Ijtimoiy barqaorlikni taminlash masalalari va uning tahlili



Download 125,66 Kb.
bet4/4
Sana11.03.2020
Hajmi125,66 Kb.
#42111
1   2   3   4
Bog'liq
yangi kurs ishi


III. XULOSA VA TAKLIFLAR
Milliy davlatchilikni shakllantirish, demokratik islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazish hamda bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor berish zarur. Jahondagi ko’pgina mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanish sohasidagi g’oyat boy tajribasi shundan dalolat beradi. Uning aynan keskin burilishlarida, ijtimoiy formatsiyalar almashinayotganda ijtimoiy muammolar va ziddiyatlar g’oyat keskinlashadi, milliy xavfsizlikka, fuqarolar tinchligiga va barqarorlikka tahdid soluvchi omilga aylanadi.

Jamiyatda aholi farovonligini ta’minlash ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlikning muhim omili ekan, davlatning ustuvor ijtimoiy siyosat yuritishida aholi turmush darajasi va sifatini muntazam ob’ektiv belgilash va baholash masalasi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bunda xalqaro standartlarga muvofiq bo’lgan ijtimoiy indikatorlar tizimidan keng foydalaniladi. Jumladan, aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishi ko’rsatkichi ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi ijtimoiy siyosat ishlab chiqishda muhim ko’rsatkichlarni ifoda etadi.

Ijtimoiy islohotlarda aholining turmush darajasini oshirish maqsadida, ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlarni qo’llab-quvvatlashga doir choralar ko’rish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ijtimoiy adolatni buzish, kam ta’minlangan aholining turmush tarzini yanada og’irlashtirib, jiddiy ijtimoiy ziddiyatlarga olib kelishi mumkin. SHu jixatdan, Dalatning faol ijtimoiy siyosati aholining muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash orqali mamlakatda kam ta’minlangan aholining qashshoqlashuvini oldini olishga imkoniyat yaratadi, turmush darajasi yaxshilanishi uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratadi. Bunday chora-tadbirlar aholining turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlab qolish omili bo’ladi. Bunda farovonlikni oshirishni ta’minlashda daromadlarni taqsimlanishi, jamiyatni tabaqalanishi, bandlik va boshqa omillarga bog’liqlik oshib boradi va bu omillarni kelgusida tadqiqot qilish dolzarbligini ifodalaydi.

Aholini ijtimoiy himoyalash borasida ko’rilgan chora-tadbirlar orqali aholining daromadlar darajasi bo’yicha keskin tabaqalashishi mumkinligining oldi olinmoqda. Respublikada aholining eng yaxshi ta’minlangan guruhi bilan eng kam ta’minlangan qismi olayotgan daromadlar o’rtasidagi yuqori farqi - 8 baravardir. Bu farqning 8 baravardan yuqori bo’lishi jamiyat ijtimoiy jihatdan keskin tabaqalanganligidan darak beradi.

Aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlarga bog’liq holda guruhlar (qatlamlar) asosida statistikada qayd qilib boriladi. Aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar real ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda, faol ijtimoiy siyosat o’tkazishda ularni monitoring qilish, shuningdek davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Dasturlarini tuzishda keng foydalaniladi.

SHu o’rinda aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishi jarayoni va sur’atini muntazam tahlil qilish va monitoring qilib borish lozim. Mazkur muhim indikator orqali – daromadlar bo’yicha tabaqalanish tendentsiyasini ichki va davlatlararo, mintaqaviy va global jihatdan tizimli tahlil qilish orqali, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi muammolarni yumshatish mumkin.

Har bir davlat turmush darajasini o’rganish, shu jumladan aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishini belgilash metodikasini mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari asosida ishlab chiqishi lozim. Bu albatta, yig’ilgan ma’lumotlarni real holatga muvofiqligini o’z navbatida ob’ektiv baholash imkonini beradi. SHu o’rinda, bugungi kunda farovonlikni baholashning amaldagi metodikasini mamlakatning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mos ravishda takomillashtirish lozim. Bunda, uy xo’jaligi byudjeti kuzatuvini o’tkazishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tadbirlar belgilash lozim.

Ta’kidlash lozimki, jahondagi aksariyat mamlakatlar kabi bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekistonda kam ta’minlangan aholining aksariyati umuman qashshoqlik holatida bo’lmaydi. CHunki, daromadga ega bo’lish nuqtai nazardan mamlakatdagi kam ta’minlangan aholining inson kapitali va faolligi keng imkoniyatlarga qodir.

SHu bilan birga, aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishi va uni ifodalovchi ko’rsatkichlar ijtimoiy-iqtsodiy rivojlanishda muhim omil sifatida bugungi kunda axborot-tahliliy tuzilmalar oldida turgan dolzarb vazifadir. Aholining daromadlari bo’yicha tabaqalanishini baholashdagi metodologik mezonlarda ko’plab omillarni, jumladan uy xo’jaliklarining tabiiy sharoitlari, tadbirkorlik imkoniyatlari, ko’chmas mulki va meros daromadlarini to’liq hisobini yuritish lozim.

Xulosa qilib aytganda, uy xo’jaligi byudjeti kuzatuvini o’tkazish metodikasining yetarlicha takomillashmaganligi aholining turmush darajasini baholash, ular daromadlari bo’yicha tabaqalanishi darajasini belgilashda nomuvofiq ko’rsatkichlarni shakllantirishga olib keladi.

Buning uchun, aholi turmush darajasini baholashning muhim ko’rsatkichlari, aholining daromad miqdorlari va manbalarini tizimli ravishda ijtimoiy tadqiq qilishning muvofiq metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim bo’ladi.

SHu jihatdan aholi turmush darajasi va sifatini oshirish muammolarini chuqur tizimli tadqiq qilish, aholining pul daromadlari o’sishi sur’atlari va tarkibining, bozor ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarining kompleks ijtimoiy tadqiqotlarni tashkil etish, shuningdek aholi turmush darajasini oshirish, ijtimoiy barqarorlik va muttasil ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash bo’yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:



  1. Statistika ma’lumotlari ro’yxatiga kiritilgan savollarni, shuningdek umumlashtirishga qulaylik yaratish uchun uy xo’jaligi byudjeti kuzatuvida respondentga taqdim etiladigan hujjatlar turlarini soddalashtirish masalasini ko’rib chiqish (kundaliklar, anketalar, modullar kabi);

  2. Statistika organlari tomonidan respondent uchun beriladigan eng kam ish haqining 50 foizi miqdorini jismoniy shaxslarning daromad solig’idan ozod qilish masalasini ko’rib chiqish va vakolatli organlarga tegishli takliflarni kiritish;

  3. Ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni, aholi turmush darajasi va sifatini kuzatib borish hamda tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi yetakchi xorijiy tadqiqotchilik, tahliliy markazlari va institutlarining ish tajribasini o’rganish, shu asosda undan milliy tuzilmalarning tadqiqot faoliyatida foydalanish;

  4. Davlat statistika organi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti va boshqa vakolatli idoralar tomonidan, uy xo’jaligi byudjetini ob’ektiv kuzatish imkonini beradigan mavjud metodikani muntazam takomillashtirish asosida, jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish jarayonlarini chuqur o’rganish va monitoring qilish.


FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi. T., 2017

2. Karimov I.A. “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”. – T.: O’zbekiston 2009 yil 46-bet.

3. Karimov I. A «Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida»., - T.: «O’zbekiston», 1998

O’zbekiston Respublikasi aholining farovonligini oshirish Strategiyasi. 2008-2010 yil uchun Strategiyaning to’liq hujjati. T.: - 2007.

3. O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo’mitasi ma’lumotlari. 2000-2019

4.Nazarova G. “Makroiqtisodiyot” fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish bo’yicha uslubiy qo’llanma. T: Iqtisod – Moliya, 2017, 104 b

5.Bakiyeva I., Nazarova G. “Makroiqtisodiyot” fanidan seminar darslari uchun uslubiy qo’llanma. T: Iqtisod – Moliya, 2015, 84 b.

6.Axmedov D.Q., Ishmuxamedov A.E., Jumayev Q.X., Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot. O’quv qo’llanma.T.:«O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti»,2014.-240 b


INTERNET SAYTLARI

1. www. economy faculty.uz

2. www.Ilo.uz.–Xalqaro Mehnat Tashkilotiveb-sayti.

3. www.Lex,uz – Ozbekiston respublikasi me`yoriy hujjatlari.

4. http://www.stat.uz. -O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi sayti

MUNDARIJA
I. KIRISH …………………………………………………………………..........……..2

II. ASOSIY QISM………………………………………………………….........…….5

1) IJTIMOIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA AHOLINING DAROMADLARI BO’YICHA TABAQALANISHI OMILINI BAHOLASHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI ……………………………………………......……..5

2) AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA TURMUSH DARAJASINI YUKSALTIRISH ……………………………………………………………….............…….25

3) AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISHNING O`ZIGA XOS JIHATLARI VA ISTIQBOLLARI…………………………………………………………...................…….…32

III. XULOSA…………………………………………………………….............……...39



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….43



1 Karimov I. A «Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida»., - T.: «O’zbekiston», 1998. – B. 182.

2



3 O’zbekiston Respublikasi aholining farovonligini oshirish Strategiyasi. 2008-2010 yil uchun Strategiyaning to’liq hujjati. T.: - 2007.

4



5



6



7 Karimov I.A. «2014 yil yuqori o’sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o’zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo’ladi». Halq so’zi. 19.01.2014.


Download 125,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish