Ijtimoiiy fanlar


Lotin imlosidagi adabiyotlar



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   370
Bog'liq
Публикация2

Lotin imlosidagi adabiyotlar 
1.  Oblomurodov  N.,  va  boshqalar.  O`zbekiston  tarixi.  O`quv  qo`llanma.  -T.:  Yangiasr  av-
lodi, 2011. 
2. Usmovov Q. va boshqalar. O`zbekiston tarixi. Darslik. -T.: Sharq,  


Elektron ta'lim resurslari: 
1. “Xalq so‘zi” gazetasi -www info XS. Uz. 
2. “Turkiston” gazetasi - wwwturkistonsarkor.uz. 
3. “Ma'rifat” jurnali - www ma’rifat - inform. 
4. “Jamiyat va boshqaruv” jurnali - www rzultacademy freenet uz. 
5. “Moziydan sado” jurnali - www moziydostlink.Net 
6. www. Ziyo net.uz. 
285 
 
bo’ldi. O’lkaning o’ziga xos demografik holati hisobga olinmasdan davlat byudjetidan ijtimoiy 
sohaga  ajratiladigan  mablag’  qoldiq  prinsipiga  asoslanib  yildan-yilga  qisqarib  bordi.  Ta’lim-
tarbiya,  sog’liqni  saqlash,  aholiga  maishiy  xizmat  ko’rsatish  masalalarida  miqdoriy  o’sishlar 
ko’zga tashlanganligi bilan, aslida bular inson talabini qondirmas edi. Respublika bu sohalard-
agi ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi 15 respublika o’rtasida 13-14 o’rinlarda turdi. 
80-yillarda fan, madaniyat va xalq ta’limiga ajratilgan xarajatlar davlat byudjetining atigi 2,7 
foizini tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1989 yili yevropa mamlakatlarida 5,5 foizni, Afrika 
mamlakatlarida 5,4 foizni tashkil qilgan. Bolalar o’limi, oshqozon-ichak va yuqumli kasalliklar 
bo’yicha O’zbekiston SSSR da birinchilar qatorini egalladi. Aholining o’rtacha yoshi 1970 yil 
72 yosh bo’lsa, 1980 yili bu ko’rsatgich 67,7 yoshni tashkil qildi. Bunga asosiy sabab ekologik 
vaziyatning keskinlashuvi bo’ldi. Jafokash o’zbek xalqining turmush darajasi achinarli ahvolda 
bo’lib,  boshqa  respublikalar  bilan  qiyoslaganda  oxirgi  o’rinlarda  edi.  Bundan  boshqacha 
bo’lishi mumkin ham emas edi. 
Davlat  bosh  ekspluatator  rolini  bajargan  sotsialistik  tizimda  mehnat  ahli  o’z  kuchi  bilan 
yaratgan  mahsulotning  atigi  25-30  foizi  hajmidagina  haq  oldi.  Sovet  Ittifoqining  sanoat  rivo-
jlanishiga, yadro qurollarini ishlab chiqarish, koinotni o’zlashtirishdagi yutug’lariga katta hissa 
qo’shgan  O’zbekistonning  million  tonnalab  paxtasi,  ming  tonnalab  oltin,  kumush,  uranlari 
uchun Markaz u bilan nohaq, surbetlarcha, adolatsiz hisob-kitob qildi. O’sha davrning mehnat 
ilg’orlari sovet tizimidagi sotsial siyosatning og’ir oqibatlarini hali ham ko’rishyapti. 
«SHaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat»ning oqibatlari: 
Totalitar tizim jarayonida o’lkadagi madaniy-ma’rifiy ishlar e’tibordan chetda qolmadi. 20-30-
yillarda savodsizlikni tugatish, ta’lim-tarbiya ishlari astoydil qo’lga olindi. 1941 yili O’zbekistonda 
5.504 maktab bo’lib, ularda 42.000 o’qituvchilar dars berdi, 1 mln. 315 ming o’quvchi ta’lim oldi. 
Sanoat  ishlab  chiqarishining  ishchi  kadrlarga  talabini  qondirish  uchun  fabrika,  zavodlar  qoshida 
maxsus o’quv yurtlari ochildi. 
O’rta  Osiyoda  oliy  ta’limning  beshigi,  hozirgi  O’zbekiston  Milliy  Universiteti  bir  qancha 
oliy o’quv yurtlariga asos bo’ldi, 1940 yili respublikada 30 ta oliy, 100ga yaqin o’rta maxsus 
o’quv yurtlari ishlab turdi. 
1943 yilda tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi va uning ilmiy tekshirish institut-
larida  fanning  turli  sohalari:  ayniqsa  kimyo,  fizika,  elektronika,  tarix,  arxeologiya  va  boshqa 
fanlar rivojlandi. 
20-30-yillarda adabiyot va san’at sohasida jahonga mashhur yozuvchilar va shoirlar yetishib 
chiqdi. Teatr va kino san’ati o’zining dastlabki qadamlarini qo’ydi. Madaniy-oqartuv muassa-
salarining soni ortib bordi. 
Achinarlisi shundaki, respublikada ta’lim-tarbiya, madaniy-ma’rifiy ishlar «SHaklan milliy, 
mazmunan sotsialistik» shiori ostida olib borildiki, asl maqsad «baynalmilalchilik» niqobi bilan 
pardalanib, o’lkaga rus madaniyatini, ularning turmush tarzini tarqatishdan iborat bo’ldi. 1938 
yil 19 martda O’zbekiston rahbariyati milliy maktablarda majburan rus tilini o’qitish to’g’risida 
qaror qabul qildi. O’qishlar va idoralarda ish yuritishlar 1929 yildan boshlab lotin, 1940 yildan 
boshlab kirill alifbosida olib boriladigan bo’ldi. Bularning oqibatida ko’p asrlar davomida arab 
alifbosida yaratilgan tariximiz, madaniyatimizni o’rganishdan respublikaning tub aholisi mah-
rum  bo’ldi.  1927  yili  o’tkazilgan  «Hujum»  harakati  oqibatida  o’zbek  xotin-qizlari  jahon  ta-
raqqiyotiga  tortilgan  holda,  ikkinchi  tomondan,  ular  industriyalashtirish  girdobiga  keng  jalb 


284 
 
Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yirik korxonalar respublika ixtiyoriga 
o’tkazildi.  Natijada  sanoat  mahsuloti  ishlab  chiqarishning  salmog’i  31  foizdan  55  foizga 
ko’tarildi.  Xo’jalikni  boshqarishda  iqtisodiy  omillarga  suyanish,  mehnat  manfaatdorligini 
oshirish va boshqa tadbirlar o’z samarasini bermadi, chunki jamiyatda tub islohotlar o’tkazilma-
gan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan, ya’ni tabiiy boyliklardan o’rinsiz, hi-
sobsiz foydalanish, butun xalqning mehnatini haddan ortiq ekspluatatsiya qilish hisobiga 60-70-
yillarda sanoatning yangi sohalari vujudga keldi. 
O’zbekistonda  oltin,  uran,  rangli  metallar  ishlab  chiqarish  keng  yo’lga  qo’yila  boshlandi. 
Energetika,  kimyo  sanoati  rivojlandi.  Sanoatning  rivojlanishi  natijasida  yangi  shaharlar: 
Navoiy,  Uchquduk,  Zarafshon,  Zafarobod,  Nurobod  kabilar  qad  ko’tardi.  Lekin  mustamlaka 
holatidagi  respublikaning  rivojlanayotgan  iqtisodidan  boshqalar  ko’proq  manfaatdor  edilar. 
So’nggi hisob-kitoblarga qaraganda bevosita Ittifoq ministrliklariga bo’ysundirilgan faqat oltin 
va  uranning  o’zidan  15  milliard  amerika  dollariga  teng  boylik  Markazga  olib  ketilgan.  O’z-
bekistonning aksariyat shahar, qishloqlari gazlashtirilmagan holda respublikada qazib chiqaril-
gan tabiiy gaz Rossiyaning sanoat markazlariga yetkazib berildi. 
50-60-yillari O’zbekistonda paxta maydonini yanada kengaytirish maqsadida qo’riq va bo’z 
yerlarni o’zlashtirish ishlari olib borilib, 1945-1985 yillari qariyib 2.400.000 gektar yangi yerlar 
o’zlashtirildi. Sug’orish ishlarini yaxshilash uchun sun’iy suv omborlari qurildi. 
Qishloq xo’jaligi uchun traktor, paxta terish mashinasi va boshqa texnika uskunalari tayyor-
lab berildi. Paxtachilikning moddiy texnika bazasini mustahkamlash bilan birga paxta hosildor-
ligini oshirish uchun kimyoviy moddalardan cheksiz foydalanildi. Ko’rilgan tadbirlar natijasida 
1970  yili  respublikada  paxta  maydoni  1.700.000  gektarni  tashkil  qildi,  yalpi  hosil  4.495.000 
tonnaga yetdi. 
Yirik sanoat korxonalarining vujudga kelishi bilan Respublikaning Ittifoqqa bog’lanishi yana 
ham  kuchaydi.  Prezident  I.A. Karimov:  «...  u  paytda  O’zbekiston  bir  yoqlama  iqtisodiyotga-
Markazga  butunlay  qaram,  izdan  chiqqan  iqtisodiyotga  ega  bo’lgan  yarim  mustamlaka  mam-
lakat qatoriga aylangan edi», deydi. 
1985 yilning bahorida qishloq xo’jaligini boshqaruv tizimiga o’zgartirish kiritilib, mehnatni 
tashkil  etishning  brigada  yoki  oila  pudrati,  ijara  singari  yangi  shakllari  joriy  etildi.  Lekin 
markazda ma’muriy buyruqbozlik boshqaruv tartibi saqlangan holda ko’rilgan tadbirlar, qayta 
qurishlar  natija  bermadi.  Jamiyatda,  xususan  iqtisodiyotda  inqirozli  holatlar  kuchaya  bordi. 
Qayta  qurish  deb  boshlangan  qurug’  kompaniya  Prezident  I.  Karimov  ta’biri  bilan  aytganda, 
«hamma yoqni buzib, baqir-chaqir, o’g’rilik, qotillikni kuchaytirdi». 
XII besh yillik vazifalari ilgarigi uch besh yilliklardagi kabi bajarilmay qoldi. O’zbekistonda 
milliy  daromadning  o’sishi  80-yillar  birinchi  yarmida  o’rta  hisobda  3,3  foizni  tashkil  qilgan 
bo’lsa, ikkinchi yarmida bu ko’rsatgich 2,2 foizni tashkil qildi. 
Paxta ekin maydonlarining o’rinsiz kengaytirilishi va agrotexnika qoidalarining buzilishi tufayli 
yerning hosildorligi pasayib ketdi. Hosildorlikni oshirish uchun ekin maydonlarida haddan tashqari 
ortiqcha mineral o’g’itlaridan foydalanish oqibatida bu yerlar ma’lum bir vaqtdan keyin batamom 
yaroqsiz  holga  kelib  qoldi.  Qo’riq  va  bo’z  yerlarni  o’zlashtirish,  O’rta  Osiyoning  yirik  daryolari 
suvlaridan nazoratsiz foydalanish, o’lkada o’rinsiz ravishda sun’iy suv havzalarining qurilishi nati-
jasida Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi va XX asrning eng yirik Orol fojiasi vujudga keldi. 
O’zbekistonning iqtisodiy ahvolidagi noxush holatlarning ijtimoiy oqibatlari nihoyatda og’ir 
55 
 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish