Ikkinchi va undan keyingi ta’limga kiruvchilar uchun “Iqtisodiyot
nazaroyasi” fanidan savollar to’plami
1. Iqtisodiyot nazariyasi qachon fan sifatida shakllana boshlagan?
2. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini ifodalaydi?
3. Quyida ifodalangan iqtisodiy maqsadlardan qaysi birini aniq miqdor
bilan o‘lchash mumkin?
4. Pozitiv iqtisodiy nazariya:
5. Agar iqtisodiy jihatdan umumlashtirish dalillar, raqamlarga asoslansa, u
holda bunday tahlil usuli:
6. Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan
bozorlar muammosi tadqiq qilinsa, bunday tahlil:
7. Qur’oni Karimda aks etgan asosiy iqtisodiy g‘oya nimadan iborat?
8. Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan,
tashqi savdo barcha boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
9. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashning va tartibga solishning asosiy vositasi pul deb
hisoblanadi?
10. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti nimadan iborat?
11. Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga
kiradi?
12. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy
qonun-qoidalar ishlab chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon
borishni bildiradi?
13. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks
ettiradi?
14. Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat
nimadan iborat?
15. “Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi?
16. “Iqtisodiyot nazariyasi” fani nimani o‘rgatadi?
17. Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar yaratgan?
18. Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?
19. Takror ishlab chiqarish nazariyasini hamda kapitalning asosiy va
aylanma, mehnatning unumli va unumsiz turlarga bo‘linishini kim
asoslagan?
20. Marjinalizm quyidagilardan qaysi birini tadqiq qilishga asoslanadi?
21. Merkantelizmning o‘rganish predmeti qaysi soha?
22. Klassik siyosiy iqtisodning o‘rganish predmeti qaysi soha?
23. F.Kenening “sof mahsulot” to‘g‘risidagi g‘oyasiga binoan u qaysi
tarmoq yoki sohada yaratiladi?
24. “Siyosiy iqtisod” tushunchasining muallifi kim?
25. Merkantilistlar g‘oyasiga ko‘ra pul boyligining manbai nimaning
oqibati?
26. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:
27. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli real iqtisodiy voqeylikni
aks ettiradi?
28. “Iqtisodiyot
nazariyasi”
fanining
qaysi
usuli
miqdoriy
o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?
29. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari iqtisodiy hodisa va
jarayonlarni kishilik jamiyati taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida,
ularning uzviy bog‘liqlikda o‘rganadi?
30. Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz
takrorlanib turishi nimani anglatadi?
31. Quydagilardan qaysi biri takror ishlab chiqarish bosqichla-riga
kirmaydi?
32. Ishlab chiqarish va ayirboshlashning bir me’yorda borishi hamda
kishilar yashash va turmush
kechirishining umumiy shart-sharoitini
tashkil qiluvchi sohalar qanday nomlanadi?
33. Jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, “asosan,
tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi” degan qarash qaysi g‘oyaviy
oqimga tegishli?
34. Boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e’tirof etgani holda
“Mehnat – boylikning otasi, yer uning onasi” degan g‘oya kimga
tegishli?
35. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining quyidagi vazifalaridan qaysi biri barcha
iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi?
36. Iqtisodiy qonunlarning obʻyektiv xarakteri nimani anglatadi?
37. Iqtisodiyotning asosiy muammolari quyidagi javoblardan qaysi
birida berilgan?
38. Quyidagi
omillardan
qaysi
biri
jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlarining o‘sib borishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi?
39. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar
o‘rtasidagi qanday bog‘liqlikni aks ettiradi?
40. Ehtiyojlarga xos bo‘lgan muhim xususiyat turli ehtiyojlarning bir-
birini taqozo qilishi nimani anglatadi?
41. Quyidagi ehtiyojlardan qaysi biri uning qondirilish ko‘lami va
darajasini ifodalaydi?
42. Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:
43. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...
44. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashga
quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi?
45. Moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi ne’matlar iqtisodiy faoliyat turlaridan
qaysi birining natijasi bo‘lib chiqadi?
46. Quyidagilarning qaysi biri ishlab chiqarishning moddiy omili
hisoblanadi?
47. Iqtisodiy resurslar hisobiga olinadigan daromad turini aniq-lang:
48. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqla-nadi?
49. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?
50. Iqtisodiy rivojlanish nima?
51. Iqtisodiy resurslar nima?
52. Samaradorlik nima?
53. Ijtimoiy ishlab chiqarish nima?
54. Hayotiy zarur ne’matlar va boyliklarni takror ishlab chiqa-rish
jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan faoliyat qanday
nomlanadi?
55. Iqtisodiy faoliyatning qaysi turi (bosqichi)da yaratilgan iqtisodiy
ne’matlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchiga o‘tadi?
56. Takror ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yaratilgan to-varlar va
xizmatlar o‘zlarining pirovard foydalanuvchilarini topadi?
57. Takror ishlab chiqarish jarayonining qaysi bosqichida nafaqat hayotiy
zarur ne’mat (xizmat)lar balki iqtisodiy resurslar va ishchi kuchi
tarmoq,
soha,
hudud
va
iqtisodiy
faoliyat
turlari o‘rtasida
taqsimlanadi?
58. Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’-matlarni
yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshirila-digan iqtisodiy
faoliyat qanday nomlanadi?
59. Iqtisodiy ne’mat, tovar va xizmatlar yaratiladigan tarmoq va sohalar
qanday nom bilan ataladi?
60. Moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlar va boy-liklarni
ishlab chiqaradigan tarmoq va sohalar qanday nomlanadi?
61. Yaratilgan tovarlarning iste’mol qilinish xususiyatidan kelib chiqib,
ishlab chiqarish tarmoqlari qanday turlarga ajratiladi?
62. Mehnat predmetlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan mehnat vositalari
qanday nomlanadi?
63. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi nimani anglatadi?
64. Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomo-nidan
yechilar ekan, bunday iqtisodiyot:
65. Quyidagi muammolardan qaysi biri mikro darajada yechiladi?
66. Rivojlanish bosqichlariga sivilizatsion yondashuvning asoschisi kim?
67.
Ijtimoiy-iqtisodiy
tizimlarning
o‘rin
almashinish
sabablari
formatsion yondashuvda qanday izohlanadi?
68. Iqtisodiy tizim nima?
69. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot qanday tizim?
70. Aralash iqtisodiyot nima?
71. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi
va boshqarishning bozor mexanizmi ta’-minlanadi?
72. Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi
tizimga aloqador?
73. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik
yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro uzviy
bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi?
74. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri uni davlat
tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi?
75. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi ishchi kuchi
birgalikda nimani tashkil qiladi?
76. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish (mehnat taqsimoti, uning
ixtisoslashishi va kooperatsiyasi, ishlab chiqarishning to‘planishi
va
uyg‘unlashtirilishi) natijasida vujudga keladigan munosabatlarni toping:
77. Hayotiy vositalar va boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayriboshlash
va
iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar qanday nomlanadi?
78. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqa-ruvchi
kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi turining birligi nimani tashkil
qiladi?
79. Ishlab chiqarish usuli va jamiyatdagi mavjud ustqurma birgalikda
nima deb ataladi?
80. Ishlab chiqarish omillarini uyg‘unlashtirishning ma’lum bir usullari
qanday nomlanadi?
81. Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab
chiqarish
jarayonini
tartibga
solishga
qaratilgan
chora-tadbirlari
qanday siyosatni anglatadi?
82. Iqtisodiy tizimning iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va uy-
g‘unlashtirish mexanizmi hamda mulkchilikning hukmron shakli
bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
83. Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarishning texnologik usuli bo‘yicha
turkumlangan turini aniqlang:
84. Iqtisodiy tizimning industrial ishlab chiqarishning vujudga kelishi va
rivojlanishi bo‘yicha turkumlangan turini aniqlang:
85. Iqtisodiy tizimning jamiyat iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra
turkumlangan turini aniqlang:
86. Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniq-lang:
87. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki bir xil ishni ba-jaruvchilar
mehnatining bir joyda, oddiy shaklda uyushtirilishi qanday nomlanadi?
88. Industrial jamiyatning qaysi belgisi sanoatda mashinalash-gan ishlab
chiqarish ustuvorligini ta’minlaydi?
89. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish natijalari qanday
o‘zlashtiriladi?
90. Manfaatlarning bir tomondan obʻyektivligiga sabab ...
91. O‘zbekistonda xususiylashtirishga yondashishning muhim xususiyati
nimadan iborat?
92. Mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va
yaratilgan boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli mulkchi-likning
qaysi jihatini tashkil qiladi?
93. Mulkchilik mehnatga majbur qilish yo‘li bilan ro‘yobga chiqarilsa,
xususiy mulkning qanday turi mavjud bo‘ladi?
94. Quyidagilardan qaysi biri mulk obʻyektlari mazmunini to‘-laroq
ifodalaydi?
95. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda qay-si usulga
ustuvorlik berildi?
96. Qaysi nazariyada “tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy
zaruriy mehnat xarajatlari bilan o‘lchanadi”, deyiladi?
97. Qaysi nazariyada tovarning qimmati uning naf keltirishiga qarab,
xaridorning iqtisodiy psixologik nuqtai nazaridan aniqlanadi deyiladi?
98. Naflilikning pasayib borishi qonuni amal qilishini izohlashda
quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi?
99. Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati nima bilan o‘lcha-nadi?
100. Pul agregatlari, bu...
101. Demonitizatsiya deganda nima tushuniladi?
102. Klassik iqtisod vakillari tovar qiymati qanday mehnat sarflarini
ifodalaydi deb ko‘rsatishgan?
103. Mehnat intensivligi nima?
104. Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq?
105. Natural xo‘jaligi nima?
106. Natural xo‘jalikning quyidagi belgilaridan qaysi biri unda ishlab
chiqaruvchilarning ixtisoslashuvi mavjud emasligini bildiradi?
107. Qaysi nazariyada tovarlar ayriboshlanishi asosida ularning qiymati
yotadi, qiymatning miqdori esa ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari bilan
aniqlanadi deb hisoblanadi?
108. O‘z qiymatini boshqa tovarda ifodalagan tovar qiymatning qanday
shaklini tashkil qiladi?
109. Tovar
(xizmat)
larning
almashuv
qiymati
pul
vositasida
hisoblanganda va baholanganda qanday vazifani bajaradi?
110. Klassik siyosiy iqtisod maktabi (U. Petti) g‘oyasiga ko‘ra qiymat
qonuni nima asosida aniqlanadi?
111. Bozor (aralash) iqtisodiyoti asosini tashkil etadi:
112. Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch, bu – ...
113. Bozor iqtisodiyotining obʻyekti:
114. Bozor iqtisodiyotining subʻyekti:
115. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar
sharoitida:
116. Faoliyat natijasi qanday bo‘lishi ehtimolini bilgan holda, bari bir
oqibati qanday tugashini aniq, aytib bo‘lmaydigan vaziyat, ya’ni noaniqlik
quyidagilarni ifodalaydi:
117. Biz
ko‘pincha
sifatsiz
tovar
sotib
olganimizda
aldagan
sotuvchini jazolashga urinmaymiz. Sababi, ...
118. Chayqovchilik faoliyati ...
119. Quyidagi ta’riflardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining mohi-yatini
to‘laroq xarakterlaydi?
120. Quyidagilardan qaysi biri bozor iqtisodiyotining tartibga soluvchi
mexanizmi tarkibiy qismini xarakterlaydi?
121. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy sharti (tamoyili) nima?
122. Doiraviy aylanish modeli jihatidan qarasak, bozor quyidagilardan
iborat:
123. Quydagilardan qaysi biri ayirboshlanadigan obʻyektning turiga
ko‘ra bozorning turkumlanishini anglatadi?
124. Bozorni alohida belgilariga qarab segmentlarga ajratishga nima asos
qilib olinadi?
125. Bozorni segmentlarga ajratish mezoni nima?
126. Nima sababdan O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jara-yonida
aholini ijtimoiy himoya qilishga alohida ahamiyat berildi?
127. Bozor
iqtisodiyotiga
o‘tishni
amalga
oshiruvchi
bosh
islohotchi, bu –
128. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga asos qilib olingan
tamoyillardan qaysi biri ijtimoiy muammolar keskinlashuvining oldini olishga
qaratilgan?
129. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bos-qichida
isloh qilishning muhim yo‘nalishini aniqlang:
130. Iqtisodiy islohotlar nima?
131. Respublikada agrar islohotlarning negizini nima tashkil qiladi?
132. Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zlarining qoloq xo‘jaligi
va
an’anaviy
iqtisodiyotidan
bozor
iqtisodiyotiga
o‘tishi qanday
nomlanadi?
133. Iqtisodiyotda bozor munosabatlarining shakllantirishga qaratilgan
chora-tadbirlar qanday islohotlarni anglatadi?
134. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy
yo‘nalishlaridan qaysi biri iqtisodiyotning real sektorida tub o‘zgarishlar
bo‘lishiga olib keladi?
135. Moliya-kredit sohasini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan qaysi
biri ayni vaqtda davlat qarzlarini kamaytirib borishga ham imkon
beradi?
136. Respublikada bozor infratuzilmasini vujudga keltirishning qaysi
yo‘nalishi brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar
paydo bo‘lishiga olib kelgan?
137. Ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan mahsulotlariga ko‘zda tutilgan
muddatdan
nisbatan
avvalroq
yuqori
narx
belgilashga majbur
bo‘lishdi, u holda ...
138. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri odamlarning xarid qilishga bo‘lgan
xohishini va uning haq to‘lash qobiliyatlarini ifodalaydi?
139. Odamlarning
mahsulotlarni qo‘shimcha ravishda arzon sotib
olishga tayyorligi, nisbatan ...
140. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda bo‘ladi, agar...
141. Agar tovarga taklif va talab ortsa, u holda ...
142. Talab va taklifning narxni tartibga solishdagi rolini tushunti-rish uchun
misol qilib qaysi bozorni ko‘rsatish mumkin?
143. Agar ikki tovar bir-birini o‘rnini bossa, u holda birining narxining
o‘sishi...
144. Qaysi holatda narxga nisbatan talab egiluvchanligi yuqori bo‘ladi?
145. Tovar taklifining qisqarishi nimaga olib keladi?
146. «Sof raqobatdosh firma» tushunchasi bu :
147. Quyidagi bozorlardan qaysi birini sof raqobatga asoslangan bozorga
kiritish mumkin?
148. Tabiiy monopoliyaga nimalar misol bo‘la oladi?
149. Oligopoliya – bu:
150. Birinchi bo‘lib oligopoliya nazariyasini asoslashga harakat qilgan
iqtisodchi – bu:
151. Sof va monopolistik raqobatga asoslangan bozorning umu-miy
tomoni:
152. Oligopolistik bozor monopolistik raqobatli bozorga quyidagi
tomonlari bilan o‘xshash:
153. Qaysi raqobat bozor kuchlarining ta’sirida, tabiiy ravishda ro‘y
beradi?
154. Ishlab chiqaruvchilar raqiblarini bozordan siqib chiqarish uchun
tovarlariga narxlarini vaqti-vaqti bilan va uzoq muddat pasaytirib
turganda, narxli raqobatlashishning qanday turini qo‘llagan bo‘ladi?
155. Narx diskriminatsiyasi bu ...
156. Narx oshib borishi bilan talabning asta-sekin pasayib borishi nima
bilan izohlanadi?
157. Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maxsus arzonlashtiril-gan
narxlar qanday nom bilan ataladi?
158. Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday
nom bilan ataladi?
159. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda narxlarni
erkinlashtirishning qaysi yo‘lidan foydalanildi?
160. Narx – keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va
taklif nisbati asosida shakllanishi to‘g‘risidagi qarash kimga tegishli?
161. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishiga xos bo‘lmagan
xususiyatni ko‘rsating:
162. Iqtisodiy resurslarga narx darajasini belgilab beruvchi omillardan
qaysi biri ayni vaqtda mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham o‘stirib borish
imkonini beradi?
163. O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirishning qaysi bosqichida ancha
keng turdagi investitsion tovarlar, ayrim iste’mol tovarlari va xizmatlarning
erkin narx (ta’rif)lariga o‘tildi?
164. Tadbirkorlikka iqtisodiy adabiyotlarda uch jihatdan qaraladi:
165. Jahon iqtisodiy adabiyotida tadbirkorlikning uchta funksi-yasi ajratib
ko‘rsatiladi:
166. Quyidagi
sanab o‘tilganlardan qaysi biri xususiy
mulkka
asoslangan tadbirkorlik faoliyatiga mos emas?
167. Quyidagilardan
qaysi
biri
biznesning
korporatsiya
shakli
kamchiligiga kirmaydi?
168. Tadbirkorlik
faoliyatining
qaysi
vazifasi
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida unga foyda olish kafolatlanmaganligini bildiradi?
169. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish shart–sharoitlaridan qaysi biri
raqobatchilik muhitini tashkil qiladi?
170. Ishlab chiqarish shaxsiy mulkka asoslanib, o‘zi yoki oila a’zolari
mehnati orqali amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati qanday
nomlanadi?
171. Kapitalning qaysi shakli harakati iqtisodiy faoliyat uchun zarur shart-
sharoit yaratishga qaratiladi?
172. Asosiy kapital eskirishining qaysi turi unga amortizatsiya hisoblash
orqali qiymatini ko‘chirish uchun asos hisoblanadi?
173. Asosiy kapital eskirib borishi bilan uning qiymati ishlab
chiqilayotgan mahsulot (xizmat)ga o‘tkazilishi va mehnat vositalari-ni
qayta tiklash maqsadida jamg‘arilib borilishi jarayoni nimani anglatadi?
Firmaning o‘zgaruvchi xarajatlari bu –
174. Me’yoriy xarajatlar bu –
175. Qisqa muddatli davrda firma maksimal darajada foyda olish uchun
mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatadi, agarda:
176. Agar firma resurslar sotib olgan xarajatlarini 10% ga oshirsa,
bunda ishlab chiqarish hajmi 15% ga ortsa, u holda:
177. Quyidagilardan qaysi biri «normal foyda» tushunchasini nisbatan
aniqroq ifodalaydi?
178. Qaysi o‘rtacha xarajatlar egri chizig‘i botiq yoy shaklini
ifodalamaydi?
179. Naflilikning pasayib borishi qonunining amal qilishini izohlashda
quyidagilardan qaysi biri to‘g‘ri kelmaydi?
180. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmay
qolganda foydani qanday o‘stirish mumkin?
181. Doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati
orqali xarajatlarning qanday turi aniqlanadi?
182. Tovarlarninig navbatdagi qo‘shimcha birligi (to‘plami yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |