2.1. Zarafshon iqtisodiy geografik rayoniga umumiy tafsif
Zarafshon iqtisodiy geografik rayoniga qisqacha tavsif beradigan bo’lsak, eng avvalo iqqtisodiy rayonning rivojlanishda geografik o’rnini alohida takidlash muhimdir.Tabiiy va iqtisodiy geografiya uzviy bog’liqdir zero, iqtisod tabiatsiz rivoj topmaydi va yuksalishda ham davom etmaydi. Har bir iqtisodiy geografik rayonning tabiiy va iqtisodiy tavsifi bo’ladi. Geografik rayonni tabiiy tavsifda rayonning hududi unga qo’shni hududlarga nisbatan joylashgan o’rni va u rayonning tabiiy imkoniyatlari baholanadi. Iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, unda bu jarayonning sanoat jihatdan salohiyati, transporti qishloq xo’jaligining ahamiyati baholanadi.
Iqtisodiy jihatdan bu rayonning rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar eksport va importdagi ahamiyati boshqa rayonlarga nisbatan iqtisodiyotini ajratib turuvchi jabhalarini ta’kidlashimiz mumkin.
Biz bilamizki, Zarafshon iqtisodiy rayoni o’zining jadal rivojlanishi bilan O’zbekistonda o’z o’rniga ega bo’lib kelayotgan rayon hisoblanib, iqtisodiyotdagi o’rni kattadir. Zarfshon tabiiy-geografik rayoni Zarafshon vodiysining o’rta va quyi qismini o’z ichiga oladi. Relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Relyefiga ko’ra, 3 qismga: Zarafshon vodiysiga, Turkiston-Nurota-Oqtog’ va Zarafshon –Ziyovuddin tog’lariga bo’linadi. Zarafshon vodiysi botiqda joylashgan, uning kengaygan joyi Samarqand, Buxoro va Qorako’l vohalari. Toraygan joylarda Hazar va Qorako’l yo’llari joylashgan. Vodiy, asosan, lyoss, qum, shag’al konglomeratlar bilan qoplangan palegan va neogen jinslardan iborat eng baland joyi Oqtog’ (2005 m). Uning Shimolida Nurota-Qo’ytosh botig’i joylashgan. Botiq shimoldan Nurota tizmasi (1500 m) o’rab turadi. Eng baland joyi, Haydarboshi (2165 m) cho’qqisidir.
Vodiyning o’rab turgan tog’lari Gersin burmalanishida ko’tarilgan mezozoy davrida yemirilgan, alp bosqichida yana ko’tarilgan. Foydali qazilmalarda volfram (Nurota), oltin (Marjonbuloq), marmar (Gozgon va Oqtog’) omonqo’ton konlari bor va yerda turli ma’danlar qazib olinmoqda.
Tabiiy sharoiti. Mazkur iqtisodiy rayonlarning geografik asosi ya’ni, negizi rayon hosil qiluvchi omil Zarafshon daryosi hisoblanadi. To’g’ri, bu geografik ob’ekt hozirda Buxoro viloyatiga yetib bormaydi. Biroq, qadimiy Buxoroning ma’daniyati va tarixi ayni uning ta’sirida shakllangan. Qolaversa, hozirda Buxoro-Qorako’l vohasi ham Zarafshon daryosi qadimiy oqimi asosida vujudga kelgan.
Zarafshon vodiysi markazi tektonik botiqdan iborat. Zarafshon vodiysi goh kengayadi, goh torayadi. Kengaygan qismida Samarqand, Buxoro va Qorako’l vohalari, toraygan qismida Xazar va Qorako’l yo’lagi joylashgan. Samarqand botig’ining eng keng yeri 70-80 km, uzunligi 220 km, okean sathidan balandligi 350-905 m bo’lib,tog’ tomon balandlashib, shimolda Nurota Oqtog’ga, janubda Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin bog’lariga tutashib ketadi. G’arbga torayib Xazar yo’lagi orqali Buxoro vohasidan ajralib turadi. Xazar yo’lagi shimolida Qiziltepa-Avtobach, janubda Azkamar balandliklari joylashgan. Samarqand botig’i sharqdan g’arbga qarab pasaysa markaziy qismi (Zarafshon maydoni o’zanidan) har ikki tomonga balandlashadi. Chunki, bu qismida Zarafshon daryosining 4-5 ta ko’hna qayirlar joylashgan.
Bu qayirlarning lyoss yotqiziqlari qalin bo’lgan yerlarda ko’plab jarlar vujudga kelgan. Zarafshon vodiysi g’arbga kengayib, Buxoro vohasini hosil qiladi. Vohaning shimoliy-g’arbini Qizilqum o’rab olgan. Vohaning janubi-g’arbida joylashgan Qorako’l platasiuni Qorako’l vihasini ajratadi. Bu yerda voha torayib, Qorako’l yo’lagini osil qiladi. Buxoro vohasining uzunligi 102 km, kengligi 50-70 kmli tekislik bo’lib, yer yzasini ko’plab ariq va zovurlar, Zarafshon daryosining eski o’zanlari o’yib yuborgan.
Buxoro vohasi janubi-g’arb tomon torayib, Qorako’l vohasining uzunligi 100 km atrofida, eng keng yeri 45-50 km atrofida, yer yuzasi tekis, lekin Amudaryo tomon nishab, Sandiqli qumligiga tutashib ketadi. Qorako’l vohasida Zarafshon daryosining qadimiy o’zanlari va kichik-kichik botiqlari mavjud bo’lib, ularga zovur, tashlama suvlari to’planib, ko’pchiligi sho’r ko’llarga aylangan. Buxoro-Qorako’l vohalarining sharqda Quymazor, Qaynog’ich, Qushtepa, Saritosh-Jarqoq kabi balandliklar joylashib, Qarshi cho’lidan ajralib turadi. Zarafshon vodiysining shimolida esa Nurota-Qo’ytosh botig’i o’rnashgan. Bu botiqning o’rtacha balandligi 500-560 m bo’lib, uning shimolida Nurota tizmasi joylashgan. Nurota tizmasining o’rtacha balandligi 1500 m. Eng baland Hayotboshi (Zargar) cho’qqisi 2169 m. Nurota tizmasi sharqda Sangzor daryo vodiysi orqali Morguzar tog’idan ajralib turadi. Nurota, Qo’ytosh botig’ining janubda Qo’bdin, Qaroqchi, Oqtog’ Baxil tog’lar joylashgan.
Zarafshon vodiysining janubidagi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog’lari bir-biridan Taxtaqoracha dovoni Jom Qarnob botiqlari Qarnob botiqlari orqali ajralib turadi. Zarafshon vodiysi Turon platasining bukilgan mintaqasida joylashib, ustini neogen va to’rtlamchi davr cho’kindi jinslari qoplab olgan. Bu hududda neogen davrigacha dengiz bo’lgan so’ngi tektonik jarayon ta’sirida quruqlikka aylangan. So’ngra Zarafshon daryosi o’zanini chuqurlashtirib, qator qayirlar (terrasalar) hosil qilgan. Vodiyning atrofidagi tog’lar esa paleozoy erasining toshko’mir davrida sodir bo’lgan gersin burmalanishida vujudga kelgan Zarafshon tabiiy geografik o’lkasining Buxoro va Qoravul bozor va boshqa gaz konlari topilgan.
O’lkada yana marmar, oltin, volfram rudasi mavjud. Shu bilan birga bu hududda boshqa qazilma boyliklarga boyligi bilan ajralib turadi. Zarafshon vodiysi O’rta Osiyoning markaziy qismida joylashganligidan iqlimi kontinental. Vodiy g’arbdan sharqqa ancha cho’zilganligi va relyefining balandlashib borishi tufayli harorat rejimi va yog’inlar miqdori har joyda turlicha yillik o’rtacha harorat tekislik qismida 12-150 C .
Yoz vodiyning tekislik qismida issiq bo’lib, uzoq davom etadi, iyulning o’rtacha harorati tekislik qismida 440 C ga, togli qismida 25-290 C, tog’li qismida esa 20-7,70 C, tog’li qismida 330C ga chiqadi. Qish vodiyning tekislik qismida ancha iliq bo’lib, yanvarning o’rtacha 0 dan – 1,30C gacha tog’li qismida – 30dan – 10 gacha bo’ladi. Eng past harorat – 350C yillik yog’in 114-400 mm (g’arbdan sharqqa ortib boradi), faqat Zarafshon tizmasining g’arbiy qismi Omonqo’tonda 881 mm. Yog’inning ko’p qismi tekislik qismida yilning sovuq faslida, tog’li qismida esa issiq faslda ham tushadi. Vodiyning asosiy daryosi – Zarafshon ko’llarida eng yirigi Dengizko’l- Zarafshon vodiysi botiqda joylashganligi sababli yerosti suvlari mavjud.
Vodiyning tuproq va o’simlik qoplami balandlik mintaqalari hosil qilgan vodiyning eng pastki 400-500 m balandlikgacha bo’lgan yerlari cho’l mintaqasidan so’ng adirlar boshlanib, balandligi 500 m dan 1200 m gacha bo’lgan yerlarning o’z ichiga oladi. Bu yerlardan tipik to’q tusli bo’z tuproq tarqaladi.
Vodiyning 2700 m dan baland qismi yaylov mintaqasidan iborat, tuprog’i jigar rang. Hayvonlardan bo’ri, tulki, quyon, chiyabo’ri va boshqalar, parrandalardan qirg’ovul, loyxo’rak, o’rdak, chug’urchuq, chumchuq bulardan tashqari, har xil ilon, kaltakesak, tipratikan, kalamush, ko’rsichqon va boshqalar uchraydi. Bu hududda ham qizil kitobga o’simlik va hayvonot dunyosi vakillari ham ko’p uchraydi. Bu hududda o’simlik va hayvonlarni himoya qilish uchun qo’riqxonalar mavjud.
Shunday qo’riqxonalardan biri Zarafshon davlat qo’riqxonasi hisoblanadi. Bu qo’riqxona (Zarafshon daryosi o’ng qirg’og’ida joylashgan). Bu qo’riqxona Samarqand viloyatida joylashgan bo’lib, 1975 yilda tashkil qilingan hisoblanadi. Buxoro-Qorako’l vohasi ham Zarafshon daryosining qadimiy asosida vujudga kelgan.
Ushbu rayon Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarini birlashtiradi. Maydoni bo’yicha O’zbekistonda Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan keyingi o’rinda turadi. Rayonning maydoni 168,1 ming km2 bo’lib, respublika hududining 37,4 % ini tashkil etadi. Aholisi 2014 yil 1-yanvar holatida 6070,0 ming kishi yoki mamlakatimiz jami aholisining 19,9 % ini tashkil qiladi. O’tgan asrning 60-yillarida ham ajratilgan edi. U keyinchalik “maydalashib” turli ko’rinishlarda bo’lgan masalan, Buxoro va Navoiy viloyatlariga ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |