IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
133
«Nasliyu zoti yomon, hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora ko'ngilli kishilarga zinhor vazirlik
lavozimi berilmasin» (75-bet).Amir Temurning fikriga ko'ra, ayniqsa, moliya, mulkiy ishlar
bilan shug'ullanuvchi vazir nihoyatda pok, adolatli bo'lishi kerak. Chunki, u to'g'rilik bilan
vazirlik ishiga kirishib, davlatning moliya ishlarini diyonat, savob bilan, nafsi buzuqlik qilmay,
omonatga xiyonat etmay bajarar ekan, unday vazirni eng oliy martabalarga ko'tarish zarur. Va
aksincha, buzuqlik ishlari bilan vazirlikni boshlasa, ko'p o'tmay, unday saltanatdan xayri
baraka ko'tariladi. Dono vazir shuldirki, deb hisoblaydi Amir Temur, o'z o'rniga qarab, goh
qattiqqo'llik, gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi, gohida esa ortiqcha qattiqqo'llik ham
qilmaydi, muloyimlik ham. Ana shunday ish tutgan vazir saltanat ishlarini to'g'ri yuritadi, deb
hisoblaydi.
Amir Temur muhim masalalardan bo'lgan davlatning uch belgisi to'g'risida juda aniq o'z
fikrini bildiradi: «...davlatu saltanat uch narsa bilan: mulk, xazina va lashkar bilan tig'dir» (76-
bet). Bundan aniq ko'rinib turibdiki, Amir Temur davlat saltanatini xazinasiz, lashkarsiz
tasawur qilolmaydi. Har qanday mustaqil davlat ana shu yuqoridagi belgilarga ega bo'lishi
shart, aks holda esa unday davlat mustaqil bo'la olmaydi, deydi u va vazirlarni raiyatga, elga,
vatanga xizmat qilishda halollik, poklik, adolatlilik tamoyillariga amal qilishga da'vat etadi.
Sohibqiron
vazirlar
kabi
amirlarga
ham
katta
e'tibor
bilan
qarab,
ularni asosiy jang maydonlarida sinab tanlaydi. U o'zining amirlarini asli toza, pok naslli, aql-
farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldini va orqasini o'ylab ish
ko'radigan bahodirlar deb ta'riflaydi. U shunday tizim o'rnatadiki, birining o'rniga ikkinchisi,
boshqacha qilib aytganda, biri bo'lmasa, boshqasi ishni boshqarib ketavergan. Masalan,
amirlar to'g'risidagi tuzuklarda, agarda amirlardan jangda birortasi halok bo'lsa, uning o'rnini
o'rinbosari egallaydi va uni «amirlikka nomzod» («muntazir ul-amorat») deb ataganlar.
Amirlarning eng kattasi — amir ul-umaro, ya'ni amirlarning amiri bo'lib, shohning
yo'qligida uning vazifasini bajarib, sipohga buyruq bera oladigan darajadagi shaxsdir. Amir
Temur uch yuz o'n uch kishidan to'rt nafarini beklar begi etib, bir kishini esa, amir ul-umaro
etib tayinlaydi. G'ayratli, or-nomusli bo'lgan yana o'n ikki kishiga ushbu tartibda yuqori daraja
berganligini aytadi.
Bundan tashqari, Amir Temurning qayd etishicha, o'sha uch yuz o'n uch amirdan
yuztasi - o'n boshi, yuztasi — yuzboshi, yuztasi — mingboshi bo'lgan. Jang paytlarida amir ul-
umaro — amirlarga, amirlar - mingboshilarga, mingboshilar - yuzboshilarga, yuzboshilar - o'n
boshilarga boshliq degan buyruq ham berilgan. Shu bilan bir vaqtda o'nboshining ishini
yuzboshiga, yuzboshining ishini mingboshiga, mingboshining ishini amirga, amirnikini esa,
amir ul-umaroga buyurmasligi ham tayin etiladi. Ana shunday temir zanjir timsolida tashkil
qilingan sipohning jangovarligi doimo yuqori darajada bo'lgan. Amir Temur davlatning
belgilari, bayroqlari, nog'ora-tug'lariga ham jiddiy e'tibor bergan. Ularni amirlarga taqdim etish
qoidalari ham qat'iy qilib belgilab qo'yilgan. Uning farmoniga binoan o'n ikki katta amirlarning
har biriga bitta bayroq (alam) va bir nog'ora berilgan. Amir ul-umaroga esa bayroq va nog'ora,
tuman tug'i va chortug'i taqdim etgan. Mingboshiga esa bir tug' va karnay (nafir) berilgan.
Yuzboshi va o'nboshilarga esa har biriga bittadan burg'u taqdim etilgan. To'rt beklar begining
har biriga bittadan bayroq, nog'ora, chortug' va burg'u berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |