222
O’g’uzlar ham qom (shomonlik) diniga sig’ingan. X asrdan islomni qabul qila boshlagan.X
asrning birinchi choragida O’g’uzlar davlati parchalanish sari yuz tutadi. Buning asosiy sababi
shimoli-sharqda qo’zg’algan qipchoqlarning bergan zarbalari bo’ldi. Ularning bir qismi hozirgi
janubiy Rossiya dashtlariga o’rnashadi. Qolgan qismi avval Movarounnahrga kirib boradi, un-
dan janubi g’arbga siljib, yangi sulola-saljuqlar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlari hudud-
larini egallaydi.
Ma’lumotlar ko’rsatishicha, arablar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonning
yerli aholisi o’z mustaqilligi uchun tinimsiz kurash olib borganlar. Shu bois istilochilar har
doim qo’rquv va tahlikada bo’lganlar va maqalliy xalq ichidan chiqqan hukmdorlarning
markaziy xalifalikda ta’siri ham kuchli bo’lgan. Abbosiylar hukmronlik qilgan davrdan qariyb
ellik yil mobaynida davlatni idora qilishning mas’ul lavozimlari Balxdan chiqqan barmoqiy-
larning qo’lida bo’lganligi yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Ayni vaqtda hukmdorlar yerli
aholi vakillarining faollashuvidan ham o’ta darajada qo’rqar edi. Masalan, 786-809 yillarda
xalifalikni boshqargan Xorun ar
-Rashidning barmoqiylar xonadiniga qaqshatgich zarba ber-
ganligini shu ma’noda tushunsa bo’ladi. U hatto o’ziga yaqin bo’lgan qishloqlarni ham qirib
tashlagandi. Hokimiyat tepasiga barmoqiylar o’rniga tohiriylar keladi. Ular Xurosonning yirik
yer egalaridan bo’lib, bu sulolaning asoschisi ToHir ibn Husayn edi. Tohir 809-813 yillarda
Xorun ar–Rashidning o’g’illari Ma’mun va Aminlar o’rtasidagi xalifalik taxti uchun kurashda
Xuroson noibi Ma’munning g’alabasini ta’minlashda ko’maklashgandi.
Buning evaziga Ma’mun Tohirni 821 yilda Xuroson noibi etib tayinladi. U davrda Mova-
rounnahr ham Xuroson tarkibiga kirgan. Tohir noiblikni mustaqil davlat qilish uchun harakat
qildi. Buni jome masjidida juma xutba nomozidan xalifa nomining olib tashlanishidan sezish
mumkin. Tohirning o’g’li Abulabbos Abdulloq noibligi davrida (830-844) noiblik rasman xali-
falikka vassal bo’lsa-da, amalda mustaqil davlatga aylanib poytaxtni ham Marvdan Nishopurga
o’tkazdi. Bunga asosiy sabab noiblikda tez-tez sodir bo’layotgan xalq qo’zg’olonlari edi. Ana
shunday qo’zg’olonlardan eng kuchlisi 806 yilda arab lashkarboshisi Rafi ibn Lays bosh-
chiligida sodir bo’lib, u Qashqadaryo, Buxoro, Shosh, Xorazm kabi vohalarni qamrab oladi.
Qo’zg’olonchilar hattoki Samarqandni egallaydi. Xalifa Ma’mun bu harakatning xalifalik
uchun o’ta xavfliligini anglab, uni bostirish uchun barcha vositalarni ishga soladi. Nihoyat,
qo’zg’olonning 810 yilda bostirilishida Somon ibn Asad faollik ko’rsatadi. Uning bostirilishida
Somonning o’g’illari Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyoslar ham ishtirok etgandi. Hududimiz vakil-
lari bo’lgan Somon ibn Asad va farzandlari xizmati evaziga xalifa Ma’mun Nux ibn Asadni
-
Samarqandga, Aqmad ibn Asadni
-Farg’onaga, Yahyoni
-Shosh va Usrushonga, Ilyosni
-Hirotga
noib etib tayinladi. Ana shu tariqa Movarounnahrda somoniylar sulolasi qaror topdi.
Yana shuni qayd etish zarurki, 873 yilda Buxoroni tohiriylarning so’nggi vakili Muhammad
ibn Tohir bosib olgan edi va xalqqa nisbatan zulmni kuchaytirdi. Buxoro xalqi Muhammadga
qarshi qo’zg’olon ko’tardi. Shahar amaldorlari
Nasr ibn Ahmadga murojaat etib, somoniylardan
Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Ko’pdan beri Buxoroni o’ziga qo’shib olishni re-
jalashtirib yurgan Nasr bu taklifga ko’ra ukasi Ismoilni Buxoro noibi qilib jo’natadi. Ismoil
Buxoro qo’zg’olonini bostiradi va Buxoro somoniylar tasarrufiga o’tadi. Muhammad esa
Buxorodan chiqarib yuboriladi. Ismoil Somoniy esa Buxoro hukmdori bo’lib qoladi.
2. Biroq aka-uka o’rtasidagi qo’sh hokimiyatchilik uzoqqa bormadi. Natijada Nasr va Ismoil
o’rtasida harbiy to’qnashuv sodir bo’lib, 888 yilda ukasi akasi ustidan g’olib chiqadi. 892 yil-
117
Do'stlaringiz bilan baham: