IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
130
davlat asoschisi sifatida qadrlidir. U davlat poydevorini qurgan, davlatning huquqiy asoslarini
barpo etgan. Uning davlatchilik borasidagi fikrlari nafaqat o‘z davri, balki kelgusi avlodlar
uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, Burxoniddin Marg'inoniyning «Hidoya» to'plami bu
mazhabning asosiy shariat qo'llanmasi sifatida qabul qilingan edi. Hanafiya qonunlari nisbatan
yumshoqroq va qulayroqligi, xalqlarning mahalliy an'analarini e'tiborga olganligi sababli
mamlakatimiz hududida mustahkam qaror topgan edi. Unga binoan mahalliy huquq
normalari (huquqiy odatlar) shariat bilan moslashtirilib, muvofiqlashtirilib joriy etilgandi. Shu
tariqa, islom huquqi mazkur davrda o'zgarishsiz, bir xilda amalda bo'lgan, deb bo'lmaydi.
Chunki bu yerda islom huquqi xuddi «Temur tuzuklari» singari dunyoviy qonunchilik
normalari bilan to'ldirib borilgan.
Davlat harbiy monarxiya davlati bo'lganligidan armiya va aholining unda xizmat qiluvchi
tabaqasi turk va turk-mo'g'ul urug'laridan chiqqan kishilardan tashkil topib, qadimiy turk
huquqiy odatlari (to'ralar) huquqning ikkinchi manbayi vazifasini bajardi. Ayniqsa, davlat
boshlig'ini saylash, armiya va uning tuzilishi hamda ta'minoti, oila va nikohning ba'zi
masalalari, masalan, yesirlik, shuningdek, suvdan foydalanish borasida ko'plab huquqiy
odatlar mavjud bo'lgan . Keyinchalik, «Tuzuklar» yozilganida bu odatlar, harbiy qurilishga oid
masalalar yozma qonunchilik bilan mustahkamlangan.
Temur va tefnuriylar davlatining eng muhim huquqiy manbayi «Temur tuzuklari»
bo'lgan. Uni konstitutsiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan hujjat deb atash mumkin. Chunki unda
davlat hokimiyati va idora organlarining tuzilishini, ularning vazifalarini, sud, harbiy va moliya
tizimini tartibga soluvchi normalar o'z ifodasini topgan. Huquqshunos olim Z.Muqimov
«Temur tuzuklari»ning huquqiy jihatlarini ko'rsatib, quyidagilarni ta'kidlaydi: «Undagi huquqiy
normalarni hozirgi zamon huquq tarmoqlari bo'yicha guruhlantirganda quyidagicha holatni
ko'rish mumkin: a) davlat huquqiy normalari — davlat boshlig'i, vazirlar, devonlar (tarmoq
boshqaruv organlari), devonbegi, davlatni boshqarish prinsiplari (mashvarat, kengash,
maslahat, to'ra va tuzukka asoslash), mahalliy boshqaruv, harbiy va fuqaro boshqaruvini
amalga oshirish maqsadida chegara viloyatlarini suyurg'ol qilib berish va hokazo; b) fuqarolik
va moliya huquqi normalari — yer, mulkning shakllari: suyurg'ol, iqta, tanho, ularni berish
tartibi, bunday mulklarni olganlarning majburiyatlari, omonatlar, soliqlar, jangda yarador va
halok bo'lgan askarlar ta'minoti va boshqalar; d) jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi —
jinoyatlarga jazo berish, har bir shaharda adolat uylari, qozixona — dorul-amorat tashkil qilish,
qozi askar, ahdos va raiyat qozilari, ularni tayinlash, yolg'on guvohlik uchun jazo tayinlash va
boshqalar; e) harbiy huquqiy normalar— armiyani tuzish, uning qo'mondon tarkibi va
ta'minoti, harbiy xizmat va xizmatchilarni moddiy-ma'naviy rag'batlantirish, harbiy guruhlar,
to'plar va bo'limlarni tuzish kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Temur o'z davlatida qadimiy
turk-mo'g'ul an'analari, udumlariga rioya qilganligi uchun uning davlatida Chingizxonning Yaso
qonunlari ham huquq manbayi sifatida qo'llanilgan. Chingizxon bilan Turkistonga kelgan
mo'g'ullar va turkiy qabilalar dastlab musulmon bo'lishmagan. Shuning uchun ular
musulmonchilikni qabul qilgunlaricha Yaso va huquqiy odatlar huquqning asosiy manbayini
tashkil qilgan. Temur davlati esa musulmon davlati edi. Shuning uchun Yasoga harakatdagi
huquq manbayi deb qaralishi shariat huquqiga xilof hisoblanardi. Ammo jinoyat va jazo
masalalarida Yasoga ham amal qilinganligini ko'rish mumkin. Jumladan, «Tuzuklar»da:
Do'stlaringiz bilan baham: |