Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/193
Sana18.02.2022
Hajmi5,44 Mb.
#457086
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   193
Bog'liq
14-SON TO\'PLAM

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON 
131 
«O'g'rilar xususida buyurdimki, ular qayerda bo'lmasin, kim tutib olsa, Yaso bo'yicha 
jazolansin»,' deyiladi. Bu ba'zi hollarda Yaso normalari ham huquq manbayi sifatida amalda 
bo'lganligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, harbiy qurilish masalalarida Yasodan qabul 
(retsepsiya) qilingan hukmlar ham yo'q emas. Masalan, sipohning yaroq-jabduqdari va anjom-
jihozlari tuzugi Yaso bilan bir xil talablarni qo'ygan. Temurbek davlatida bu kabi huquq 
manbalarining mavjudligi, ularning harakati, bajarilishi va rioya qilinishi ustidan qattiq 
nazoratning bo'lishi, shubhasiz, qonunchilikni mustahkamlashga xizmat qilgan. 
«Tuzuk» iborasi turkiy so'zdan olinib, «qonun», «qoida», «nizom», «tartib» ma'nolarini 
anglatadi. «Temur tuzuklari» o'sha davrning qonunlar to'plami bo'lgan. Unda yuqorida qayd 
etilganidek, ko'pgina o'ziga xos konstitutsiyaviy me'yorlar o'z aksini topgan. «Temur tuzuklari» 
XIV asrning ikkinchi yarmiga oid ijtimoiy-siyosiy voqealarni, Temur saltanati, uning davlat 
tizimi, boshqarilishi, sud qurilishiga oid juda muhim qoidalar va ma'lumotlarni o'zida aks 
ettirgan tarixiy hujjatdir. Tuzilishiga ko'ra ikki qism (maqola)dan iborat bo'lib, 
birinchi qismi tarjimayi hoi mazmuniga ega. Unda 150 yil davom etgan mo'g'ul-chig'atoy 
sulolasi istibdodidan qutulish, O'rta Osiyoda markazlashgan davlatni tuzish bilan bog'liq 
ijtimoiy-siyosiy voqealar bayon etiladi. Ikkinchi qismi esa ulkan davlatning valiahd va 
amirzodalar tomonidan qay tarzda boshqarilishi, yirik mansabdorlarni tayinlash, harbiy 
qurilish, sud yuritish, armiyani tuzish, saflash ta'minoti kabi masalalami o'z ichiga oladi, 
«Saltanat qurish, davlat ishlarini bir necha tuzukka bog'ladim va saltanatda boshqarish haqida 
qo'llanma yozib qoldirdim», — deyiladi «Tuzuklar»da'. «Temur tuzuklari» — Temur kodeksi, 
ya'ni Amir Temurning davlatni idora qilish qonun-qoidalarining tamoyillari to'plamidir. 
Undan biz o'rta asrlardagi mavjud hukmron siyosiy qarashlar, qoidalar, qonunlarni va ular 
haqidagi asosli tamoyillarni o'rganamiz. 
Temur o'z «Tuzuklari»da aniq va ravshan qilib davlatni idora qilishda o'n ikki tamoyilga 
asoslanganligi haqida hikoya qiladi. Bular quyidagilardan iborat edi: 
Birinchisi — islom dini va shariat qoidalariga rioya qilganligi, uni qo'llab-quvvatlaganligi 
edi. Uning o'zi «Tuzuklar»da shunday deb yozadi: «Birinchisi — davlat va saltanatimga 
bog'lagan mening birinchi tuzugim — tangri taoloning dini va Muhammad Mustafoning 
shariatiga dunyoda rivoj berdim. Har yerda va har vaqt islom dinini quwatladim». Demak, 
Amir Temur o'z saltanatini tuzishda, boshqarishda yangi diniy ideologiyani yaratmasdan, 
tayyor ota-bobolarining dini — islomni tanlaydi. Asosiy qonun qilib ana shu islom dini 
zaminida vujudga kelgan shariatni qabul qiladi. Navbatdagi kkinchi muhim tamoyil esa davlat, 
mamlakat ustunlarini tashkil qilgan turli tabaqalar va toifalar bilan birgalikda bamaslahat ish 
ko'rish, siyosat yurgizish bo'ldi. Amir Temurning ulug'ligi va donishmandligi shundaki, u faqat 
qo'shinga, zo'rlikka emas, birinchi navbatda ommaga, xalqqa tayangan holda davlatni 
boshqardi, muhim ishlarni ular bilan kelishgan holda olib bordi. Sohibqiron o'z vorislariga 
vasiyat qilar ekan, jamiyatni turli tabaqalarga va toifalarga bo'linishi va ularning tutgan o'rinlari 
muhim ekanligini, davlatni boshqarish ularsiz mumkin emasligiga ishora qiladi. Sinfiy kurash 
emas, balki tabaqalar o'rtasida kelishuv siyosatini olib borishni vasiyat qiladi. 
Uchinchi tamoyil maslahat, tadbirkorlik, faoliyat va hushyorlik-ehtiyotkorlik bilan g'anim 
qo'shinlarini yenggani, boshqa davlatlarni o'z saltanati tarkibiga qo'shib olganida edi. Gap 
shundaki,Amir Temur uchun tadbirkor, kengash bilan ish ko'rish, ehtiyotkorlik bir qonunday 
edi. Saltanatim ishlarini murosayu madora, muruwat va sabr-toqat bilan yurgizdim. 



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish