Mundarija:
I. Kirish…………………………………………………………………………..3
II. Asosiy qism
2.1. Zarafshon iqtisodiy geografik rayoniga umumiy tafsif………………..5
2.2. O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi………………………………10
2.3. Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlari iqtisodiy geografik o’rni……14
2.4. Zarafshon xo’jalik tarmoqlari geografiyasi…………………………...31
III. Xulosa……………………………………………………………………….33
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………..36
I. Kirish
Mavzu dolzarbligi
Zamonaviy geografiyada bugungi kunning asosiy masalasi O’zbekistonning turli regionlarida bo’layotgn o’zgarishlarni katta ahamiyatni kasb etadi. Xususan, Zarafshon iqtisodiy geografik rayonining o’ziga xos tabiiy va iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan O’zbekistonning boshqa hududlaridan ajralib turishi va uni geografik hususiyatlarini baholash ishning dolzarbligini belgilaydi.
Zarafshon iqtisodiy geografik rayoniga qisqacha tavsif beradigan bo’lsak, eng avvalo iqqtisodiy rayonning rivojlanishda geografik o’rnini alohida takidlash muhimdir.Tabiiy va iqtisodiy geografiya uzviy bog’liqdir zero, iqtisod tabiatsiz rivoj topmaydi va yuksalishda ham davom etmaydi. Har bir iqtisodiy geografik rayonning tabiiy va iqtisodiy tavsifi bo’ladi. Geografik rayonni tabiiy tavsifda rayonning hududi unga qo’shni hududlarga nisbatan joylashgan o’rni va u rayonning tabiiy imkoniyatlari baholanadi. Iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, unda bu jarayonning sanoat jihatdan salohiyati, transporti qishloq xo’jaligining ahamiyati baholanadi.
Iqtisodiy jihatdan bu rayonning rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar eksport va importdagi ahamiyati boshqa rayonlarga nisbatan iqtisodiyotini ajratib turuvchi jabhalarini ta’kidlashimiz mumkin.
Biz bilamizki, Zarafshon iqtisodiy rayoni o’zining jadal rivojlanishi bilan O’zbekistonda o’z o’rniga ega bo’lib kelayotgan rayon hisoblanib, iqtisodiyotdagi o’rni kattadir. Zarfshon tabiiy-geografik rayoni Zarafshon vodiysining o’rta va quyi qismini o’z ichiga oladi. Relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefiga ko’ra, 3 qismga: Zarafshon vodiysiga, Turkiston-Nurota-Oqtog’ va Zarafshon –Ziyovuddin tog’lariga bo’linadi. Zarafshon vodiysi botiqda joylashgan, uning kengaygan joyi Samarqand, Buxoro va Qorako’l vohalari. Toraygan joylarda Hazar va Qorako’l yo’llari joylashgan. Vodiy, asosan, lyoss, qum, shag’al konglomeratlar bilan qoplangan palegan va neogen jinslardan iborat eng baland joyi Oqtog’ (2005 m). Uning Shimolida Nurota-Qo’ytosh botig’i joylashgan. Botiq shimoldan Nurota tizmasi (1500 m) o’rab turadi. Eng baland joyi, Haydarboshi (2165 m) cho’qqisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |