Asosiy qismlarning ajratilishi, ayniqsa, birinchi qismning takrorlash belgilari bilan qaytarilishida ta’kidlanadi. Shu bilan birga, kо‘pincha ikkinchi qism ham takrorlanadi. Birinchi qism takrorlanmagan hollarda, uning oxiri rivojlanishning vaqtinchalik yakuni bilan aniqlanadi. Uning belgilari: aniq ifodalangan kadensiyalash, sezura yoki harakatning tо‘liq tо‘xtatilishidir.
Qismlarining chegaralari aniq bо‘lmagan muttasilroq rivojlanish ham uchraydi. Biroq ikki qismli shakl haqida faqatgina rivojlanishdagi birinchi bosqich yakuni aniq namoyon bо‘lib, keyin yangi ikkinchi bosqich boshlanishi kuzatilgandagina aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |