bu ko’rsatkich Ispaniya va Portugaliyada - 1000 doll., Gretsiyada – 750 doll.ni tashkil qiladi, Rossiyada esa o’rta qatlamga tegishli bo’lish uchun uy xo’jaligining har bir a’zosi oyiga 500 dan 3000 dollargacha daromadga ega bo’lishi lozimligi belgilangan1. Rivoljlangan mamlakatlarda o’rta qatlam faol aholining 55-60 foizini tashkil etadi, bu ko’rsatkich ayrim mamlakatlarda yanada yuqori (SHvetsiyada 80-82 foiz). Kambag’al mamlakatlar uchun o’rta qatlamga tegishli bo’lgan mezon daromad darajasi bo’yicha bir kishiga nisbatan bir oyda 300-400 AQSH doll.ni tashkil etadi.

Ko’plab mamlakatlarda kambag’allik darajasini baholashda ko’p hollarda xalqaro mezonlardan, jumladan BMT taklifiga muvofiq bo’lgan indikatorlardan foydalaniladi. BMTRD xalqaro solishtirish jarayonlarida Jahon Bankining mezoniga asosan belgilanadi. Ushbu mezonlarga ko’ra - kishi xarid qobiliyati pariteti bo’yicha kuniga 1 AQSH dollardan kamga yashasa o’ta qashshoqlik darajasida hisoblanadi. Bu ko’rsatkich Karib havzasi mamlakatlari uchun kuniga 2 AQSH dollarini, SHarqiy yevropa va MDH mamlakatlari uchun esa - 4 AQSH dolllarini tashkil qiladi.

Ming yillik deklaratsiyasida bayon qilingan maqsadlar tomon ilgari siljishning asosiy mexanizmi – zimmasiga tegishli majburiyatlar olgan rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va donorlarning muvofiqlashgan harakatlaridir. Har bir konkret mamlakatda esa milliy rivojlanish maqsadlari keng fuqarolik jamiyati istitutlari ishtirokida demokratik muhokama sharoitida ko’rib chiqilishi va shakllantirilishi lozim.



Download 125,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish