V. Kelib chiqishi va qо‘llanishi xususida.
Oddiy uch qismli shakl nihoyatda egiluvchan bо‘lib, turli mavzu-mazmunlarni gavdalantirishga moslashgan. Uning qо‘llanish sohasi nihoyatda keng. Bu shaklda kichik pyesalar, prelyudiyalar, ariyalar, romanslar, raqslar yoziladi.
Oddiy uch qismli shakl murakkab uch qismli shaklning tarkibiy qismi sifatida ham kelishi mumkin.
Oddiy uch qismli shaklda yashirin imkoniyatlarning rang-barangligi tufayli u horij kompozitorlari uchun sevimli bо‘lib, ular mustaqil vokal va cholg‘u pyesalar yaratish, nisbatan murakkab shakllar tarkibiga kiritish uchun mazkur shaklga kо‘p bora murojaat qilishgan. Oddiy uch qismli shakldan R. Abdullayev, M. Burhonov, B. Zeydman, M. Leviyev, G.Mushel, K. Kenjayev kabi о‘zbek kompozitorlari ham о‘z ijodlarida keng va rang-barang tarzda foydalanishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |