IJTIMOIY BARQAORLIKNI TAMINLASH MASALALARI VA UNING TAHLILI
REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
1) Ijtimoiy barqarorlikni taminlashda aholining daromadlari boyicha tabaqalanishi omilini baholashning nazariy-uslubiy asoslari
2) Aholi daromadlarini oshirish va turmush darajasini yuksaltirish
3) Aholi daromadlarini oshirishning o`ziga xos jihatlari va istiqbollari
III. XULOSA VA TAKLIFLAR
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI
KIRISH
Ijtimoiy barqarorlikni taminlashda davlatning birinchi darajali vazifalaridan biri kuchli ijtimoiy siyosat yuritish orqali, aholi farovonligi va turmush darajasini uzluksiz oshirishdir. SHu orinda ijtimoiy barqarorlikni taminlashdagi muhim omil bu aholining daromadlari boyicha tabaqalanishidir. Ijtimoiy barqarorlikni taminlash maqsadida olib borilayotgan islohotlarda strategik belgilangan muhim vazifalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tahdid soluvchi asosiy omillarni bartaraf etish lozim.
Mazkur masalaning dolzarbligidan kelib chiqib, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov quyidagilarni keltirgan: «Ijtimoiy barqarorlikni taminlash ijtimoiy ziddiyat va tengsizliklarning ozlarini adolatsiz ravishda hamma narsadan bebahra bolib qolgan yoki haq-huquqlari kamsitilgan deb hisoblovchi butun-butun aholi guruhlari va tabaqalari vujudga keladigan darajaga borib yetmasligiga erishish demakdir»1.
SHuningdek, bu borada davlatimiz rahbari quyidagilarni takidlaydi: «Har qanday mamlakatda turli korinishdagi tengsizliklar kopaysa yoki ularning osishiga imkon paydo bolsa, ular ijtimoiy barqarorlik uchun xavf tugdiradi. Ijtimoiy muammolarning keskinligi kimlarningdir kambagalligi yoki boyligida emas, balki ushbu ijtimoiy tabaqalar ortasida haddan tashqari katta farqning paydo bolishidadir. Bu esa beixtiyor ularning qarama-qarshiligiga olib keladi».
Belgilangan vazifalaridan kelib chiqqan holda, Ozbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy sharti, aholining yashash darajasi uzluksiz va sifatini oshirib borish hisoblanadi. Bozor munosabatlarini yanada jadallashishiga shart-sharoitlarni kengaytirish yuzasidan olib borilayotgan keng kolamli islohotlar samrasida makroiqtisodiy korsatkichlar osib bormoqda, biroq shu bilan birga aholining turli qatlamlari ortasida daromadlar darajasi orasida ozgarish sodir bolmoqda, bu oz navbatida adekvat faoliyat yuritishni talab etmoqda.
Oz navbatida, belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun, respublika aholisining daromadlari boyicha tabaqalanishi jarayonlari va shart-sharotilarini oz vaqtida yoritib berishda, obektiv malumotlar yigish va tahlillar otkazishni taminlash imkonini beruvchi yondashuvlarning mavjudligi muhimdir.
Mazkur kurs ishining dolzarbligi, aholining daromadlari boyicha tabaqalanishi togrisidagi ishonchsiz malumotlarni yuzaga kelishiga imkon tugdiruvchi shart-sharoitlarni organish, shuningdek ushbu sohada monitoring olib borishning amaldagi metodikasini takomillashtirish zarurligidan iborat.
Ijtimoiy barqarorlikni taminlash muammosini tadqiq qilish yetarli darajada katta muddatni oz ichiga oladi. Hozirgi kunga qadar ushbu yonalishda ozbekistonlik va boshqa xorijiy olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bolib, unda ijtimoiy stratifikatsiyaning turli muammolari keng yoritilgan.
Jamiyatda daromadlarning taqsimlanishi muammosini dastlab organilishi A.Smit, V.Pareto, Dj.Keyns, P.Samuelson, M.Lorents, M.Veber va K.Djini kabi taniqli olimlarning mehnatlari bilan bogliq. Mazkur olimlar tomonidan ozlarining fundamental mehnatlarida, bozor sharoitlarida moddiy boyliklarni taqsimlanish qonuniyatlari yoritib berilgan va ularning turli modellari ishlab chiqilgan.
Keltirib otilgan tadqiqotlarda milliy iqtisodiy sharoitda aholining daromadlari boyicha tabaqalanishi bilan bogliq koplab omillar yoritib berilgan. Biroq, Ozbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarida va oziga xos demografiyaik xususiyatlaridan kelib chiqib keltirilgan muammoni kop tomonlama va doimiy organishni talab etadi.
Kurs ishi maqsadi:
Ozbekiston Respublikasi aholisining daromadlari boyicha tabaqalanishini baholash metodikasini takomillashtirish boyicha takliflar ishlab chiqish.
Kurs ishi vazifalari:
aholining turmush darajasini oshirish yuzasidan davlatning ijtimoiy siyosatini organish;
aholining daromadlari boyicha tabaqalanishini baholashning mavjud nazariy-uslubiy asoslarini organish;
jamiyatdagi mulkiy tabaqalanish boyicha turli davlatlarni tahlil qilish va guruhlashtirish;
aholining daromadlari boyicha tabaqalanishini aniqlash va baholash metodikasini bazi davlatlar misolida organish;
Ozbekiston Respublikasida uy xojaliklari byudjeti kuzatuvini otkazish metodikasi va uning muammolarni organish;
uy xojaliklari byudjeti kuzatuvini otkazishning amaldagi metodikasini kelgusida takomillashtirish boyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.
Kurs ishi obekti:
Ozbekiston respublikasi aholisi va uning daromadlari.
I. ASOSIY QISM
1. IJTIMOIY BARQARORLIKNI TAMINLASHDA AHOLINING DAROMADLARI BOYICHA TABAQALANISHI OMILINI BAHOLASHNING NAZARIY USLUBIY ASOSLARI
Jahon amaliyotida aholi turmush darajasi va sifatini baholashda - ijtimoiy indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Bunda, aholi jon boshiga YAIM, aholining ulushi va soni, kambagallik chegarasidan pastda yashovchilar, istemol bahosi indeksi IPTS, bolalar va onalar olimining darajasi, kelajakdagi turmushning davom etishi, YAIM dagi ijtimoiy xarajatlar ulushi va kambagallikning boshqa bir qator qoshimcha korsatkichlari organiladi (ijtimoiy muhtojlik uchun xarajatlar, boshlangich talimning kiritilishi, sogliqni saqlash tizimi, ichimlik suvining manbasi va shu kabilar).
Aholining turmush darajasi va sifatini aks ettiradigan korsatkichlarning birinchi xalqaro tizimi 1960 yilda BMT huzurida joriy etilgan. Mazkur tizimning qayta ishlangan oxirgi varianti 1978 yilda tuzilib quyidagi 12 ta asosiy korsatkichlar guruhini oz ichiga olgan:
aholining demografik tavsiflari
turmushning sanitar-gigiena sharoitlari;
oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilinishi;
uy-joy sharoitlari va istemol nematlaridan uzoq muddatli foydalanishning taminlanganligi (avtomobil, xolodilnik, televizor va xk);
talim va madaniyat;
bandlik va mehnat sharoiti;
aholining daromadlari va xarajatlari;
istemol qiymati va turmush bahosi;
transport vositalari;
jismoniy tarbiya, sport va dam olish muassasalari;
ijtimoiy taminot;
inson erkinligi.
Takidlash lozimki, Ozbekistonda kishilarning jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirilishini baholashda, aholi turmush darajasi korsatkichlari va indikatorlari belgilangan2 .
Birinchi prezidentimiz I. Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqilgan ozbek modelining besh tamoyilidan biri «islohotlar otkazish davrida aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish»ni amalga oshirishdir. Mazkur tamoyilga muvofiq, ijtimoiy siyosatning ustuvor yonalishlari ishlab chiqiladi va ularni hayotga amaliy tadbiq etishni tashkillashtiradi. Ijtimoiy siyosat orqali davlat aholi daromadlari taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqisodiyoti qatnashchilari ortasidagi nomutanosibliklarni bartaraf qilishga yonaltirilgan faoliyat yuritadi.
Ozbekistonda hukumati tomonidan otkazilayotgan ijtimoiy siyosat kam taminlanganlikni, eng avvalo, qishloq aholisi orasidagi kam taminlanganlikni qisqartirish va aholi eng oz taminlangan qatlamlar daromadini oshirishga qaratilgan. Bunda ijtimoiy qollab-quvvatlash tadbirlari tizimidagi eng asosiy yonalish - narxlar erkinligidan va inflyatsiya darajasi ortishidan kelib chiqib, daromadlarning eng kam va ortacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
Davlat ijtimoiy siyosati mohiyatining asosiy jihatlari Konstitutsiya va mamlakatning qonunlarida belgilab qoyilgan. Xususan, Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida «Davlat oz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini kozlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi» deyilgan.
Takidlash lozimki, mamlakatda qatiy iqtisodiy osishga erishishda ijtimoiy sohaning oziga xos ahamiyatligini hisobga olib, hukumat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar nafaqat qisqa muddatli, balki orta muddatli istiqbol uchun ishlab chiqiladi.
Bozor iqtisodiyoti jarayonidagi islohotlarda aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari ham takomillashmoqda. Hukumat tomonidan bu sohani tartibga solishda turli uslublarining keng vositalaridan foydalanilmoqda. Jumladan bular orasida muntazam suratda qayta korib turilgan ish haqi, pensiya, nafaqalarning miqdoridan iborat bevosita pul tolovlari ham bor. Ustuvor ijtimoiy siyosatning natijalari aholining turmush darajasini osishida, ular daromadlari va istemollari ortib borishida aks etmoqda.
Bozor iqtisodiyoti tizimidagi davlatlarda ijtimoiy siyosat yuritishdagi asosiy vazifalardan biri aholining kam taminlanganlar sonini qisqartirishdir. Aholining daromadlarini himoya qilish masalasini hal etishda ijtimoiy siyosatning muhim yonalishi, aholining kam taminlangan qatlamini qollab-quvvatlash hisoblanadi. Aholining ushbu qatlamini himoya qilishda pul va natura korinishdagi nafaqalar tizimini rivojlantirish ijtimoiy himoya qilishda hal etuvchi ahamiyatga ega. Bunday tizim bozor iqtisodiyotida bolgan barcha davlatlarda mavjud bolib, rivojlanishdagi koplab salbiy oqibatlarni yumshatuvchi muhim ijtimoiy amortizator bolib xizmat qiladi. Tirikchilik uchun minimum daromadlaridan kelib chiqib, aholining muhtoj qismi ijtimoiy yordam olish huquqiga ega. SHu jumladan, bozor iqtisodiyoti tizimidagi mamlakatlarda ushbu yordamga haqiqatda muhtoj bolgan shaxslarni aniqlash boyicha qatiy tanlaydigan tartiblar amal qiladi. Bunday tartiblar asosida aniqlashning - daromad darajasi, shaxsiy mulk miqdori, sogligining holati, oilaviy vaziyat va boshqa turli mezonlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda ijtimoiy yordam berishning turli xil shakllari qollaniladi, jumladan har xil pul nafaqalari, yordamning pulsiz shakli (masalan, oziq-oqat mahsulotiga talonlar), qariyalar uchun uy va hokazo.
Korinib turibdiki, xarid qilish qobiliyati daromadlarning barcha turlarida sezilarli darajada osgan, lekin shu orinda jon boshiga ortacha daromad miqdori va eKIH tirikchilik uchun minimum darajasiga hali yetib bormagan.
SHu bilan bir qatorda mamlakatda ratsion ovqatlanish ham yaxshilanib bormoqda. Jumladan, gosht va gosht mahsulotlar istemoli 20 foizga (1,2 kg.ga), sut va sut mahsulotlari 50 foizga (5,4 kg.ga) osgan va shu kabi boshqalar. Biroq takidlash lozimki, ayrim asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining ortacha darajasi Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan normativlardan hali ham jiddiy ravishda farq qilmoqda. Jumladan, gosht va gosht mahsulotlarini istemoli ortacha normasi 3,2 kg.ni, sut va sut mahsulotlari esa oyiga 11,2 kg.ni tashkil qiladi.
Turmush darajasini olchash uchun qollaniladigan eng kop obektiv korsatkich bolib, aholi jon boshiga YAIM hisoblanadi3. Ushbu korsatkich mamlakatni boshqa mamlakat bilan solishtirishda uning muvaffaqiyatlarini baholash uchun qulaydir. Malumotda keltirilgan korsatkichlarga asosan, bugunda Ozbekiston Respublikasi rivojlangan mamlakatlardan pastda bolmoqda, lekin uni yaxshilanish dinamikasi boyicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi (Ozbekistonning YAIM osishi yiliga 8 foiz atrofida tashkil qiladi).
Bundan tashqari, aholining turmush darajasini oshirish jarayoni ayrim muammoli masalalar bilan ham bogliqdir. Birinchidan, aholi farovonligini oshirish, mehnat ununmdorligini osishi hisobiga ifodalanishi lozim. Bugungi kunda aholi daromadlarining oshishi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi mehnat unumdorligi hisobiga taminlanayotganligi qanchalik kuzatilmoqda (yoki aksincha, ishchilarning mehnat unumdorligida ish haqining osishi qanday aks etmoqda)? Agarda ish haqining osishi respublikaning eksport qilinayotgan tovarlari asosida jahon bozorida faqat ijobiy konyuktura natijasi bolsa, u holda aholining farovonligini orta va uzoq muddatli istiqbolini qatiy oshirish imkoniyati koplab tashqi omillarga bogliq boladi.
Ikkinchidan, daromadlarning oshishi jamiyatni tabaqalanishi bilan bogliq. Ayniqsa bugungi kunda jamiyatda tengsizlik holatlari darajasi sezilarli darajada kuzatilmoqda. Bunda aholining malum qismi yanada boyidi, ular bilan kam taminlangan (kambagal) aholi guruhlari ortasida tafovut yuqori boladi. Kambagallik miqdorini xalqaro darajada olchash uchun kambagallik chizigining yagona korsatkichidan foydalaniladi. Kishi xarid qobiliyati pariteti boyicha kuniga 1 AQSH doll.dan kamiga yashasa, u ota iqtisodiy qashshoqlikda hayot kechirayotgan hisoblanadi1. Kop mamlakatlar kambagallik chizigi korsatkichini rivojlanish sharoiti va oziga xos xususiyatlari asosida ozlari belgilaydi.
Uchinchidan, jon boshiga ortacha daromad ortacha oylik ish haqi va pensiya bilan taqqoslanganda sekinlik bilan osmoqda. Buning sababi bandlik sohasidadir. Tahlilchilarning qayd etishicha, ishsizlik darajasining osishi kutilmoqda va bu aholining turmush darajasiga salbiy tasir korsatishi tabiiydir.
Tortinchidan, ish haqining uzluksiz kopayishi iqtisodiyotda pul massasini oshishiga sabab boladi va oz navbatida inflyatsiyani osishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, davlatning faol ijtimoiy siyosati aholining muhtoj qatlamini qollab-quvvatlash orqali, respublikada kam taminlangan aholining qashshoqlashuvini oldini olishga imkoniyat beradi, hamda turmush darajasi va farovonligini taminlash uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratadi. Bunda, aholi farovonligini oshirish istiqbolini (orta muddatli) taminlash - mehnat unumdorligi, moliyaviy institutlarni rivojlanishi, bandlik, jamiyatni tabaqalanishi va boshqa omillarga bogliqligi oshib boradi va kelgusida ularni tadqiqot qilish dolzarbligini ifodalaydi. Bularni amalga oshirish uchun Ozbekistonda barcha imkoniyatlar mavjud.
Ijtimoiy barqarorlikni taminlashda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar samarali otkazilishini taminlash hamda aholining farovonligini oshirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish birinchi navbatdagi vazifa sanaladi.
Ahlining daromadlar majmuasiga pul daromadlari hamda davlat tomonidan ajratiladigan bepul xizmatlar, yani sogliqni saqlash, talim, bolalarni maktabgacha tarbiyalash, transport, oziq-ovqat va shu kabi boshqalar ham kiradi. Moddiy va manaviy turmush imkoniyatlari aholining daromadlari darajasiga bogliq boladi. Daromadlar oz manbalari jihatdan farq qiladi, jumladan ish xaqining manbai - zaruriy mahsulot bolsa, renta, foyda, protsent, dividendlarning manbai - qoshimcha mahsulotdir. SHu kabi, daromadlar pul va natural shaklida bolishi mumkin.
Daromadlar yana nominal, real, shaxsiy va ixtiyorida qolgan daromad korinishlarida ham mavjud1.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga togri keladigan ortacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi ortasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bolishining asosiy sababi, bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning oz xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunda mol-mulkka, uy-joy, kochmas mulk va shu kabi moddiy nematlarga ega bolish kabi omillar asosiy oringa chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti tizimida daromadlar turli faoliyat natijasida har xil miqdorlarda olinadi va quyidagi asosiy sabablar va omillar tasirida tengsiz taqsimlanadi:
kishilarning intelektual, jismoniy, estetik qobiliyatlarining farqlanishi;
bilim va kasb tayyorgarligidagi farqlanish;
kishilarning koproq daromad olish maqsadida bir nechta joylarda, orindoshlik asosida ishlashi;
intensiv va qiyin sharoitlarda ogir mehnat qilish hoxishi va tavakkalchilik qilishga tayyorligi;
mulkka egalik qilishdagi farq;
omad, aloqalar va diskriminatsiya.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri aholi turmush darajasidagi tafovutlarning mavjudligidir. Turmush darajasi ayrim insonlar, ijtimoiy guruhlar, hududlar va davlatlar miqyosida tabaqalanadi. Bunday sharoitda davlat daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat azolari turmush darajasini oshirish boyicha muhim ijtimoiy siyosat olib borishga qaratiladi.
Aholining turmush darajasi boyicha tabaqalanishini baholashda tirikchilik minimumi aniqlanadi. Bunda tirikchilik minimumi istemol savatiga asosan belgilanadi. Istemol savatini aniqlash uchun unga kiradigan eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar guruhi belgilanadi va ularni jon boshiga istemol meyori aniqlanadi. Istemol savatini tashkil qilgan eng zarur istemol mahsulotlari va xizmatlar meyori miqdorining joriy bozor baholariga kopaytmasi tirikchilik minimumini tashkil etadi.
Aholining daromadlar boyicha tabaqalanishi tushunchasi yuzasidan koplab tariflar va yondashuvlar mavjud. Mazkur muhim ijtimoiy-iqtisodiy korsatkich jamiyat azolari ortasida moddiy va manaviy nematlarni taqsimlanishidagi tengsizlik darajasini aks ettirishi bilan xarakterlanadi.
Aholi turli guruhlari ortasida daromadlarning notekis taqsimlanishi tengsizlik darajasini ifoda etadi. Tabaqalanish iqtisodiy, demografik va ijtimoiy omillarning ozaro kompleks tasiri natijasidir. Ular ikki korinishda - daromadlar darajasi va tuzilishi boyicha yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |