Iii. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar


Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar



Download 0,76 Mb.
bet10/20
Sana27.03.2023
Hajmi0,76 Mb.
#922234
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism

Transport va tashqi iqtisodiy aloqalar. Viloyatda transport tizimining ko’pgina turlari mavjud. Ammo, ular bilan hududning asosan janubiy qismi yaxshirok ta’minlangan, holos. Bir yilda jami transport turlari bo’yicha 280 mln. tonna yuk tashiladi, uning 96 foizi avtomobil transportiga to’g’ri keladi (2000 i).
Viloyat hududida Chorjuy—Navoiy hamda Buxoro—Qarshi temir yo’llari, shu bilan birga halqaro va mamlakat ahamiyatiga ega bo’lgan avtomobil (shu jumladan, Katta O’zbek traktining Buxoro—Gazli—Xorazm viloyati qismi) va quvur transporta mavjud. Qorako’lda juda katta elektr podstantsiyasi qurilgan.
Yillik tashqi savdo oboroti 220 — 250 mln. AKSh dollariga teng. 2000 yilda eksport xajmi 180, import 98,5 mln. dollarni tashkil etgan. Eksportning 60 — 62 foizini paxta tolasi, importning ko’pchilik qismi esa mashina va asbob-uskunalarga to’g’ri keladi. Aholisi 791 ming kishi (O’zRga nisbatan 3,2 foiz, iqtisodiy rayonda esa 16,1 foiz). Demografik salohiyati jihatidan u Sirdaryo viloyatidan oldinda turadi, holos (2001 i.).
Navoiy viloyati. Navoiy viloyatining mamlakatimiz milliy iqtisodiyotidagi o’rni ancha katta. U respublika yalpi ichki maxsulotining 4,0, sanoat mahsulotining 10,0 va qishloq xo’jaligining 4,0 foizini beradi. Shuningdek, viloyatga O’zbekiston investitsiya xajmining 6,4 foizi to’g’ri keladi. Zarafshon iqtisodiy rayoni doirasida karaydigan bo’lsak, u holda viloyat rayonning 1G’5 qismidan ortiqrok yalpi ichki mahsulotini, 45,5 foiz sanoat hamda 17,1 foiz qishloq xo’jalik mahsulotlarini ta’minlaydi; uning zimmasiga investitsiya xajmining deyarli 2G’5 qismi tushadi. Viloyatda iqtisodiy rayonning 15 foiz qo’shma korxonalari joylashgan, u mintaqaning taxminan 1G’2 qism tashqi savdo oborotini beradi.
Viloyatning geografik o’rni va resurs salohiyati. Navoiy viloyati mamlakatimizning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. U katta masofada Qozog’iston Respublikasi bilan chegaradosh. Shuningdek, viloyat hududi g’arbda Buxoro, janub va janubi-sharqda Samaqand va qisman Jizzax viloyatlari bilan, shimolda va shimoli-g’arbda Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan tutashgan.
Navoiy viloyati o’zining orografik xususiyatlari bo’yicha Respublikaning boshqa mintaqalaridan keskin farq qiladi. Uning hududida kichik-kichik qoldiq tog’liklar mavjud. Pasttekisliklar chekka shimol va shimoli- g’arbda (Qizilqum cho’llari), botiqlar—Mingbuloq, Molali, qoratov—viloyatning ichki qismida joylashgan. Balandliklar dengiz satxidan 250—300 m. yuqorida, tog’liklarning eng tepa nuqtalari esa 2000 metrga yaqin (Oktov tizmasida).
Nurota, Oqtov, Qoratov tizmalari janub va janubi-sharqda Turkiston va Zarafshon tizmalariga qo’shilib ketadi. Mazkur tog’lar turli xil qazilma zaxiralarga boy. Bu jihatdan ayniqsa kichik qoldiq tog’larning ahamiyati katta (Bo’kontov, Tomditov, G’ozoktov, Quljuktov, Ovminzotov). Viloyat hududi eng avvalo o’zining oltin zaxiralari bilan ajralib turadi. Bu erda oltin, uran, fosforit, as­best, dala shpati, marmar va boshqa konlar mavjud. Aynan ana shu mineral xom ashyo resurslari viloyat iqtisodiyotini shakllantirish, uning ishlab chiqarish va eksport saloxiyatini rivojlantirishda muhim rol uynaydi.
Biroq, iqlimi nixoyatda kuruq va kontinental, yog’in-sochin miqdori juda kam. Bu esa viloyatda qishloq xo’jaligini, xususan, uning dexqonchilik tarmoqini rivojlantirishga qulay sharoit yaratmaydi. Shu bois, Navoiy viloyati asosan yaylov chorvachiligi, qorako’lchilikka ixtisoslashgan.
Viloyatda gidrografik shaxobchalar rivojlanmagan. Navoiy shaxri yaqinida Zarafshon daryosining suvi juda ozayib koladi. Janubiy rayonlarda sug’orma dexqonchilikni rivojlantirish maqsadida Quyumozor, Sho’rko’l, To’dako’l suv omborlari qurilgan. Shuningdek, bu erda Amu-Buxoro, O’rtacho’l, Konimex kanallari ham mavjud. Nisbatan katta maydonni egallagan Xaydarko’lning esa (uning boshlanish qismi qo’shni Jizzax viloyatida) qishloq xo’jaligida axamiyati yuq.
Navoiy viloyati hududining uzoq masofada shimoldan janubga cho’zilganligi, uning o’zlashtirilgan hududlari hamda ma’muriy-markazini chekka janubda joylashganligi mintaqa ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishini tashkil qilish va boshqarishda biroz qiyinchiliklar tug’diradi. Ayniqsa, viloyatda ichki transport infrastrukturasi va aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish ancha qiyinroq.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish