Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/193
Sana18.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#457086
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193
Bog'liq
14-SON TO\'PLAM

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON 
128 
tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar‖ ,- 
deyiladi. 
Amir Temur davlatida bu kabi huquq manbalarining mavjudligi, ularning harakati, 
bajarilishi va rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratning bo‘lishi, shubhasiz, qonunchilikni 
mustahkamlashga xizmat qilgan. Agar sipohiy qo‘l ostidagi kishiga zulm o‘tkazsa, bunda u 
xizmat doirasidan tashqari chiqqan sanalib, sipohiyning o‘zi jabrlanuvchilarga topshirilgan. Bu 
holda jabrlanuvchi sipohiyni hohlagancha jazolashi mumkin bo‘lgan. Agar katta va mahalliy 
boshliqlar o‘z vakolatlari doirasidan chiqib, o‘zlaridan kichik darajadagi kishilarga zulm 
o‘tkazsalar, ularga mol-mulkiga qarab jarima solish nazarda tutilgan. Shuningdek, dorug‘a va 
shahar voliylari hokimlari xalqqa jabr-zulm qilsalar, ularni ham jinoyatlariga mos ravishda 
jazoga tortish nazarda tutilgan. 
―Tuzuklar‖da biror kishining aybi isbotlanganda, unga nisbatan faqat bitta jazo 
qo‘llanilishi, ya‘ni agar jarima solinsa, darra bilan urmaslik, darra bilan urilsa, jarima solmaslik 
to‘g‘risida gapiriladi. Bu kabi jazolash usullari Temur davridayoq, aynan bir jinoyat uchun ikki 
marotaba jazoga tortish mumkin emasligi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlanganligini ko‘rish 
mumkin. Yuqoridagilar bilan birga, bir kishining mol-mulki zo‘rlik bilan tortib olinganda, 
uning mulkini qaytarib olib berish bilan cheklanilgan. Badanga jarohat yetkazish bilan bog‘liq 
harakatlar: tishni sindirish, ko‘zni ko‘r qilish, quloq va burunni kesish, sharob ichish, zino 
qilish, ya‘ni eriga bevafolik qilish kabilar jinoyat hisoblanib, shariat qozisi yoki ajrim 
chiqaruvchi qoziga olib borib topshirilgan. 
―Tuzuklar‖ da faqat bir o‘rinda, ya‘ni mamlakatlar, qo‘shinlar va aholi ahvolidan 
xabardor bo‘lib turish tuzugida tan jazosi va qatl etish to‘g‘risida ochiq-oydin yozilgan. Boshqa 
hollarda iloji boricha o‘lim jazosini qo‘llamaslik yoki uni qo‘llash borasida shoshmaslik va 
odillik bilan ish ko‘rish to‘g‘risida so‘z yuritiladi: ―Saltanat saroyining ishonchli va e‘tiborli 
kishilari bo‘lmish vazirlar xususida shunday buyruq berdim, agar saltanat ishlarida ular xiyonat 
etsalar, saltanatni ag‘darishga jazm qilgan bo‘lsalar ham, ularni o‘ldirishga shoshilmasinlar. 
Avvalambor ularni ayblovchi va xabar yetkazguchilarning kimligini tekshirib ko‘rsinlar‖. 
Shuning uchun Temur vazirlarni tanlashda ularning to‘rt xislatlarini e‘tiborga olib, vazir etib 
tayinlaganligini ko‘rish mumkin. 
―Tuzuklar‖dan ko‘rinishicha, har bir chegara, shahar va viloyatga xabarchi kotiblar 
tayinlangan bo‘lib, ularga o‘z joylaridagi voqea-hodisalar haqidagi xabarlardan doimo voqif 
etib turish vazifasi yuklatilgan, agar bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar haqida xabarlarni yozmasalar, 
ularga barmoqlarini kesish yoki yolg‘on xabar bersalar, qo‘shinga tegishli ishlarni yashirsalar, 
qo‘llarini kesish kabi tan jazosiga tortishga hukm etilgan. Amir Temur adolatparvar hukmdor 
sifatida tuhmat yoki g‘araz maqsadlarda yolg‘on xabarlar orqali hech kimni jazolamaslikka 
harakat qilgan, bunday shaxslarning o‘zi odatda qatl etishga hukm etilgan, shuningdek, 
mamlakatda bekorchi, ishsizlar, xususan gadoylar va tilanchilar sonini kamaytirishga harakat 
qilgan. Bu borada gadoylar va tilanchilar majburiy ishga jalb etilgan, agar shundan keyin ham 
o‘z harakatlarini davom ettirsalar uzoq mamlakatlarga sotib yuborish yoki badarg‘a qilish kabi 
jazolarni qo‘llagan. Bu bilan Amir Temur mamlakatda bekorchilik va u orqali kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan turli jinoyatlarga jumladan qaroqchilik, bosqinchilik, o‘g‘rilikka qarshi 
kurashganligini ko‘rish mumkin: ―Yo‘l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlansinlarki, yo‘llarni 



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish