284
Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yirik korxonalar respublika ixtiyoriga
o’tkazildi. Natijada sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning salmog’i 31 foizdan 55 foizga
ko’tarildi. Xo’jalikni boshqarishda iqtisodiy omillarga suyanish, mehnat manfaatdorligini
oshirish va boshqa tadbirlar o’z samarasini bermadi, chunki jamiyatda tub islohotlar o’tkazilma-
gan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan, ya’ni tabiiy boyliklardan o’rinsiz, hi-
sobsiz foydalanish, butun xalqning mehnatini haddan ortiq ekspluatatsiya qilish hisobiga 60-70-
yillarda sanoatning yangi sohalari vujudga keldi.
O’zbekistonda oltin, uran, rangli metallar ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yila boshlandi.
Energetika, kimyo sanoati rivojlandi. Sanoatning rivojlanishi natijasida yangi shaharlar:
Navoiy, Uchquduk, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod kabilar qad ko’tardi. Lekin mustamlaka
holatidagi respublikaning rivojlanayotgan iqtisodidan boshqalar ko’proq manfaatdor edilar.
So’nggi hisob-kitoblarga qaraganda bevosita Ittifoq ministrliklariga bo’ysundirilgan faqat oltin
va uranning o’zidan 15 milliard amerika dollariga teng boylik Markazga olib ketilgan. O’z-
bekistonning aksariyat shahar, qishloqlari gazlashtirilmagan holda respublikada qazib chiqaril-
gan tabiiy gaz Rossiyaning sanoat markazlariga yetkazib berildi.
50-60-yillari O’zbekistonda paxta maydonini yanada kengaytirish maqsadida qo’riq va bo’z
yerlarni o’zlashtirish
ishlari olib borilib, 1945-1985 yillari qariyib 2.400.000 gektar yangi yerlar
o’zlashtirildi. Sug’orish ishlarini yaxshilash uchun sun’iy suv omborlari qurildi.
Qishloq xo’jaligi uchun traktor, paxta terish mashinasi va boshqa texnika uskunalari tayyor-
lab berildi. Paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan birga paxta hosildor-
ligini oshirish uchun kimyoviy moddalardan cheksiz foydalanildi. Ko’rilgan tadbirlar natijasida
1970 yili respublikada paxta maydoni 1.700.000 gektarni tashkil qildi, yalpi hosil 4.495.000
tonnaga yetdi.
Yirik sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan Respublikaning Ittifoqqa bog’lanishi yana
ham kuchaydi. Prezident I.A. Karimov: «... u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga-
Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mam-
lakat qatoriga aylangan edi», deydi.
1985 yilning bahorida qishloq xo’jaligini boshqaruv tizimiga o’zgartirish kiritilib, mehnatni
tashkil etishning brigada yoki oila pudrati, ijara singari yangi shakllari joriy etildi. Lekin
markazda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruv tartibi saqlangan holda ko’rilgan tadbirlar, qayta
qurishlar natija bermadi. Jamiyatda, xususan iqtisodiyotda inqirozli holatlar kuchaya bordi.
Qayta qurish deb boshlangan qurug’ kompaniya Prezident I. Karimov ta’biri bilan aytganda,
«hamma
yoqni buzib,
baqir-chaqir, o’g’rilik, qotillikni kuchaytirdi».
XII besh yillik vazifalari ilgarigi uch besh yilliklardagi kabi bajarilmay qoldi. O’zbekistonda
milliy daromadning o’sishi 80-yillar birinchi yarmida o’rta hisobda 3,3 foizni tashkil qilgan
bo’lsa, ikkinchi yarmida bu ko’rsatgich 2,2 foizni tashkil qildi.
Paxta ekin maydonlarining o’rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli
yerning hosildorligi pasayib ketdi. Hosildorlikni oshirish uchun ekin maydonlarida haddan tashqari
ortiqcha mineral o’g’itlaridan foydalanish oqibatida bu yerlar ma’lum bir vaqtdan keyin batamom
yaroqsiz holga kelib qoldi. Qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, O’rta Osiyoning yirik daryolari
suvlaridan nazoratsiz foydalanish, o’lkada o’rinsiz ravishda sun’iy suv havzalarining qurilishi nati-
jasida Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojiasi vujudga keldi.
O’zbekistonning iqtisodiy ahvolidagi noxush holatlarning ijtimoiy oqibatlari nihoyatda og’ir
55
Do'stlaringiz bilan baham: