286
qilinib, o’zlarining tabiiy burchlarini bajarish hamda sharqona fazilatlaridan mahrum bo’ldilar.
Madaniy-ma’rifiy muassasalar kompartiyaning g’oyalarini, sotsialistik mafkurani omma o’r-
tasida keng tarqatish yuzasidan faol ishlar olib bordi.
Fashizmga qarshi urush yillari izdan chiqqan ta’lim-tarbiya ishlari, madaniy-oqartuv muassa-
salari urushdan keyingi yillarda qayta tiklandi va kengaytirildi. 1970 yili respublikada 2977 ta klub
muassasalari, 5822 ta kutubxonalar, 26 ta muzey, 3988 ta kinoqurilmalar ishlab turdi. Lekin, amalda
bu muassasalarning bir qismi statistik axborotlarda oshirib ko’rsatilgan, boshqa qismi har xil sabab-
larga ko’ra qoniqarsiz bo’lib, moliyaviy yordamga muhtoj, ayniqsa, qishloq joylarda tashlandiq ah-
volda edi. Qanday bo’lmasin bu muassasalar marksizm-leninizm soxta g’oyalarini, sotsialistik
qurilish amaliyotini tashviqot-targ’ibot qilishning quroli bo’lib xizmat qildi.
Urushdan keyin majburiy 7 yillik, 1959 yildan 8 yillik, 1970 yildan boshlab 10 yillik ta’lim
amalga oshirila boshlanadi. 1980 yillarda o’rta va oliy ta’lim tarmoqlari kengayib bordi. 1990 yil
O’zbekistonda maktablar soni 9.000 ga yetdi, lekin ulardan 1.700 tasi vayrona ahvolda bo’lib,
kapital ta’mirlashni talab qilar edi. 1978-79-o’quv yilida respublikada 43 ta oliy o’quv yurti
bo’lib, bularning kunduzgi, sirtqi, kechki bo’limlarida 26.000 talabalar o’qidi. Respublika Fanlar
Akademiyasida ilmiy-tadqiqot institutlarining qatori kengayib, ularda yirik olimlar ilmiy izlanish
ishlarini olib bordilar.
Talabalar, oliy ma’lumotli mutaxassislar, ilmiy xodimlarning soni jihatdan 10.000 kishiga
hisoblaganda O’zbekiston ilg’or mamlakatlar qatorida tursa ham kadrlar tayyorlash tizimida
qo’pol nuqsonlar bor edi. Oliy o’quv yurtlariga viloyatlardan qat’iyan reja asosida qabul qilish:
qanday o’qimasin, ularni bitirtirib chiqarish natijasida ko’pincha malakasi yetarli bo’lmagan
mutaxassislarga diplom berishga to’g’ri keldi.
Ta’lim-tarbiya, ilmiy-tadqiqot ishlarining miqdoriy ko’rsatkichlari qanchalik yuqori bo’lma-
sin, ular Markazga qaramligi sababli o’zlarining ish faoliyatida kompartiya mafkuraviy tazyiqi-
dan chetga chiqolmadilar. O’quv dasturlari, ayniqsa ijtimoiy fanlar haddan tashqari siyosat-
lashtirildi. O’tmishda dunyoga mashhur bo’lgan, jahon fanining rivojlanishiga katta hissa qo’sh-
gan ajdodlarimiz nomi esga olinmadi, millatimizning boy tarixi va adabiyoti o’qitilmadi.
CHunki, maktab, oliy ta’lim tizimining asl maqsadi O’zbekiston misolida butun jahonga sovet
davlati milliy siyosatining tantanasini ko’rsatishdan boshqa hech narsa emas edi. Bu tizim re-
spublikaning Markazga qaramligini yana ham kuchaytirdi.
Markazning baynalmilalchilik siyosati aslida mamlakatda istiqomat qiluvchi 120 dan ortiq
millatlar va elatlardan yagona sovet xalqini shakllantirish siyosatini ro’yobga chiqarish uchun
jadal ishlarni olib bordi. SHu maqsadda rus tilini hayotga kiritish faollashdi. 1969 yildan bosh-
lab O’zbekistonning barcha bolalar bog’chalarida rus tilini o’rgatish boshlandiki, butun harakat
yagona baynalmilal til yaratishga qaratildi. Bunday siyosatning oqibatida o’zbek tilining jami-
yatdagi o’rni, milliy, diniy qadriyatlari yo’qola bordi.
Sovet hukumati dastlabki kunlardan boshlab dinga, diniy tashkilotlarga qarshi keng
miqyosda kurash olib borib, ateistik jamiyat qurish tomon yo’l tutgan edi. Machit va ma-
drasalarni yopib, ularning binolaridan boshqa maqsadlarda foydalanildi. Navro’z kabi umumx-
alq bayrami, diniy marosimlar bekor qilindi. Haj safariga boradigan musulmonlarning soni har
yili butun O’zbekistonda ikki-uch kishidan oshmasdi. Ruhoniylarning ko’pchiligi har xil baho-
nalar bilan qamoqqa olindi, surgun qilindilar. Din va diniy tashkilotlarni ta’qib qilib, dindor-
larga nisbatan ko’r ko’rona munosabat qanchalik faol olib borilmasin, ularning e’tiqodini
53
2003.
50. Sharafiddinov O. Istiqlol fidoiylari. -T.: CHo‘lpon, 1993.
51. Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. -T., Fan, 2001.
52. Sharifxo‘jayev M., Rahimov F. Davrni belgilar bergan inson. -T.: Sharq,2004.
53. Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdihayoti tafsilotlari. -
T.: Yozuvchi, 1999.
54. Eshov B.J. Sivilizatsiya tizimida ilk shaharlar. Toshkent, Zar qalam,2004.
55. Eshov B. Qadimgi davlatchilik va urbanizatsiya (tarixiy lavhalar). -T.:Mumtoz so’z,
2010. -B.108.
56. Shomiy Nizomiddin. Zafarnoma. -T.: O‘zbekiston, 1996.
57. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. -T.: Yulduzcha, 1990.
58. Yunusova X.E. O‘zbekistonda sovet davlatining milliy siyosati va uning
oqibatlari (XX asr 80-yillari misolida). -T., Zar qalam, 2005. 7, 75.
59. Yunusova X.E. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va ma'naviyjarayonlar (XX asr
80-yillari misolida). -T., Abumatbuot-konsalt, 2009.10,23 b.t.
60. Yazdiy Sh. Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997.
61. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari -T.: Sharq, 2001.
62. O‘zbekiston Respublikasi: Mustaqil davlatning bunyod bo‘lishi. -T.:O‘zbekiston, 1992.
63. Qoraqalpog‘iston tarixi (1917-1994 yy.). Nukus, 1995.
64. Qurbonov I. Qatag‘on qurbonlari. -T.: O‘zbekiston, 1992.
65. Hasaniy M. Turkiston bosqini. -T.: Nur, 1992.
66. Haydarov M., Rajabov Q. Turkiston tarixi. -T., Universitet, 2002.
67. Hayitov Sh. O‘zbek muhojirligi tarixi (1917-1991 yy.). -T.: Abu-MATBUOT KON-
SALT. 2008. -B. 208.
68. Xojaniyozov G‘. Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari (mil.avv. VIasrdan IV asrgacha).
-T., 2007.
69. Xudoyberganov Q. Xiva xonlari tarixidan. -T., 2007.
70. Xoliqova R. Rossiya-Buxoro: tarix chorrahasida (XIX asrning ikkinchiyarmi - XX asr
boshlari). - Toshkent. 2005. - B. 240.
71. Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. Uch jildlik. -T.: G‘afur G‘ulom, 1984.
72. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Ikki jildlik. -T.: Mehnat, 1992.
73. Ipak yo‘li afsonalari. -T.: Fan, 1993.
74. Yo‘ldoshev N. Bahovuddin Naqshband. Buxoro, 1993.
75. Muhammadjonov A. Qadimgi Toshkent. -T.: Fan, 1988.
76. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. -T.: Fan, 1991.
77. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.1-12. -T.: O‘zME davlat ilmiynashriyoti, 2000-
2006.
78. Hasan Ato Abushiy. Turkiy qavmlar tarixi. -T.:CHo‘lpon, 1993.
Do'stlaringiz bilan baham: