IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
5 YANVAR / 2022 YIL / 14 – SON
129
qo‘riqlab, yo‘lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini
manzildan-manzilga yetkazib qo‘ysinlar‖.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Tuzuklardagi jazo siyosatini tahlil qilib, uning ijtimoiy adolat,
xususan qonunga rioya etish, kezi kelganda insoniylik, gunohiga yarasha jazo tayinlash
tamoyillariga asoslanganligini ko‘rish mumkin.
Umuman olganda, Amir Temur davlatchilik siyosatining yangi sifatlari mamlakatning
iqtisodiy-xo‘jalik jihatdan tez rivojlanganligidan, shaharlar o‘zining ijtimoiy qiyofasini tubdan
o‘zgartirib, yirik hunarmandchilik, savdo, madaniy, ma‘muriy markazlarga aylanganligida,
dehqonchilik madaniyati yuksak darajada taraqqiy etganligida ko‘rish mumkin. O‘zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov asarlarida Amir Temurning Turkiston va uning
tashqarisida olib borgan obodonlashtirish, bunyodkorlik faoliyati aniq tarixiy manbalar asosida
tahlil qilgan. ―Eng muhimi, mazkur qurilishlar geografiyasi birgina Turkiston bilan
chegaralanib qolgan emas. ... Amir Temur Movarounnahr va Xurosonning shahar va
qishloqlarida, hatto Janubiy Ozarbayjon va Qobul kabi uzoq yerlarda ham obodonlik ishlarini
olib borgan, sug‘orish inshootlarini qurdirgan. ... Tarix – bu ko‘hna dunyoda o‘tgan ko‘p
jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi
shundaki, u umr bo‘yi, bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan‖.1
Amir Temurning davlatchilik siyosati deganda millatimizning moziyda ham, hozir ham
dunyoga namuna bo‘layotgan davlatchilik madaniyatimiz, milliy davlatchilik institutimiz bir
butunligicha ilmiy tafakkurimizda namoyon bo‘ladi. Ul ulug‘ zot tavalludining 671 yillik
arafasida milliy g‘urur bilan ta‘kidlaymizki, sohibqironning davlatchilik siyosati -milliy
davlatchiligimiz ravnaqi yo‘lida eng muhim davr hisoblanadi. Bu yillarda milliy
davlatchiligimiz nafaqat chet el hukmronligi asoratidan ozod bo‘ldi, balki o‘z taraqqiyotining
shaklan va mazmunan tamoman yangi bosqichiga ko‘tarilib, hayotda butun bo‘y-basti bilan,
namoyon bo‘ldi. Hali XIV asrning 80-90 yillarida Osiyo, Yevropa mintaqalarida bunday
andozadagi, qonun va adolatga asoslangan, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy- madaniy jihatlardan
taraqqiy etgan, xalqaro nufuzi baland davlat yo‘q edi. Amir Temurning quvvai-hofizasida
allaqachon yo‘g‘rilgan davlatchilik san‘ati mamlakatning ichki va tashqi siyosatida butun
borligicha namoyon bo‘ldi. Buni eng avval davlatni idora qilish tizimida va o‘tkazilgan
iqtisodiy, moliyaviy, harbiy, diplomatik, madaniy kabi yo‘nalishlardagi islohotlarda ko‘rish
mumkin. Binobarin, bu davrda davlat boshqaruvining takomillashgan tizimi joriy etildi va
unga bilimli, tadbirkor, ma‘naviy komil rahbarlar tayinlandiki, bu ijtimoiy sifatlar jamiyatning
barcha jabhalariga samarali ta‘sir o‘tkazdi, amalda tub ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Jumladan, foydali ekin maydonlari kengaydi, yangi sug‘orish inshootlari barpo etildi,
dehqonchilik madaniyati yuksaldi.
Movarounnahr shaharlari ijtimoiy qiyofasini o‘zgartirib,Sharq me‘morchilik uslubini
o‘zida mujassamlashtirib, obodonlashdi. Mamlakat aholisida vatanparvarlik, kasb-korga
ishonch bilan kirishish kayfiyati oshdi, siyosiy-mafkuraviy jihatdan faollashishdi, milliy-
ma‘naviy ruhoniyat yuksaldi. Buni Amir Temur davlatni boshqarishda mamlakat aholisining
barcha ijtimoiy qatlamlari vakillariga tayanganligidan, quvvai-hofiza va mashvarat bilan siyosat
yuritganligidan ham bilsa bo‘ladi. Amir Temur avvalo qudratli davlatqurgan. Davlat qudratli
bo‘lmasa betakror ma‘naviy meros ham, obidalar ham, tarixiy yodgorliklar ham bo‘lmasdi.
O‘zbekistonning bugungi ozodligini mustahkamlash davrida Amir Temur biz uchun buyuk
Do'stlaringiz bilan baham: |