IV qism – final – xalq xursandchiligi manzarasi. Final mavzu doirasi umumlashma obrazlilik bilan ajralib turadi, kо‘pincha avvalgi qismlar bilan mavzuviy aloqadorlik kо‘zga tashlanadi. Bu hollarda finalning vazifasi sintezlashdan iborat bо‘ladi. Final asosiy tonallikda yoziladi. Final shakli – sonata, rondo-sonata.
Bunday turkumda chekka qismlar tezkor, ikkinchisi sekin, menuet yoki skerso (hazil) sur’ati bir muncha tez yoki tez.
Birinchi qismning sur’ati juda tez bо‘lmagan hollarda L.Betxoven skersoni turkumda ikkinchi о‘ringa qо‘ygan.
Bordi-yu, sikl uch qismli bо‘lsa, unda skerso mavjud bо‘lmaydi.
Ikki qismli turkumlar ham uchraydiki, ularda birinchi qism sonata shaklida, ikkinchisi variatsiya yoki rondo shaklida yoziladi (Betxoven. 19, 20,32-Sonatalari).
Agar sonata-simfonik turkumlar besh yoki undan ham kо‘p qismni о‘z ichiga olsa, bu holda siklda yo ikkita skerso, yo ikkita sekin qismdan foydalaniladi, yoki ularning ayrimlari gо‘yoki turkumning asosiy «normativ» qismlariga muqaddima sifatida xizmat qiladi.
Cholg‘u konserti janri (Concerto – italyancha “musobaqa”) ham sonata-simfonik turkumga kiradi.
Klassik cholg‘u konserti, odatda, uch qismlidir (tо‘rt qismli konsert keyinroq paydo bо‘lgan hamda xarakteriga kо‘ra solist va orkestr uchun yozilgan simfoniya janriga yaqin: I.Bramsning 2-Konserti, D.Shostakovichning Skripka uchun konserti).
Konsert asosida solo va orkestr partiyalari musobaqasi yotadi. Bu musobaqa hamda sonata shaklida ekspozitsiyani takrorlash an’anasi birinchi qismning «ikkilik ekspozitsiyasi» deb nom olgan hodisa bilan, ya’ni ekspozitsiyani cholg‘u solosi kirishidan oldin orkestrda о‘tkazish bilan bog‘liq.
Qator hollarda bu ekspozitsiyalar о‘zaro faqat fakturasi bilan farq qiladi.
Shu bilan birga, cholg‘u solosining ekspozitsiyasidagi asosiy, ba’zan esa yordamchi partiyada yangi mavzu о‘tkaziladi (V.Motsart, L.Betxoven). bu holda ishlanmada har ikki ekspozitsiya mavzusi qoladi, reprizada esa yo cholg‘u solosining ikkinchi mavzu qoladi, yo orkestr ekspozitsiyasining mos mavzusi о‘tkaziladi.
Birinchi qism umuman mohirona (virtuoz)xarakter kasb etadi,) cholg‘u solosining an’anaviy kadensiyasi uning (cholg‘uning texnik imkoniyatlarini namoyon qilish bо‘lim) jamlangan joyi (konsentratsiyasi) bо‘lib, u kodadan oldin, ba’zan koda ichida yo reprizadan oldin joylashtiriladi.
L.Betxovengacha kadensiya yozilmagan (ijrochi birinchi qismning asosiy mavzularidan foydalanib, ijodiy badiha qilib chalgan). L.Betxovendan boshlab, kadensiyani kompozitor yozadigan bо‘ldi.
Konsertning ikkinchi qismi – vazmin, lirik bо‘lib, kо‘pincha oddiy uch qismli shaklda yoziladi.
Uchinchi qism – final – tez, faol, kо‘proq rondo shaklida bо‘ladi.
Sonata-simfonik turkumda yaxlitlikka yordam beruvchi qator qonuniyatlar shakllanib rivojlangan.
Chekka qismlar bitta tonallikda yoziladi (minor asarlarda finallar shu nomdagi majorda yoziladi) va butun sikl tonalligi shu tonallik bilan nomlanadi.
Sekin sur’atdagi qism yaqin tonallikda (subdominanta, nomdosh, parallel), kam hollarda uzoq tonallikda yoziladi.
Sonata turkumining yaxlitligi uchun uning qismlari о‘rtasidagi mavzuviy (intonatsion) bog‘lanmalar juda muhim sanaladi, ular turli shakllarda namoyon bо‘la oladi. XIX – XX kompozitorlarida mavzuviy aloqalar alohida dramaturgik vazifa bajarib, asarning yaxlit fikri (konsepsiyasi)ni belgilaydi (Chaykovskiyning 4 - simfoniyasi finalida kirish mavzusi ikki marta о‘tkazilgan, kompozitorning 5- simfoniyasida kirish mavzusi keyingi barcha qismlarda о‘tkazilgan).
Sonata-simfonik turkum о‘zining klassik uslubida Gaydn va Motsart ijodida о‘rnashdi. Rivojlanishning eng yuqori chо‘qqisiga esa Betxoven ijodida yetishdi. Kompozitorlar-romantiklar sikl tuzilishiga kо‘plab yangilik kiritdilar. Berlioz va List ijodida simfonik siklning yangi turi – biror adabiy asar bilan bog‘liq bо‘lgan yoki ma’lum dasturga ega bо‘lgan dasturiy simfoniya yuzaga keldi. List ijodida turkumni bir qismlilikka zichlashni namoyon etadigan asarlar paydo bо‘ldi (sonata h-moll, simfonik poemalar).
Sonata-simfonik sikl rivojlanishida eng muhim bosqich – rus kompozitorlari va ,ayniqsa, P.I.Chaykovskiy ijodi bо‘ldi. Uning simfonik ijodi dunyo musiqiy madaniyati tarixida eng buyuk chо‘qqi bо‘ldi.
О‘zbek simfoniyasi yaralishida hamda monodik meros va shakl hosil qilishning tipik milliy usullari yordamida sonata-simfonik siklning yangi dramaturgik asoslari tug‘ilishida katta rol о‘ynagan kompozitorlar ijodini nazardan chetda qoldirib bо‘lmaydi. M.Ashrafiy, G.Mushel, I.Akbarov, B.Giyenko, M. Tojiyev, M.Maxmudov, N. Zokirov va boshqalar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |