Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/193
Sana18.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#457086
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   193
Bog'liq
14-SON TO\'PLAM

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON 
132 
To'rtinchisi — davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqarish tamoyili. 
Amir Temurning hukmronligi to'ra va tuzukka, ya'ni davlat va huquqqa tayangan holda amalga 
oshirildi. Shuning uchun ham uning kuch va qudrati beqiyos bo'ldi. Amirlar, vazirlar, sipoh, 
raiyat (omma) hammasi o'z vakolatlariga — huquq va burchlariga ko'ra harakat qildi. Bu yerda 
biz Amir Temur davlatini faqat harbiy diktaturaga emas, ko'proq huquqiy davlat tamoyillariga 
asoslanganini ko'ramiz. 
Beshinchisi — amirlar va sipohiylar bilan yaxshi munosabatda bo'lish, ularga izzat va 
hurmat ko'rsatib, martaba va unvonlarini hurmatlash tamoyili. Oltinchisi — adolat va insof 
bilan ish ko'rish, gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat qilish- tamoyili. «Haqqoniyat 
yuzasidan hukm chiqardim», — deb yozadi Amir Temur. Yettinchisi — sayyidlar, ulamoyu 
mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni e'tiborli shaxslar deb izzat va hurmat qilish 
tamoyili. Ular bilan suhbatda bo'lgan hamda ulardan maslahatlar so'ragan. Aksincha, buzuqi 
va og'zi shaloq g'iybatchi odamlarni o'z majlisiga yaqinlashtirmagan, ularning gaplariga quloq 
solmagan. 
Sakkizinchisi — azmu jazm bilan ish tutish, ya'ni qanday ishni amalga oshirishga qaror 
qilgan boisa, unga butun vujudi bilan kirishib, oxiriga yetkazish tamoyili. Nimaiki degan bo'lsa, 
unga 
amal 
qilgan. 
Odam 
Atodan 
Hotam 
ul-anbiyo 
(payg'ambarning 
oxirgisi 
Muhammad)gacha o'tgan shohlar va payg'ambarlarning ishlarini, qonun va qoidalarini 
surishtirgan, o'rgangan va yaxshi tomonlarini qabul qilgan. 
To'qqizinchisi — raiyat (oddiy xalq) hol-ahvolidan doimo ogoh bo'lish tamoyili. Ularning 
ulug'larini og'a qatorida, kichiklarini esa farzand o'rnida ko'rgan. Har shahar va qishloqning 
urf-odatiga, qonun va qoidalariga hurmat bilan qaragan. 
O'ninchisi — turku tojik, arabu ajamning turli toifalaridan o'z panohiga kirgan kishilarga 
hurmat bilan qaragan. Do'stlik qilgan kishilarga nisbatan muruwat, ehson, izzatu ikrom 
haqqini ado etgan. Kimki dushmanlik qilib, keyin undan pushaymon bo'lib, tavba qilgan 
bo'lsa, dushmanligini unutgan. Unga muruvvat ko'rsatgan. 
O'n birinchisi — farzandlar, qarindoshlar, oshna-og'ayni, qo'ni-qo'shnilar va u bilan 
do'stlashgan kishilarni davlat martabasiga erishganda ham ularni unutmagan. Ularga hamma 
vaqt birdek izzat va hurmat ko'rsatgan. Do'stu dushman bilan kelishib yashagan. 
O'n ikkinchisi — do'st-dushmanligiga qaramay, har joyda ham sipohiylarni hurmat qilgan. 
Temur, saltanat ishlarida to'rt narsaga amal qilgin, ya'ni: 1) kengash; 2) mashvaratu 
maslahat; 3) qat'iy qaror, tadbirkorlik va hushyorlik; 4) ehtiyotkorlik. Amir Temur hukumatni, 
xususan, vazirlarni tanlashga katta e'tibor beradi. Uning fikriga ko'ra, vazirlikka da'vogar shaxs 
to'rt sifatga ega bo'lishi kerak. Birinchisi — asillik, toza nasllik; ikkinchisi — aql-farosatlilik; 
uchinchisi - sipohi raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo'lishlik; 
to'rtinchisi - sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Sohibqiron kimda-kim ana shu to'rt sifat egasi 
bo'lsa, uni vazir yoki maslahatchi etib tayinlash mumkin deb hisoblagan. Mamlakat ishlarini, 
raiyat va sipoh ixtiyorini unga ishonib topshirsa bo'ladi, deydi u. O'z navbatida u hukmdor 
tomonidan bunday vazirga to'rt imtiyoz berish kerak, deb hisoblaydi: ishonch, e'tibor, ixtiyor 
va iqtidor. Ana shunday ikki tomondan ko'rsatilgan sifatlar va imtiyozlar berilgandagina vazir 
o'z vazifasini mustaqil, ishonchli bajaradi, deb hisoblaydi Amir Temur. 
Sohibqironning fikriga ko'ra, agarda vazir uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, 
o'ziga yoqmagan kishilarni yo'qotish payida bo'lsa, bundaylarni vazirhkdan tushirish lozim. 



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish