Reprizali ikki qismli shakl — ikkinchi qism birinchi qism reprizasining takrorlanish (kо‘pincha kulminatsiyada) bilan boshlanishi orqali tavsiflanadi va keyin biroz boshqacha usulda murakkablashadi. Bunday shaklni Baxning ijodida, shuningdek, yangi, о‘ziga xos jihatlar aks etgan romantiklar asarlarida kо‘rish mumkin.
Kamdan-kam holatda, istisno tariqasida, rivojlantirilgan ikki qismli shaklning boshqa turi — ikkinchi qismda ba’zida keskin kontrast (ziddiyat) hosil qiluvchi, yangi mavzuviy materialni bayon etadigan shakl uchraydi:
A + B.
Shunday qilib, rivojlantirilgan ikki qismli shaklning ikkita asosiy turini farqlay bilish lozim: 1) A + A (reprizasiz yoki reprizali), 2) A + B (kontrastli).
Do'stlaringiz bilan baham: |